Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/8
tarix08.03.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#102132
1   2   3   4   5   6   7   8
Durdona Kurs ishi

Holatlar. Voleybol о‘yinida о‘yinchilar tо‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu о‘yin sharoitida о‘yinchi tо‘p bilan о‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik kо‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak.
Hujum zarbasini berish va tо‘siq qо‘yishda – baland (1 a-rasm), о‘yinga kiritilgan tо‘pni qabul qilishda – о‘rta (1 b-rasm), hujum zarbasini yoki tо‘siqdan pastlab qaytgan tо‘pni qabul qilishda – past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bо‘ladi. Shuni ham ta’kidlash о‘rinliki, о‘yinchining bо‘yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bо‘lishi kerakki bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat kо‘rsatish imkoniyatini bera olsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qо‘llani-lish xususiyatiga qarab statik (о‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga о‘tkazish bilan tо‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki tо‘siq qо‘yishni kutishda) holatlarda bо‘ladi. Bu turish holatlarida qо‘llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bо‘ladi. Gavda erkin holatda bо‘lishi kerak.
Harakatlanish. О‘yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon bо‘ylab harakatlanadi. Bunda usul va о‘yinning vaziyatiga bog‘liq holda, qadam tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli
harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bо‘ladi. Yon tomonga qadamlashdan kо‘p hollarda katta bо‘lmagan masofani bosib о‘tish bilan tо‘siq qо‘yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki tо‘siqdan о‘z yо‘nalishini о‘zgartirib qaytgan tо‘pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yо‘nalishiga yaqin bо‘lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan bо‘ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qо‘llaniladi. Kо‘rib chiqilgan harakatlardan kо‘p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə