1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Tarbiyaning xalqchilligi, milliyligi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə32/78
tarix30.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#164717
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

12. Tarbiyaning xalqchilligi, milliyligi. K. Ushinskiy (1824-1870). Tarbiya xalqning tarixiy taraqqiyotiga bo‘ysunadi. Kelajakka xalqning o‘zi yo‘l ochib boradi, tarbiya esa shu yo‘ldan boradi va birgalikda harakat qilib, ayrim shaxs va yangi avlodga bu yo‘ldan borishga yordamlashadi. SHuning uchun garbiya tizimini o‘ylab chiqish yoki boshqa xalqlardan olish yaramaydi. Tarbiya hamisha xalqchillikka, milliylikka tayanishi lozim. «Har qanday tarixiy xalq Xudo er yuzida yaratgan eng ajoyib mavjudotdir va tarbiyada ana shu boy hamda sof tuyg‘u boshqa xalqlarni hurmat qilish bilan birga bo‘lmog‘i kerak».
13. Ekzistensializm. Tarbiya har bir bsnazir shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi va ro‘yobga chiqarishi uchun butun kuchlar bilan sharoit yaratishi kerak. SHaxs uchun palapartish, bir zumlik bo‘lsa-da, lekin o‘z «shaxsiy» bahosi, nuqtai nazari, «ong va tafakkur oqimi», tuyg‘usi, hayajoni bo‘lishi kerak. Bu nazariya shaxsning jamiyatda, xalq, millat hayotidan chiqib, o‘z «qobig‘iga» bekinib olishiga olib keladi. Ilmiy bilimlarni sistematik o‘rganishni besamar mashg‘ulot deb qaraydi. CHunki bolaning qo‘qqisdan, kutilmaganda paydo bo‘luvchi his-tuyg‘u va xulosalari birlamchi, deya maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv, tarbiyaviy jarayon inkor qilinadi.
14. Konant pedagogikasi. J. Konant pedagogikasining maqsadi - o‘z ichidagi sinfiy farqlarni sezdirmay yuboradigan darajadagi milliy birlikni yaratish.
15. Eksperimental pedagogika. V. A. Lay (1862-1926), E. Torndayk (1874-1949). Falsafiy-pedagogik qarashlar quruq nazariyalikda ayblanib, pedagogikaga aniq fanlarga xos eksperimental psixologik metodlar tatbiq etila boshlandi. Anatomiya, fiziologiya, psixopatalogiya va pedagogika fanlari ma’lumotlarini umumlashtirib foydalandilar. Lekin ular nazariy xulosalar yasay olmadilar. CHunki bolani muayyan ijtimoiy-milliy muhitdan ajratib olib, biologizatorlarcha talqin qildilar.
16. Ijtimoiy rol, ijtimoiylashuv konsepsiyalari. Bu oqim pedagogika fani oldiga shaxsni kelajakda jamiyat uchun kerak bo‘lgan u yoki bu ijtimoiy rolni bajarishga tayyorlashni vazifa qilib qo‘yadi. YA’ni inson jamiyat tomonidan yozilgan dramaning u yoki bu personajidir. Har bir shaxsning ijtimoiy rollari «repertuari»da uning «milliy roli» ham bor, deb hisoblaydi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə