Dinlari tarixi


TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI
Toshkent qadimdan ilm-fan, madaniyat marka
-
zi bo‘lib kelgan. Ushbu hududda o‘rta asrlarda tur-
li fan sohalari bo‘yicha faoliyat yuritgan 100 dan ortiq 
olimlar nomlari aniqlangan. Jumladan, «Hazrati Imom» 
deb ulug‘langan Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904-976), 
ishonchli muhaddis sifatida tanilgan Abu Said Haysam 
ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 947) hamda «Faxrul islom», 
«al–Imom al-kabir» nomlariga sazovor Abu Bakr Mu-
hammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114) nomlarini 
alohida qayd etish mumkin.
Zamondoshlari «Hazrati Imom» deb ulug‘lagan 
bu zotning to‘liq ismi – Abu Bakr Muhammad ibn Ali 
ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida 
unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «kat-
ta», «ulug‘» ma’nosini ifodalaydigan «Kabir» so‘zini 
qo‘shib yozadilar. 
IJODIY FAOLIYAT
Shayx Zayniddin 
maqbarasi
Hazrati Imom
( Hastimom)
 majmujasi
Alisher Navoiy 
nomidagi milliy 
kutubxona
MA’LUMOT UCHUN 
Makka shahridagi «Masjidul Harom», Madina shahri-
dagi «Masjidun Nabaviy» va Quddusdagi «Masjidul 
Aqso» islomdagi bosh masjidlar hisoblanadi.
Tarix fanida olgan bilimlaringiz asosida Islom madaniyati poytaxti 
nomini olgan shaharlar tarixi haqida malumot bering. Bunda 
ISESCO to-
monidan shaharlarni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishiga oid 
talablardan foydalaning. 


75
Imom Qaffol Shoshiy nomlari bilan shuhrat qozon
-
gan Hastimom mahallasi o‘z zamonasida Toshkentning 
diniy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy markazi sifatida dong 
chiqargan. Afsuski, sho‘rolarning ajdodlarimiz qadamjo 
va ziyoratgohlariga nisbatan ateistik munosabatlari nati-
jasida bunday maskanlar e’tibordan chetda qoldi. 
Mustaqillik yillarida ilmiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy 
adabiyotlarning chop etilishiga keng imkoniyatlar ya-
ratildi. Aynan Toshkentda Qur’oni karim va hadisi sha-
riflar, shuningdek, islom ma’naviy merosiga ulkan hissa 
qo‘shgan allomalar asarlarining o‘zbek tilidagi nashrla
-
ri amalga oshirildi. Hozirgi kunda poytaxtimizning eng 
ko‘hna go‘shasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
yonida joylashgan Qaffol Shoshiy nomi bilan bog‘liq 
Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi yildan-yilga obod 
bo‘lib, Eski shaharning fayziga fayz qo‘shayotgan ta
-
rixiy maskanlardan biri bo‘lib qoldi. 
Yuqorida zikr etilgan islom dini va madaniyatining 
turli qirralariga bevosita bog‘liq bo‘lgan bu ulug‘vor 
ishlar ulkan salohiyat va donishmandlik bilan olib bo-
rayotgan dono va xalqchil siyosatining samarasidir. 
Mamlakatimiz poytaxti – Toshkent shahrining "Islom 
madaniyati poytaxti" deb e’lon qilinishi islom mada
-
niyati va qadriyatlarini tiklash hamda rivojlantirishda 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga 
oshirilayotgan ishlarning jahonshumul ahamiyat kasb 
etishining e’tirofidir.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə