Dinlari tarixi


O‘ZBEKISTONDAGI «ISLOM SIVILIZATSIYASI



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

O‘ZBEKISTONDAGI «ISLOM SIVILIZATSIYASI 
MARKAZI» FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hu-
zuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 
faoliyatining asosiy maqsadi – e’tiqodi islom dini bilan 
bog‘liq boy va noyob merosni ilmiy asosda har tomon
-
Ko‘kaldosh
 madrasasi
Minor masjidi
Xoja Ahror Valiy 
masjidi
Baqoqxon
 madrasasi


76
Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi galda yoshlarni 
ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiya-
ti, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi 
kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot 
markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror 
qildik.
Shavkat Mirziyoyev
lama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan 
buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijo-
diy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, ular bi
-
lan xalqimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishti rish, 
xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo mu
-
loqotni yo‘lga qo‘yish, islom dinining insonparvarlik 
mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan 
kurashish, yosh avlodni insonpqrvarlik g‘oyalari, milliy 
g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdan iborat.
Markazning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiya-
sining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlari
-
dan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy 
konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
Markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozma
-
lar fondlarini bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib 
chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyo
-
lar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy mak-
tablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan 
qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil 
va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu 
yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va 
Haq yo‘lida kim 
senga 
bir harf o‘rgat-
mish ranj ila,
Aylamak 
bo‘lmas ado 
oning haqqin
yuz ganj ila.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə