46
ko‘payishi natijasida odamlar tabiat in’omlarini sof holda iste’mol qilish
bilan kifoyalanmasdan, tabiiy resurslardan turli xil mahsulotlarni o‘zlari
ishlab chiqarishga o‘tdilar. Bu bilan tabiatdagi muvozanatga sezilarli
ta’sir ko‘rsata boshladilar. Shu tariqa ekologik muammolar paydo bo‘la
boshladi.
Iqtisodiyotning, eng avvalo, ishlab chiqarishning rivojlanishi oqibatida
odamzod atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq
quyidagi ekologik
muammolarga duch kelib qoldi:
— havoning zaharlanishi;
— daryo va suv havzalarining ifloslanishi;
— tuproq tarkibining o‘zgarishi va yerlarning sho‘rlanib borishi;
— ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining kamayib
borishi;
— atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi;
— inson salomatligiga zarar yetkazadigan shovqinli texnika moslama-
larining ko‘plab ishlatilishi.
Olimlarning fikricha, sanoatda, sovutish
qurilmalarida ishlatiladi-
gan freon gazi bizni quyosh nuri radiatsiyasidan himoya qiluvchi
atmosferaning ozon qatlamini yemirib bormoqda. Agar ahvol shu tariqa
davom etaversa, yaqin kelajakda Yer atmosferasi harorati ko‘tarilib,
tabiatdagi muvozanat buzilishi, quruqlikning ko‘p qismi suv ostida
qolishi taxmin qilinmoqda.
Bilasizmi?
Tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan, asosan,
davlat nazorat organlari
shug‘ullanadi. Har bir davlatda atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan
turli xil chora-tadbirlar ko‘riladi, qonunlar qabul qilinadi. Masalan,
zavod va fabrika mo‘rilariga turli xil zaharli moddalarni ushlab qoladigan,
havoni tozalaydigan moslamalar o‘rnatish, oqava suvlarni daryolarga
oqizishni taqiqlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat
tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat, jamoat tashkilotlari ham borki,
ular nafaqat bir mamlakat hududida, balki
butun dunyoda atrof-muhit
muhofazasi muammolari bilan shug‘ullanadi. Masalan, “Green peace”
xalqaro jamiyati butun dunyoda ekologik muammolarni yechish, atrof-
muhitning ifloslanishini oldini olish uchun kurashadi.
O‘zbekistonda ham o‘tgan davrlarda katta ekologik
muammolar
to‘planib qolgan. Havoning ifloslanishi, tuproqning zaharlanishi va
sho‘rlanishi, sanoat chiqindilari, oqava suvlar bilan bog‘liq muammolar
shular jumlasidandir. O‘zbekistonda eng katta ekologik muammolar,
albatta, suv bilan bog‘liqdir. Haydarko‘l atrofidagi ekotizimni
http:eduportal.uz
47
1980
1995
2009
1960
Orol dengiziga quyiladigan suv miqdori kamayib,
dengiz hozirgi kunda kichkina ko‘lga aylanib qolgan.
Qurigan dengiz o‘rnidagi tuzlar shamol bilan havoga
ko‘tarilib, atrofdagi hududlarni qoplay boshladi.
To‘qayzor va chakalakzorlar o‘rnida cho‘l paydo
bo‘lib, bu yerlarda yashaydigan hayvonlar soni keskin
kamaydi. Havo va ichimlik
suvining ifloslanishi
natijasida aholining yashash sharoitlari og‘irlashdi.
Orol dengizi suvining keskin kamayishi Orolbo‘yi
hududining iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Orol muammosini yechishning muhimligi va
global ahamiyatga ega ekanligi Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millatlar
Tashkilotining 72- Bosh Assambleyasidagi nutqida
ham ta’kidlandi.
Mamlakatimizda ekologik muammolarni hal
qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017- yil 21- apreldagi farmoni bilan O‘zbekis-
ton Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi.
Qo‘mitaga
ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga
oshirish bilan bog‘liq vazifalar yuklandi. O‘zbekiston ekologik partiyasi
tuzildi va 2019- yil 8- yanvarda uning ta’sis s’yezdi bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni yaxshilash
borasidagi ishlarga misol qilib chiqindilarni qayta ishlash, quyosh,
shamol va biologik energiyalardan
foydalanishni kengaytirish, cho‘llarni
o‘rmonlashtirish, ko‘llar bo‘ylarini to‘qayzorlarga aylantirish kabi ishlarni
keltirish mumkin.
Davlatimiz tomonidan Orol muammosini hal qilishga, ayniqsa,
katta ahamiyat berilmoqda. 2019- yilning o‘zida “Orolqum” cho‘lida
500 000 gektar maydonda himoya o‘rmonlarini barpo qilish, ko‘plab
artezian quduqlarini kovlab, chuchuk suv chiqarish, shu tariqa Orol
hududini qayta tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
Yana bir ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan loyiha bu –
O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilishi boshlangan
muvozanatlashtirish, janubiy viloyatlarda suv tanqisligi muammolari
bunga misol bo‘la oladi.
Lekin mamlakatimizning
global ahamiyatga ega bo‘lgan ekologik muammosi
bu – Orol muammosidir.
http:eduportal.uz
48
Atom elektr stansiyasining barpo qilinishidir. Chunki atom energiyasi
- eng ekologik toza energiya turlaridan bo‘lib, havoga katta miqdordagi
zararli gazlar chiqarilishining oldini oladi. Atom elektrostansiyasining
ishga tushirilishi bilan yiliga 3,7 mlrd kub metr gaz tejab qolinadi.
Atrof-muhit muhofazasi har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.
Buning uchun har birimiz kundalik turmushimizda orasta yurish, o‘zimiz
yashayotgan joyni ozoda tutish kabi oddiy qoidalarga rioya qilishimiz zarur.
Dostları ilə paylaş: