Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

MA’LUMOT UCHUN
Islom dinida aza uchun uch kun belgilngan. Eri vafot etgan ayolning 
aza muddati Qur’oni karimda to‘rt oy-u o‘n kun deb belgilangan. Bu 
vaqt ichida ayol yasanmaydi, xushbo‘y narsalardan foydalanmaydi, par
-
doz qilmaydi, «idda»si ichida boshqaga turmushga chiqmaydi va bun
-
ga harakat ham qilmaydi. Uning kiyimi rangining ahamiyati yo‘q, faqat 
oddiy, kamtarona bo‘lishi tavsiya etiladi. Yetti, yigirma, qirq, yil oshi, 
qora kiyim kiyish, ayniqsa, ayollarning ovoz chiqarib yig‘lashlari, bir 
yilgacha to‘y, xursandchilik qilmaslik kabi bid’at ishlarning islom sha
-
riatiga aloqasi yo‘q.
Inson vafot 
etganidan so‘ng 
uning uchta 
amalidan boshqa 
barcha amallari 
to‘xtaydi:
– uning haqi
-
ga duo qiladigan 
solih farzand;
– sadaqaiy 
joriya (qurdir
-
gan yo‘llari, 
ekkan daraxtlari 
va boshqalar) – 
odamlarga foydasi 
tegadigan ilm.
millatning ayni vaqtdagi ijtimoiy hayoti, turmush tarzi 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi. 
Diniy bayramda esa har bir dinning arkonlarida bel-
gilab qo‘yilgan marosimlar nishonlanadi. Qur’oni ka
-
rim oyatlari va hadisi shariflarda diniy marosim va 
bayramlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. 
(Masalan, Ro‘za hayiti va Qurbon hayiti). 
Barcha dinda inson vafoti bilan bog‘liq marosimlar 
mavjud. Bu marosimlarda ayrim dindagilar maxsus 
kiyim kiyadilar. Ayrimlari esa maxsus bosh kiyim kiya-
dilar. 
Islom dinida motam marosimida kiyiladigam maxsus 
liboslar mavjud emas. Lekin, musulmon bo‘lgan ayrim 
xalqlar, o‘zlarining urf-odatlaridan kelib chiqib kiyina
-
dilar. Islom dinida ko‘rinadigan yaxshi odatlardan biri, 
musibat yetgan xonadonning qo‘shnilari isrofgarchilik
-
ka yo‘l qo‘ymagan holda darhol ovqat qilib chiqarisha
-
di. Bu islom sunnatlariga muvofiq odatdir. 


87

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə