51
B) amortizatsiya ajratmasi;
D) nizom jamg‘armasi;
E) Keltirilgan manbalarning barchasi.
4. Oddiy aksiya egasi firmani boshqarishda ...
A) umuman qatnashmaydi.
B) umumiy majlisda ovoz berish orqali qatnashishi mumkin.
D) qatnashishi shart.
E) aksiyalarning katta paketiga ega bo‘lgan taqdirdagina qatnashishi
mumkin.
5. Aksiyadorlik jamiyatining yalpi daromadi 5 mlrd so‘mni, umumiy
xarajati 3 mlrd so‘mni, soliqlar miqdori 1 mlrd so‘mni va dividendlar
500 mln so‘mni tashkil qildi. Uning sof foydasi necha so‘m?
A) 500 mln; B) 2 mlrd;
D) 3 mlrd; E) 1 mlrd.
6.
Firma yil davomida 5000000000 so‘m xarajat qilib, 1250000000
so‘m foyda oldi. Firma yillik faoliyatining samaradorligini toping.
A) 125 %; B) 50 %;
D) 25 %; E) 150 %.
7. Aksiyadorlik jamiyatining yillik foydasi miqdorining ortishi qaysi
aksiya qiymatining oshishiga sabab bo‘ladi?
A) Oddiy aksiyaning;
B) Imtiyozli aksiyaning;
D) Ham oddiy, ham imtiyozli aksiyaning;
E) Hech qaysi aksiyaning.
8. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri tadbirkorlikka xos?
A) Tavakkalchilik;
B) Erkin iqtisodiy faoliyat;
D) Foyda olishga intilish;
E) Yuqoridagilarning barchasi.
9. Firma 1- yil 1,5 mlrd so‘m, 2- yil esa 2 mlrd so‘m foyda qildi. Narxlar
2- yilda 1- yilga nisbatan 1,25 marta oshgan bo‘lsa, firmaning
2- yilda 1- yilga nisbatan real foydasi qanchaga o‘zgargan?
A) 100 mln so‘mga kamaygan;
B) 500 mln so‘mga kamaygan;
D) O‘zgarmagan;
E) 100 mln so‘mga oshgan.
http:eduportal.uz
52
MUSTAQIL FAOLIYAT
BO‘LAJAK TADBIRKORGA
O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘layotgan, o‘zining biznes-g‘oyasi
va tayyor biznes-loyihasi bo‘lgan yosh tadbirkor oldida turgan eng
katta muammo – bu, albatta, qanday qilib mablag‘ topishdir. Ayniqsa,
bu savdo-sotiq yoki umumiy ovqatlanishga o‘xshagan an’anaviy
tadbirkorlik sohalari emas, balki zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq,
tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga taalluqli bo‘lsa.
Rivojlangan mamlakatlarda bunday biznes-g‘oyalarining qadriga
yetishadi va izlashadi. Chunki aynan shunday kuchli tavakkalchilikka
asoslangan yangi biznes-loyihalargina baland darajadagi foydani berishi
mumkin. Shuning uchun ham ayrim yirik kompaniyalar bunday biznes-
g‘oyalarni yoki tayyor biznes-loyihalarni sotib oladilar yoki sherikchilik
sharti bilan moliyalashtiradilar. Bunday biznes-g‘oya, biznes-loyihalarni
moliyalashtiruvchi maxsus jamg‘armalar ham rivojlangan mamlakatlar-
dagi biznes-tizimning ajralmas qismiga aylangan. Moliyalashtirilgan va
faoliyatini boshlagan bunday yangi biznes turlari bu mamlakatlarda
startaplar
deb nomlanadi.
So‘nggi yillarda faoliyatini boshlagan va katta muvaffaqqiyat
qozongan startaplarga misol qilib Facebook, Uber, Space X, Xiaomi,
Instagram kabi yirik kompaniyalarni keltirish mumkin.
Bunday biznes turlarida tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lganligi
uchun ham ular ko‘pincha
venchur jamg‘arma
deb nomlanuvchi
investitsion jamg‘armalar mablag‘lari hisobiga ish boshlaydi.
Venchur jamg‘armalari (ing. venture – qaltis ish) - qaltisligi,
tavakkalchiligi yuqori darajada bo‘lgan investitsion jamg‘arma bo‘lib, ular
asosan innovatsion korxona (startap)lar bilan ishlashga yo‘naltirilgandir.
Venchur jamg‘armalari qaltislik darajasi juda yuqori bo‘lgan va favqulodda
darajadagi yuqori foyda olinishi kutilayotgan korxonalarga investitsiya
kiritadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham startaplar tog‘risida ko‘p
gapirila boshlandi. Vatanimizda kelajakda katta foyda beradigan, lekin
4 – E. Sariqov, B. Xaydarov
http:eduportal.uz
53
tavakkalchilik ham yuqori bo‘lgan biznes turlari va shug‘ullanmoqchi
bo‘lgan yosh tadbirkorlar talaygina. Ularga faqat pul – boshlang‘ich
kapital kerak. Xo‘sh, bizda venchur investitsiyalar kiritish hali unchalik
rivojlanmagan bo‘lsa, bunday tadbirkor qanday ish tutsin?
Buning uchun bo‘lajak investorlar bir narsani tushunib olishlari
kerak bo‘ladi. Startapga investitsiya kiritish – bu kredit berish emas.
Ya’ni, kiritilgan investitsiyalar kredit uchun to‘langandagidek kichkina
foiz bilan qaytmaydi, balki bu mablag‘ bir necha karra ko‘paygan holda
qaytariladi. Lekin bu joyda qaltislik, ya’ni mablag‘ingizni butunlay
yo‘qotib qo‘yishingiz havfi ham bir necha barobar ko‘p.
O‘zbekistonda startap uchun mablag‘ni yosh tadbirkor qayerdan
topadi?
Buning bir nechta yo‘li bor:
1. Eng oddiy yo‘l – bu qarindoshlar va do‘stlarga murojaat qilish,
ularni g‘oyangizga qiziqtirish.
2. Bank kreditini olish.
3.
Kraudfanding
– g‘oyangizga qiziqib qolgan anchagina ko‘p sonli
odamlarning uncha katta bo‘lmagan mablag‘larini to‘plash va ularni
hamkoringizga aylantirish. Bunday ish odatda internetda tashkil qilingan
maxsus kraudfanding maydonchalari orqali tashkil qilinadi yoki ijtimoiy
tarmoqlar e’lonlarida g‘oyalar yoritilib ularga qiziquvchilar izlanadi.
4. Xususiy kompaniyalar va davlat grantlari.
5. Biznesmenlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashib, ularni g‘oyaga
qiziqtirish va moliyalashtirishga jalb qilish.
6.
Startap-akseleratorlar.
Startap-akseleratorlar
– bu nafaqat
startaplarni moliyalashtirishda qatnashadi, balki startap muassislariga
o‘ziga xos maktab vazifasini ham bajaradi. Startap-akselerator o‘ziga
istiqbolli startap g‘oyalarini izlayotgan investorlarni birlashtirgan yosh
kompaniyalarning o‘sishiga va rivojlanishiga ko‘maklashuvchi ijtimoiy
tashkilotdir. Ya’ni, agar siz startap-akseleratorni biznes-loyihangizga
qiziqtirib hamkorlikka ko‘ndira olsangiz u holda startap-akselerator
sizni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlab, maslahatlar berib, oyoqqa turib
olishingizga ham yordamlashadi.
http:eduportal.uz
54
Startap muassislari bo‘lgan yosh tadbirkorlar uchun zarur narsalar-
ning eng muhimlaridan bittasi (mablag‘dan tashqari albatta!) – bu biznes
faoliyatni boshlash va ish yuritish uchun ofisning mavjudligidir. Bunda
hozir mamlakatimizning turli shahar va tumanlarida tashkil qilinayotgan
yangi va yosh tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan maxsus joylar –
kovorkinglar
asqotadi. Kovorking (ing.
Co-working
- birgalikdagi ish)
– bu yangi tadbirkorlar uchun umumiy, birgalikda foydalanadigan ofis
vazifasini o‘taydi. Bu joyda o‘z ishini boshlagan yangi startapchilar yoki
boshlamoqchi bo‘layotgan yoshlar birgalikda uchrashib bir-birlari bilan
o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatishlari ham mumkin. Axir muvaffaqqiyatli
biznesning eng muhim jihatlaridan biri – bu zarur kishilar bilan o‘zaro
nafli aloqalar tizimini (“to‘r”ini) yaratish emasmi? Zamonaviy tilda
bunday aloqalarni o‘rnatish
networking
(ing.
networking
– to‘r to‘qish)
deb yuritiladi. Networking orqali yosh tadbirkorlar yangi mijozlarni
topish, yaxshi xodimlarni ishga jalb qilish, investorlarni qiziqtirish, joriy
muammolarga yechim izlash kabi foydali ishlarda hammaslak, hamkorlar
bilan aloqa o‘rnatishlari mumkin. Bizning milliy mentalintetimizga xos
bo‘lgan hamkorlik, hamjihatlik, hammaslaklik kabi qadriyatlar ham
mana shu networking deb atalayotgan biznes- atamada namoyon bo‘ladi.
1. Mutolaa uchun yuqorida berilgan materialdan sizga ilgari notanish
bo‘lgan atamalarni ajratib yozing.
2. Bu atamalarning har biriga matndan tushunganlaringiz asosida ta’rif
bering.
3. Bu atamalarni bir-birlari bilan mantiqiy uzviylikda, sxematik ravishda
tutashtiring. Ya’ni, qaysi atama qaysinisi bilan bog‘liq, qaysi atama
qaysinisini to‘ldiradi, qaysi atama qaysinisidan kelib chiqadi? Shu tarzda
bir qaraganda murakkab tuyulgan bog‘lanishlar siz uchun mantiqiy
mazmunga ega jarayonlarning ifodasi sifatida soddalashgan tarzda
namoyon bo‘la boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |