38
Boshqaruv bevosita inson tomonidan amalga oshiriladi. Firmada
ishlaydigan, maxsus boshqaruv ilmini egallagan, ish yurituvchi va
boshqaruvchi
menejer
deb ataladi. Har qanday rahbar xodim yoki menejer
ish vaqtining 70 — 80 foizini odamlar bilan muloqot qilishga sarflaydi.
Shu bois, menejmentni tom ma’noda qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar
faoliyatini o‘zaro muloqot orqali boshqarish deb ham aytish mumkin.
Menejer oldida turgan maqsadga erishish
uchun quyidagi vazifalarni
ketma-ket bajarishi kerak bo‘ladi: 1. Rejalashtirish; 2. Tashkil qilish;
3. Rahbarlik qilish; 4. Nazorat qilish.
Rejalashtirish bosqichida menejerlar korxona maqsadidan kelib chiqib,
istiqbolli rejalar va dasturlarni ishlab chiqadilar. Rejani amalga oshirish
uchun korxonaning hamma bo‘limlari ishini o‘zaro muvofiqlashtiradilar.
Ularning
ishini tashkil qiladilar, bevosita rahbarlik qilib, ishning bajarili-
shini nazoratga oladilar. Menejerlar xodimlarni korxona oldida turgan
ma’lum maqsadga erishishiga chorlovchi va jamoani bunga otlantiruvchi,
safarbar qiluvchi kishilardir.
Firmani boshqarishda menejerlarning yuqori salohiyatga egaligi,
iqtisodiy
bilimlarni chuqur bilishi, o‘zining imidjiga ega bo‘lishi, ma’naviy
jihatdan yetukligi, muomala, so‘zlashuv madaniyatining yuksakligi katta
ahamiyat kasb etadi.
Firmaning katta-kichikligiga qarab, boshqaruvning turli xil tashkiliy
tizimlari tuziladi. Faraz qilaylik, kichik do‘konda
uning egasi va yana
bir kishi ishlaydi. Bu holatda, boshqaruvchi va boshqariluvchi orasidagi
o‘zaro munosabat 8.1- chizmadagidek bo‘ladi. Bu tizim sodda tashkiliy
tizim deyiladi. Bir nechta bo‘limlardan tashkil topgan supermarketdagi
boshqaruv tuzilmasini ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, uning
tuzilmasi (boshqaruv bo‘g‘inlari) birmuncha murakkabroq bo‘ladi. Uni
sxema tarzida 8.2- chizmadagidek tasvirlash mumkin.
Yangi tizimning
avvalgisidan asosiy farqi faqat xizmatchilar sonining ko‘pligidagina
bo‘lmay, balki bir necha quyi darajali qismlardan tashkil topganligidadir.
Endi ishchi va xodimlarning bir qismi bevosita do‘kon egasiga emas,
balki kichik bo‘limlarni boshqaruvchi menejerlarga bo‘ysunadi.
Agarda firma savdo-sotiqdan tashqari ishlab chiqarish bilan ham
shug‘ullansa, uning tashkiliy tizimi yanada murakkabroq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: