1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə30/78
tarix30.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#164717
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

2. SHariat. Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan, Qur’oni karim asosida ishlab chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob-qoidalari majmui. SHariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI—XII asrlarda tugal shakllangan. SHariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga — harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik 5 turga: farz - bajarilishi qat’iy, majburiy hisoblangan axloq me’yorlari; manbud (sunnat) - majburiy emas, lekin ma’qul, lozim hisoblangan axloqiy me’yorlar; muboh - ixtiyoriy me’yorlar; makruh - ixtiyoriy me’yorlar; harom - qatiy ravishda taqiqiangan hatti-harakatlar. SHariat - namunaviy musulmon, komil insonni tarbiyalashda muhim pedagogik konsepsiya va- zifasini bajargan.
3. «Munosib inson»ni etishtirish. Abu Nasr Forobiy (873-950). «Munosib inson»ni axloqiy-tarbiyaviy ideal hisoblab, uni xush axloq, saxovatli va aql-idrokli qiluvchi narsa - bilim ekanligi asoslanadi.
«Munosib inson» bo‘lish uchun odamda ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta’lim kishini nazariy kamolotga erishtiradi, tarbiya esa «kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faollikni yaratishga olib boradigan yo‘ldir».
4. Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqidagi ta’limot. YA.A.Komenskiy (1592-1670). Tarbiya uch bosqichli vazifalardan iborat: 1) o‘zini va tevarak-atrofdagi olamni bilish (aqliy); 2) o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy); 3) Xudoni tanishga intilish (diniy). Inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umu- miy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi va buni Injildan olingan matn parchalari bilan asoslaydi.
5. «YAngi axloq». K. A.Gelvetsiy (1715-1771). «Bizning mavjud holatimiz tarbiya tufayli vujudga kelgan», «Tarbiya hamma narsaga qodir». Tarbiya maqsadi sifatida «har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak», - degan g‘oyani «millat baxt-saodatli bo‘lishi kerak» degan g‘oya bilan birlashtira oladigan vatanparvarni etishtirishda, deb tushundi va «Milliy tarbiya rejasi»ni ishlab chiqdi.
6. Milliy tarbiya. Lui Mishel Lepelete (1760-1793). YAngi shaxsni etishtirish Milliy tarbiya uylarida olib borilishi kerak. SHunda tarbiyalanuvchilar muhitning nomatlub, yomon ta’sirini his qilmaydilar. «Milliy tarbiya uylari»da mehnat qilish, jismoniy, aqliy tarbiyaga asosiy e’tibor beriladi. Natijada, baquvvat, meh- natsevar, intizomli va vijdonli yangi yosh avlod, yangi grajdanlar, qizg‘in vatanparvarlar tarbiyalanadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə