Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish


Umumiy jismoniy tayyorgarlik -



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/8
tarix08.03.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#102132
1   2   3   4   5   6   7   8
Durdona Kurs ishi

Umumiy jismoniy tayyorgarlik - sport trenirovkasini muhim vazifalaridan biri shug‘ullanuvchilarning tо‘laqonli jismoniy taraqqiyotini va xar tomonlama jismoniy tayyorgarligini ta’minlashga qaratilgan. UJT xayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirishga yunaltirilgan jarayondir. Maqsadi - MJT ning poydevori bо‘lgan UJT bazasini yaratishdir.
Vazifalari – asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish xarakat malakalarining xajmi va ijroiy chegarasini kengaytirish, sog‘likni mustaxkamlash, tiklanish jarayonini faollashtirish, organizmning tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga bо‘lgan bardoshini oshirishdan iborat.
Umumiy jismoniy sifatlarga kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kiradi.
UJT - jismoniy sifatlarni alohida yoki birgalikda rivojlantiruvchi о‘ziga xos mashqlardan iborat.
UJTni amalga oshirish jarayonida xar xil sport uskunalaridan, anjomlardan, trenajyorlardan va tabiat omillaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sport trenirovkasining ayrim bosqich va davrlarida UJT mashqlari va mashg‘ulotlarining hajmi: shiddati, yо‘nalish va tuzilishi о‘ziga xosligi bilan farqlanadi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik – tanlangan sport turidan yuqori natijalarga erishish maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega bо‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jarayondir.
Vazifalari :

  • voleybolga xos maxsus xarakat sifatlari va qobiliyatlarini (tezkorlik, kuch, chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va x.k) rivojlantirish

  • о‘yin texnikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish

  • о‘yin taktikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish.

MJT sport trenirovkasining barcha bosqich va davrlarida hajm va shiddat munosib meyorda qо‘llaniladi.
Murakkab aks ta’sir yoki tana xarakati bilan ta’sirlarga (vaziyatga) «javob» qaytarish. Masalan: bokschi, futbolchi, voleybolchini tezkor xarakati.
Tezkorlikning ushbu tarkibiy qismlari biri-biri bilan uzviy bogliq bо‘lmaydi, ya’ni oddiy aks ta’sir xarakatini qanchalik kо‘p mashq qilinsa xam tana xarakati yoki siklik xarakat deyarli rivojlanmaydi va aksincha.
Tayyorgarlikning boshlang‘ich bosqichida tezkorlik sifatini tarbiyalash qо‘yidagi vosita – mashqlar yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: xarakatli о‘yinlar, qisqa masofalarga yugurish, turli estafetalar, sakrashga oid mashqlar, gimnastika va akrobotika mashqlari, qoidasi soddalashtirilgan sport о‘yinlari, mazkur vositalarni qо‘llashda komplesk uslubdan foydalanish samara beradi.
Shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, voleybolchi jismoniy tayyorgarlikda qanday sport turi vositalaridan foylangan bо‘lsa, u о‘sha sport turi texnikasining
elementlari tula egallab olishi kerak. Chunki xarakat malakasi tо‘g‘ri tuzilgan taqdirdagina ayrim jismoniy fazilatlar foydali bо‘lishi mumkindir. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasining asosiy vazifalaridan biri voleybolchilarining va uni tula qonli jismoniy о‘sishini ta’minlashga qaratilgan. Bu jarayon asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda hayotni zarur malakalarni takomillashtirishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yiyadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik voleybolchining maxsus tayyorgarligini ta’minlashda poydevor bо‘lib hisoblanadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik kuch, tezlik chidamkorlik egiluvchanlikni tarbiyalash va uslublari hamda vositalari bilan sport turing xususiyatini e’iborga olgan holda amalga oshirish zarur.
Tо‘pni uzatish. Bu – о‘yinni davom ettirish uchun sherik yoki raqib tomoniga uzatilgan tо‘pni о‘zaro о‘tkazish usuli bо‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, tо‘pni oldinga, yuqoriga va orqaga о‘tkazish usullari ham mavjud.
Tupning uchish trayektoriyasiga qarab butun maydon bо‘ylab uzun qо‘lni maydonga qisqa va о‘z maydoniga о‘ta qisqa uzatishlar ham qо‘llaniladi. Tо‘pni uzatish balandligiga qarab past (tо‘rdan 1 mert yuqori), о‘rta (2 metrgacha), va undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga kо‘ra yaqin (0,5 mertdan kam) va uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga bо‘linadi.
Tо‘pni ikki qо‘llab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir.О‘yinchi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qо‘llarini oldinga chiqarib kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi.
Tо‘p yaqinlashganda oyoqlar tо‘g‘rilanadi va gavda kо‘tariladi. Qо‘llar chuziladi va tо‘p qabul qilishga tayyorlanadi. Qо‘l gavda va oyoq harakatlari о‘zaro muvofiqlanadi. Bu esa tо‘pni tegishli joyga borish imkonini beradi.
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud bо‘lib, unda tо‘p ikki qо‘llab yuqoridan, bir qо‘llab yuqoridan, ikki qо‘llab yuqoridan uzatiladi. Ammo bu usullar о‘yinda kamroq qо‘llaniladi. Shunga qaramay har bir voleybolchi tо‘pni tez va aniq uzatishini hamda yо‘nalishi bо‘yicha zarb berishni urganishi zarur.
Tо‘pni qabul qilish. Bu – raqiblar hujumidan keyin tо‘pni о‘yinda saqlab qolishda himoya usuli hisoblanadi. Ikki qо‘llab tо‘pni pastdan qabul qilib olish zamonaviy voleybolda asosiy usuldir. U hujum paytida kuchli zarb paytidagi asosiy usuldir. Bu usulda gavda yuqoriga yoki biroz egilgan qо‘llar oldinga pastga tushiriladi, bir kaft ikkinchisiga qо‘yilgan bо‘ladi. Tо‘pni bilaklarda qabul qilib olinadi. Bilaklarda bо‘ladigan zarbni yumshatish maqsadida qо‘llar tirsakdan yaqinlashtirilib kо‘tariladi va bukiladi, oyoqlar tо‘g‘rilanadi va gavda kо‘tariladi. Tо‘pni ikki qо‘llab yuqoridan qabul qilish. Bu usul bilan tо‘p uncha kuchli kelayotgan paytlarda, shuningdek, boshqa usulni qо‘llash qulay bо‘lganda
qabul qilinadi.
Tо‘pni bir qо‘llab pastdan qabul qilish. Bu usulning aniqligi yetarli bо‘lganligi uchun ham qо‘laniladi, ammo tо‘p о‘yindan uzoqda bо‘lganda va boshqa usul qо‘llashning imkoni bо‘lganda va boshqa usul qо‘llanilishi foydalidir. Tо‘g‘rilangan qо‘l tarang siqilgan panjalar tо‘pning yо‘lini tо‘sadi (tо‘pni musht hamda kaft yoki bilaklari bilan uriladi). Bu xarakatlarda oyoq qatnashmaydi.
Tо‘pni oshirish. Tо‘pni о‘yinga kiritish oshirish deyiladi. Zarb uchun qulay bо‘lgan qa’tiy xolatda turish yuqoriga oshirish hamda qо‘lni siltab tо‘pni urish, о‘rgandan keyingi о‘yinchining xarakatlari oshirishning asosiy xususiyatlaridir. Oshirishda tо‘pni musht yoki kaft bilan urush mumkin. Bunda tо‘p yuqoriga bir qо‘l bilan otiladi. Yuqoriga otishning yо‘nalishi va balandligi bajarish ususliga
bog‘liq. Tо‘pni bosh ustidan urib yuborilsa yuqoridan pastdan о‘rilsa pastdan oshirish, yon bilan tursa yonlamasiga tо‘p oshirish deyiladi.
Shunga muvofiq tо‘rt xil oshirish usullari mavjud: pastdan tо‘g‘riga, pastdan yon bilan, yuqoridan tо‘g‘riga, yuqoridan yon tomoni bilan.
Tо‘pni pastdan tо‘g‘riga oshirish. О‘yin boshlovchi uchun bu asosiy usul bо‘lib xisoblanadi. U tur tomonga qarab turib bajaradi. О‘yinchi tirsakdan bukilgan qо‘l bilan tupni ushlab turadi. Boshqa qо‘l tupga zarb berish uchun uni orqaga о‘zatiladi. Shundan sо‘ng panjalar biroz bukilib, tо‘p yuqoriga 20-30 sm balandlik otiladi va zarb beriladi.
О‘yinchi zarb beriboq orqaga turgan oyog‘ini tо‘g‘irlaydi va tana og‘irligini oldinda turgan oyoqqa kiradi. Zarb bergandan keyin о‘yinchi xududi xarakat qilmoqchi bulgandik xolatni oladi.
Tо‘g‘ridan xujumkor zarbi. Tо‘rning yuqori qismidagi tо‘pni bir qо‘llab raqib tomonga urishdan iborat xujum, bu xujumkor zarb deyiladi. Bu xujumkor zarb о‘rnidan sakrab yoki yugirb kelib bajariladi. Xujumchi bu zarbni bir ikki va uch qadam bosib kelib bajaradi. О‘yinchi uchib kelayotgan tо‘pni qо‘llarni oldinga yuqoriga kutaradi, uruvchi qо‘l zarb uchun tayyorlanadi. Tana bi oz orqaga egiladi. Panjalar musht qilib turiladi va yerga qarab bukiladi, keyin zarb beriladi, shundan sо‘ng oyoq pastga tushgan tо‘p bilan birga tushadi. Tshpni qancha kchli urush zarur bо‘lsa, kaft shuncha bushroq bо‘lsa, kaft shuncha tarang qilinadi.

Sport mutaxassisligi sportchining har taraflama rivojlangan bо‘lishini istisno qilmaydi. Aksincha organizmning umumiy funksional imkoniyatlari oshishida har tomonlama jismoniy va ruhiy qobiliyat asosida, sportchi tanlagan sport turida yuqori darajadagi taraqqiyotga erishishida va har taraflama rivojlanishning bog‘liqligini ikkita asosiy sababini kо‘rsatish mumkin.



    1. Bu inson organizmi rivojlanish va faoliyat jarayonida barcha organlarning bir-biri bilan bog‘liqligi sportchining har bir turi о‘ziga xos alohida о‘zaro munosabatlar talab qilishga qaramasdan jismoniy fazilatlar rivojlanishida har doim umumiy qonuniylik aks etadi. Har qanday fazilatning miyoriy rivojlanishi organizmning funksional umumiy imkoniyatlarini oshirish bilangina amalga oshadi.

    2. Har-xil harakatlantiruvchi kо‘nikmalar va qobiliyatning о‘zaro ta’siri. Sportchining о‘zlashtirgan harakatlantiruvchi mahorati va qobiliyati qanchalik keng bо‘lsa yangi harakatlantiruvchi faoliyat va oldingi о‘rganganlarni amalga oshirishda zamin yaratadi. Kishining ongiga bog‘lanmagan holda mavjud bо‘lmagan qonuniylik sportda kamolotga erishish shuni talab qiladi, mashg‘ulot chuqur maxsus jarayon bо‘lib, sportchining har tomonlama rivojlanishiga olib kelishi kerak. Sportchining umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik birligi shuni kо‘rsatadiki, sportda muvaffaqiyat va yutuqlarga ziyon yetkazmasdan

erishish uchun ulardan birini mashg‘ulotdan ajralib bо‘lmaydi. Sportda bu kо‘zlangan maqsad tarbiyaviy vositadir.

Xulosa


Tо‘pni qabul qilish texnikasi bu о‘yinchining о‘z maydonchasida tо‘pni qoidaga binoan yerga tushishiga qarshi qо‘llaydigan harakat malakasidir. Tо‘pni qabul qilish turli usullarda va о‘ziga xos texnik tartibda ijro etiladi. Pastdan ikki qо‘l bilan qabul qilish zamonaviy voleybolda asosiy himoya vositalaridan biri bо‘lib dastlab tez va aniq tо‘pni yо‘nalishiga qarshi chiqish tana og‘irlik markazini pastroq tushirib ikki qо‘lni tо‘g‘ri yozilgan holatda bir-biriga qulf tarzida amalga oshiriladi.
Pastdan ikki qо‘l bilan tо‘pni qabul qilish texnikasi ya’ni mazkur malakani ijro etishda tana og‘irlik markazini baland pasligi, oyoqlarning tizza qismini bukilishi burchagini katta kichikligi gavdani biroz oldinga egilishi yoki vertikal ravishda bо‘lishi yiqilib qabul qilishlar о‘yin vaziyatiga о‘yinga kiritilgan tо‘pni yoki hujum zarbasining kuch tezligiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq bо‘ladi.
Tо‘siq qо‘yish texnikasi tо‘siq qо‘yish bu raqib о‘yinchisi tomonidan uzatilgan yoki zarba berilgan tо‘p yо‘nablishini tо‘sish unga qarama-qarshi “Jonli devor” tashkil qilishdir. Tо‘siq qо‘yuvchi о‘yinchi dastlab oyoqlarini yelka kengligida joylashtiradi. Oyoqlar tizza qismidan ozgina bukilgan bо‘ladi, qо‘llar yelka qismidan bukilgan bо‘lib panjalar yoyilgan shaklda bо‘ladi. Tо‘pni yо‘nalish joyiga qarab harakatlantirgandan sо‘ng oyoqlar tizza qismidan birozgina bukilib shiddat bilan yoziladi va qо‘llarning faol harakati bilan sakrab tо‘p kengligida tо‘siq qо‘yiladi.
Voleybol о‘yinida о‘yinchilar tо‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu о‘yin sharoitida о‘yinchi tо‘p bilan о‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik kо‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə