Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120
84019 (2)

9- MAVZU
MARKETING 
1. Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan tovarlardan birini tanlang. Uni 
ishlab chiqarayotgan firma bu tovarni bozorda sotish uchun qanday 
tadbirlarni amalga oshirishi lozim, deb o‘ylaysiz?
2. Bu tadbirlarning qaysi biri tovarni ishlab chiqarishdan oldin, qaysi 
biri keyin o‘tkazilishi lozim?
3. Bu tovarni qanday reklama qilgan bo‘lar edingiz?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Marketing
– bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash 
va uni qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Marketolog 
– marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus 
bilimga ega bo‘lgan mutaxassis.
Firmaning butun ishlab chiqarish faoliyati marketing tadqiqotlariga 
tayangan holda tashkil qilinishi kerak. Marketing tadqiqotidan ko‘zlangan 
maqsad firma oldida turgan nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, 
qanday narxda sotish, kim uchun ishlab chiqarish, qaysi bozorga yetkazish 
va sotish lozim degan savollarga javob topishdir. Marketing tadqiqotlari
asosan, to‘rt: 
mahsulotni (bozorni) o‘rganish, narxlash, reklama qilish, 
bozorda o‘rnashish
bosqichlariga bo‘linadi.
http:eduportal.uz


42
Mahsulotni o‘rganish
bosqichida
 
iste’molchilarning qanday va qaysi 
tovarlarni sotib olishga xohishi borligi aniqlanadi, bozor o‘rganiladi, 
anketa so‘rovlari, og‘zaki savol-javoblar kabi tadqiqotlar o‘tkaziladi, 
iste’molchilar ehtiyojini qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarish rejalash-
tiriladi va rivojlantiriladi. 
Narxlash
bosqichida tovarning narxi belgilanadi. Tovarning narxi 
shunday belgilanishi kerakki, ya’ni iste’molchilarning uni sotib olishga 
qurbi yetsin. Shu bilan birga, tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi 
firma ham ma’lum miqdorda foyda olsin. 
Reklama 
bosqichida firma va tovar haqidagi ma’lumotlarni axborot 
vositalari va turli tadbirlar orqali iste’molchilarga yetkazish amalga 
oshiriladi. To‘g‘ri berilgan reklama tadbiri tovarning sotuv hajmini 
keskin oshirishi mumkin. Firma, tovar va tadbirlar haqidagi rang-barang 
ma’lumotlar radio, televideniye, internet va boshqa aloqa tarmoqlari, 
gazeta va jurnallar, ko‘chalarda o‘rnatilgan ustun va bino devorlaridagi 
lavhalar, e’lonlar, plakatlar orqali iste’molchilar e’tiboriga havola 
etiladi. Tovarning nisbatan arzon narxi, bejirim qadoqlanganligi va tovar 
yorlig‘idagi yozuvlar ham o‘ziga xos reklama hisoblanadi.
Tovarni reklama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə