White and Blue Modern Stagflation Presentation



Yüklə 15,91 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.10.2023
ölçüsü15,91 Kb.
#132023
4-MAVZU MIKROIQTISODIYOT



Mavzu: Talab va taklif elastikligi


Reja:
1.Talab elastikligi va uning turlari va tahlili
2.Taklif elastikligi va uni taklif elastikligi bilan
bog’liqligi
3.Bozordagi talab va taklif sharoitlarini o’zgarishini
baholash


1.Talab elastikligi, uning turlari va tahlili.
Elastiklik 
– bir uzgaruvchining boshqa bir o'zgaruvchi ta'siri ostida o'zgarishi.
Talabning elastikligi 
- bu narx o'zgarishiga nisbatan talab miqdorining o'zgarish
reaktsiyasi:
- narxning ozgina o'zgarishi, talabning nisbatan ko'proq o'zgarishiga olib kelsa,
biz bu talabni 
elastik 
deymiz. 
- narxning ozgina o'zgarishi, talabning nisbatan kamroq o'zgarishiga olib kelsa,
biz talabni 
noelastik
deymiz


Talabning elastikligi= Talab miqdorininng %
o’zgarishi/ Narxning % o’zgarishi (ya’ni
nisbatiga teng)
Agar talab miqdorining protsent
o'zgarishi, narxning protsent
o'zgarishidan katta bo'lsa talab 
elastik
bo'ladi.
Talab elastik xolatda: 
Narxning pasayishi jami daromadni
oshishiga olib keladi;
Narxning oshishi jami daromadni
pasayishiga olib keladi; 


Talab noelastik bo'lganda: 
Agar talab miqdorining protsent
o'zgarishi, narxning protsent
o'zgarishidan kichik bo'lsa talab
noelastik 
deyiladi.

Noelastik talabda:
- narxning o'sishi jami daromadni
ortishiga olib keladi;
- narxning kamayishi jami daromadni
kamayishiga olib keladi.


Narxning o'zgarishi talabning
xech qanday
o'zgarishiga olib kelmaydi:
talab xar qanday narxda
o'zgarmas bo'ladi. 
Bunday holatda talab mutloq
noelastik
deyiladi
• Talab elastikligi = 0 


• Qarama - qarshi xolat tasvirlangan,
ya'ni kishilar OR narxda cheksiz
narsalar sotib olishadi, narxning ozgina
o'zgarishi esa talabning keskin
kamayishiga olib keladi. Bunday
holatda talab mutloq elastik deyiladi.


Agar tovarning bir necha bir xil narxda
sotiladigan o‘rinbosarlari bo‘lsa, unga bo‘lgan
talab elastik bo‘ladi.
• Narxning ozgina ko‘tarilishi iste’molchilarni
o‘rinbosar tovarlarga talabi ortadi.
O‘rinbosarlari kam bo‘lgan tovarlarga talab
nisbatan noelastik bo‘ladi. Uning narxi ko‘tarilsa
kishilar uni olishga majbur bo’ladi.


Odatiy tovarlar: Odamlarda ayrim
tovarlarga — masalan ayrim alkogol
ichimliklar, tamaki, kofe iste’mol qilish
va uyali telefonlardan foydalanish
odatga aylanib qoladi. Bunday holda
albatta bu tovarlarga bo‘lgan talab
noelastikdir.
Zaruriy tovarlar: Suv, kiyim, oziq-ovqat,
uy-joy va boshqalarga talab noelastik
bo‘ladi.


 Xashamatli predmetlar: bu tovarlarga talab elastik buladi.(mashinalar,
qimmat baho buyumlar)
Agar tovar oilaning daromadining kichik qismiga to‘g‘ri kelsa, talab
noelastik buladi. 
Agar tovar oilaning daromadining kichiq kismiga to‘g‘ri kelsa bu
tovarga bo‘lgan talab noelastik bo‘ladi.


E’tiboringiz uchun
rahmat

Yüklə 15,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə