Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120
84019 (2)

Iqtisodiy tenglik 
— barcha iqtisodiy xatti-harakatlarni adolatli amalga 
oshirish uchun sharoit yaratish. 

Iqtisodiy xavfsizlik
– aholini iqtisodiy bo‘hronlardan, qashshoqlik, 
ishsizlik, inflatsiya oqibatlaridan himoya qilish. 

Iqtisodiy o‘sish
– tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining 
muttasil o‘sib borishini ta‘minlash.
Shunday muammo va vazifalar borki, ularni bozorning o‘zi hal qila 
olmaydi. Shu bois, bu vazifalar davlat zimmasiga yuklanadi. Bular 
quyidagilar: halol raqobat muhitini yaratish, bozor haqida ma’lumotlar 
olishda hammaga birdek imkoniyatlar yaratish, qo‘shimcha tashqi 
ta’sirlarni tartibga solish
ijtimoiy tovar va xizmatlar
ni ishlab chiqarish. 
Mamlakat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni himoya qilish, ta’lim, 
fan, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish kabi qator ijtimoiy xizmatlar 
borki, ularni tashkil qilish hamda boshqarishni faqat markazlashgan holda 
amalga oshirish zarur. Ulardan faqat 
birgalikda foydalanish
mumkin. Bu 
xizmatlarni faqat haqini to‘laganlarga ko‘rsatib, boshqalarni esa bundan 
foydalana olmaydigan qilib, cheklab bo‘lmaydi. Bu ijtimoiy tovar va 
xizmatlarning 
cheklab bo‘lmaslik xususiyati
dir. Bundan tashqari, bunday 
faoliyat natijasi har doim ham bevosita foyda olishga qaratilmagan. 
Shuning uchun ham bu ijtimoiy ne’matlarni yaratish ko‘pincha tad-
birkorlar e’tiboridan chetda qoladi va u bilan davlat shug‘ullanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, davlat o‘z zimmasiga quyidagi
iqtisodiy vazifalarni oladi:
1. Jamiyatning huquqiy va ijtimoiy asosini saqlab turish.
Davlat
insonlarning jamiyatda yashashi, faoliyat ko‘rsatishiga oid va ular 
o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi qonun va huquqiy me’yorlarni 
o‘rnatadi, qonun oldida barchaning tengligini kafolatlaydi va ularning 
bajarilishini nazorat qiladi.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə