Iqtisodiy bilim asoslari


Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120
84019 (2)

5. Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash.
Davlat kam ta’minlangan 
oilalarni ijtimoiy himoya qilish, boy kishilardan daromadiga mos soliq 
undirish, talabalarga stipendiyalar berish orqali daromadlarni qayta 
taqsimlab turadi.
6. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish.
Davlat inflatsiyani nazorat qilish, 
ishsizlikning oldini olish, davlat budjeti va pul massasini nazorat qilish 
bilan iqtisodiyotni muvozanatda saqlab turadi.
Qo‘shimcha
 tashqi ta’sir
 – 
tovarni ishlab chiqarish yoki iste’mol 
qilish jarayonida, ishlab chiqaruvchi va iste’molchidan tashqari, 
uchinchi tomonning ko‘radigan naf yoki zarari.
http:eduportal.uz


59
1. Davlat oldida qanday iqtisodiy maqsadlar turadi? Ularni sharhlang.
2. Davlatning iqtisodiy vazifalari haqida nimalarni bilasiz? Nima 
sababdan davlat bu vazifalarni o‘z zimmasiga oladi?
3. Davlatning iqtisodiy vazifalariga misollar keltiring.
4. Ijobiy va salbiy qo‘shimcha tashqi ta’sirga misollar keltiring.
5. Ijtimoiy tovarlar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak? 
6. Agar xususiy firma ijtimoiy tovar ishlab chiqarsa, u qanday qiyinchilik-
larga duch kelishi mumkin?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
• 
Tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: ijtimoiy ne’matlar va xususiy 
firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlar.
• 
Ijtimoiy ne’matlar davlat tomonidan alohida taqdim etiladi.
• 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning juda muhim vazifalari 
mavjud.
Buni yodda tuting!
Yuqorida davlatning turli faoliyat yo‘nalishlari keltirilgan.
1. Davlatning har bir faoliyat yo‘nalishiga misol keltiring.
2. Keltirgan misollaringizdagi davlatning iqtisodiy vazifalarini 
muhimlik darajasi kamayib borishi tartibida yozib chiqing.
3. Davlatning bu vazifalarni bajarishidan sizga qanday naf bor? 
4. Nima sababdan aynan davlat bu faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi 
kerak?
5. Davlatning yana qanday iqtisodiy vazifalarini bilasiz?

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə