Iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

P. Samuelson


352 
etmaydi. Binobarin, davlat iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o`z 
zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o`z kuchidan 
foydalanishi kerak. Samuelson eng kam ish haqi to`g`risidagi qonuni 
daromadlar pilopoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish 
usuli deb hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini 
moliyalashtirishni va oziq- ovqat yordamini qashoqlikni kamaytirish usuli 
sifatida qo`llab-quvvatlaydi. "Ekonomiks" asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs 
mavjud bo`lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufuzi nazariyasi 
eslanadi; A. Smitning "Ko`rinmas qo`l" haqidagi g`oyalar tahlil etiladi. 
Asarda o`tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular 
to`g`risida yuqorida o`qishingiz mumkin). 
Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari "neoklassik sintez"ga 
erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning 
klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini aniqlash 
bo`yicha 
mavjud 
makroiqtisodiyot 
bilan 
birlashtirish, 
ikkala 
yondoshuvdagi 
barcha 
sog`lom 
fikrlarni 
jamlashtirishga 
harakat 
qilmoqdalar.
Kitobning dastlabki boblarida A.Smit dan hozirgi davrgacha 
bo`lgan iqtisodiy ta'limotlar mohiyati tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab 
chiqiladi. Ayniqsa A.Smit, T.Maltos, D.Rekardo asarlari Har tomonlama 
tahlil etilgan.
Uning fikricha, 1820-1870 yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va 
siyosatchilar gipnoz holatida bo`lgan, bunga asosiy sabab "sanoat inqilobi" 
bo`lib, bir qancha g`oyalar, ayniqsa T.Maltus, D.Rikardolarning aholi 
o`sishi bilan daromadlar pasayishi to`g`risidagi fikrlar chippakka chiqdi. 
Neoklassik iqtisodiyot to`grisida fikr yuritib, XX asrning 70-yillari 
iqtisodiy qarashlarda ikki yo`nalish paydo bo`lganligi qayd etiladi: 1) 
Keyns va keynschilik; 2) Marks g`oyalari. Ayniqsa, neoklassik yo`nalishda 
matematik usullarning keng qo`llanilishi, talab, foydalilik, umumiy 
iqtisodiy muvozanat masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo`lib 
qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida 
matematik elementlar "iqtisodiy tahlilning nozik metodlari" ga olib keldi. 
J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, "Sey qonuni" ga ehtiyoj 
qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va Keynschilar ta'sirida "aralash 
iqtisodiyot" yaxshi faoliyat ko`rsata boshlaganligi ta'kidlanadi. 2-jahon 
urushidan so`ng ishlab chiqarish nihoyatda tez o`sganligi, aholi turmush 
darajasi oshganligi ta'kidlanadi.


353 
Ammo, deb ta'kidlaydi olim, hali bizni to`la bandlik va mo`'tadil 
baholar o`rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona 
mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi. 
Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan, 
M.Fridmenning monitar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu 
olimlarda "erkin raqobat", "bozor baholari" asosiydir.
Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to`rtta deb 
hisoblaydi: 
1.Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy); 
2.Tabiiy resurslar; 
3.Kapital; 
4.Texnologiyalar. 
Olimning bu omillari "taraqqiyotning to`rt g`ildiragi" deb yuritiladi. 
E'tibor berib qarang, inson roli eng yuksak qo`yilgan. Haqiqatan ham inson 
bo`lmasa, boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya, GFR ...).
Shu sababli yuqorida keltirilgan Umar Xayyomning fikri naqadar 
hayotiy, hozirgidek jaranglab turibdi. 
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi va 
yalpi milliy mahsulot o`rtasidagi bog`lanish tahlil etilgan. Laffer effekti 
bo`yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma'lum miqdoriga 
oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobayni-
da budjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, istiqbolda 
jamg`armalar, investitsiya va daromadlar ko`payishi tufayli budjet tus-
humlari oshadi. Soliq stavkasi optimumini yetish uchun egri chiziq (Laffer 
egri chizig`i) chizilgan. Unga ko`r a, soliq ortishi bilan davlat budjetiga 
tushumlar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma'lum chegara borki, undan 
ortiq soliq stavkasi budjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soli-
qlar xo`jalik faoliyatiga bo`lgan qiziqishni (rag`batni) kamaytiradi va 
ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma'lum hol-
larda soliq stavkalari pasaytirish ishlab chiqarishning faqat o`sishigina olib 
kelmasdan, budjetga soliq tushumlarining o`sishiga ham olib keladi. 
Bunday siyosat Rfda 2000 yildan boshlab amalga oshirildi, soliq 
stavkalari barcha uchun 13% ga tushurildi va yaxshi natija bermoqda. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə