Iqtisodiy ta'limotlar


Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

5.2. Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati 
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin: 
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o`rtalari). 
2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura 
sistemasi) (XVI-XVIII asr o`rtalari). 
Yangi ta'limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita 
bog`liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: 
uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida 
sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam 
yoki shogird, oila bilan birga qilinadi. Manufakturada esa kooperatsiya 


94 
yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, 
yollanma ishchi kuchi paydo bo`ladi (XV asr). Fabrika to`g`risida esa 
quyida axborot beriladi. 
Merkantilizmning birinchi davri o`sha davr iborasi bilan aytganda 
monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to`plash bilan bog`liq edi. Bunda pul 
balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar 
sotib olishga urinilgan. qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish 
taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul 
olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo`lishi mumkin). Chet 
ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib 
olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat 
nazorat kuchli bo`lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini 
susaytirgan. 
Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratyev fikricha, merkantilistlarning 
iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo`lib, xalq xo`jaligi qandaqa bo`lishi kerak 
va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir. 
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin: 
iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir 
metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko`proq to`plash; 
nazariya va ta'limotda: savdo, pul oboroti, ya'ni muomala sohasida 
iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. "Insonlar metall uchun qurbon 
bo`lmoqda", ya'ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga 
hamohang bo`lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. 
Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo`ldi. Savdo 
kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu 
xodisa O`zbekistonda ham hozirgi davr o`zgarishlarida uchrab turadi). 
Ularning, ya'ni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida 
namoyon bo`ladi. Farq, ya'ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat 
yo`li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o`ylanmaydi. Chet ellarga 
ko`proq chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham davlat siyosatiga 
aylandi. Agar davlatda pul ko`p bo`lsa, hamma narsa yaxshi bo`ladi, degan 
fikr asosiy bo`lgan va bu davlatning, dvoryanlarning va burjuaziyaning 
talab-ehtiyojlariga mos tushgan. Bu kapitalning dastlabki jamg`arilishi 
bilan bevosita bog`liqdir. 
Haqiqatan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul 
kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki 
sotish uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv 
(sodda) yo`llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning 
iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, ma'muriy yo`llar bilan bajarilgan. Bu 


95 
jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan bo`lib, 
rivojlangan merkantilizm tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq 
tamoyillariga mos bo`lishini istaydilar. 
Qadimgi Sharqda paydo bo`lgan tabiiy huquq falsafasi antik 
dunyoda (Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa 
uyg`onish davrida yuksaldi. Bu huquqlar abstrakt "inson tabiati" va uning 
"tabiiy huquqlari"dan iborat deb qabul qilingan va ko`p hollarda O`rta 
asrdagi cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo`lgan 
progressiv elementlardan iborat. 
Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm 
amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini 
ta'minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va 
xavfsizlik bor. Bu ta'limotning ijtimoiy ma'nosi shuki, davlat yangi jamiyat 
boyligi o`sishini ta'minlovchi sharoitni yaratishi va qo`llashi shart edi. 
Iqtisodiy ta'limotlarning tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik 
merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o`tdi. Lekin bu aloqa 
mazmuni keyingi davrda ancha o`zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm, 
Angliyadagi Smit), chunki bu davrda burjuaziya davlat homiyligiga 
unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning imkoni boricha iqtisodiyotga 
aralashuviga qarshi bo`lgan. 
M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi 
tamoyillari quyidagilar: 1) oltin va boshqa qimmatbaho metallar 
boylikning asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlarning 
oqib kelishini ta'minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3) arzon 
xomashyoni import qilish yo`li bilan sanoatni qo`llab-quvvatlash; 4)import 
qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar; 5) 
eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag`batlantirish; 6) ish 
haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o`sishi. Shak-
shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi 
hisoblangan va bu merkantilizm g`oyasining yuragi edi. 
Bir qancha olimlar fikricha, merkantilizm bozor iqtisodiyoti 
munosabatlari shakllanishi davrining dastlabki iqtisodiy maktabi sifatida 
(avvalgi davrda bozor iqtisodiyoti unsurlari bo`lgan emas degan fikrdan 
yiroqmiz) o`ziga xos nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning 
mohiyati quyidagilardan iborat: 
·Tahsil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi 
muammolarini o`rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish 
muammolari bilan bog`lab qarab chiqish butunlay inkor etiladi; 


96 
·Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan 
foydalaniladi, bunda iqtisodiy xodisalarning tashqi ko`rinishlarigina 
ta'riflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o`z ichiga olgan ma'lum tizim 
asosida tahlil etish istisno etiladi; 
·Pulning kashf etilishi insonlarning sun'iy kashfiyot oqibati deb 
hisoblanadi, pulning o`zi esa aynan boylik deb qaraladi; 
·Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning 
"obyektiv (jonli) tabiati" dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan 
belgilanadi; 
·Mehnatga taklifning o`sishi ish haqining yuqori emas, past bo`lish 
zarurati bilan bog`lanadi; 
·Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o`sish mamlakat pul 
boyligining ko`payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va 
savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo`lishi ta'minlanishi kerak. 
Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko`p 
va sifatli xom ashyo hisobiga ro`y berdi, tayyor mollar esa o`sha va boshqa 
mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. Noekvivalent 
almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada Angliya yuksak 
yutuqlarni qo`lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb olsak, u o`zidan 120 
marta katta bo`lgan yerni koloniyaga aylantirgan va undan ustalik bilan 
foydalangan. 
Demak, merkantilizm bo`yicha boylikning asosi pul (davlatda 
qancha pul ko`p bo`lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini 
davlat hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk 
geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo`ldi va XVI asrning 
o`rtalarigacha (asosiy oltinlar yig`ib olinguncha) yashadi. 
Ilk merkantilizm davrida chaqalar ataylab ishdan chiqarilgan, 
chunki bu pullar bilan faqat ichki savdo oborotini olib borish mumkin 
(tashqi savdoda esa mumkin emas), maqsad - pulni mamlakatda saqlab 
qolish. 
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, 
Italiyada G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir 
B.Divanzetti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga 
o`xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo`lmasa (qon kabi), organizm o`ladi. 
Kapitalizmning o`sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o`zini oqlamadi 
(XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi 
siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi. 
Albatta oltin va kumush pullarning ahamiyati yo`qolmagan, ammo, endi 
imkon boricha chetga ko`proq mahsulot sotib, aksincha, chetdan kamroq 


97 
keltirish siyosati olib borildi, ya'ni faol va ijobiy savdoga amal qilindi. 
Buni proteksionizm siyosati deyiladi (erkin savdoga qarama-qarshi). Bu 
siyosatni ayniqsa Angliya keng qo`llagan. 
Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI 
asrning ikkinchi yarmida paydo bo`ldi va XVII asrning o`rtalarida asosan 
Angliyada avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) 
edi. Uning fikricha, pul tashqi savdo oborotida boshlang`ich maskantni 
tashkil etadi, ya'ni P-T-P. T.Mannning fikricha, har bir savdo kapitalisti o`z 
pulini ma'lum foyda olish uchun oborotga qo`yadi. Shunday yo`l bilan, 
ya'ni savdo yo`li bilan boyish kerak. Tovar chiqarish miqdori (eksport), uni 
kiritish (import) dan ortiq bo`lishi zarur. Ishlab chiqarishni rivojlantirish 
savdoni kengaytirish vositasi sifatida qaraladi. Tovar, pul, foyda va kapital 
orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan. U Makedoni-
ya podshosi Filipp Makedonskiyning "Kuch natija bermagan joyda pulni 
ishga solish kerak", degan iborasini yaxshi ko`rgan. 
Savdo balansini oshirish uchun ishlab chiqarish harajatlarini ka-
maytirishga e'tibor berildi, bunda birinchi navbatda yollanma ishchilarning 
ish haqini cheklash va umuman, xalqning turmush darajasini pasaytirish 
kerak, deb topildi. Ish haqini cheklash zarurligi g`oyaviy asosda hal etildi. 
T.Manni yozishicha, "mo`lko`lchilik va kuch xalqni qanchalik buzsa, 
ehtiyojsiz qilib qo`ysa, qashshoqlik va muhtojlik uni shunchalik aqlli va 
mehnatsevar qiladi" emish. Bu albatta, savdo kapitali xodimlari har qanday 
yo`l bilan imkoni boricha ko`proq boyishi uchun yo`l ochib berish, de-
makdir. XV-XVII asrlarda merkantilizm g`oyalari (pul to`plash siyosati, 
proteksionizm, xo`jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va 
boshqalar) Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida, Portugaliyadan to 
Maskoviyagacha yoyildi. Fransiyada bu g`oya XVIII asrning ikkinchi 
yarmida moliya ministri Kolber tomonidan rivojlantirildi. Fransiyada 
sudxo`rlikning rivojlanishi shu siyosat bilan chambarchas bog`liq, uning 
ta'siri asrlar davomida saqlanib qoldi va milliy xususiyat kasb etdi (P-P). 
Italiya iqtisodchilari ham (A.Serra) bu ta'limotni keng tadqiq etdilar. Agar 
inglizlarda bu ta'limot ko`proq "savdo" bilan bog`liq bo`lsa, italiyaliklarda 
u ko`proq "pul", "chaqa" shaklida namoyon bo`lgan. Germaniyada merkan-
tilizm komeralistika shaklida bo`lib, XIX asr boshlarigacha rasmiy iqti-
sodiy doktrina edi. 
Ammo, merkantilizmning iqtisodiy g`oyalari va uning nazariy asosi 
Angliyada ishlab chiqildi. O`z davri uchun bu ta'limot ancha ijobiy voqea 
bo`ldi. 


98 
Merkantilizmning nazariy va siyosiy siyosat sifatida milliy xarak-
terda ekanligi o`zining asosiga ega edi. Kapitalizmning tez rivoji faqat mil-
lik ramkalarda mumkin edi va ko`p hollarda davlat hokimiyatiga bog`liq 
bo`lgan, chunki davlat kapital jamg`arilishiga yordam bergan va shu bilan 
xo`jalik o`sishini ta'minlagan. Merkantilistlarning qarashlari shu davrdagi 
iqtisodiy rivojning haqiqiy qonuniyat va talablarini izhor etgan. Nima 
uchun "boylik", ya'ni iste'mol qilinayotgan va jamlanayotgan boyliklar 
(ya'ni iste'mol qiymatlari) bir mamlakatda boshqasinikidan tezroq o`sadi? 
Korxona va ayniqsa davlat miqyosida boylik tezroq ko`payishi 
uchun nima qilish mumkin va zarur? degan savol tug`iladi. Merkantilistlar 
shu savolga javob berishga urindilar. 
Davr taqozosi tufayli sanoat hali feodalistik, aniqrog`i kapitaliz-
mgacha bo`lgan shaklda edi va sanoat kapitali hali yetakchi emas edi, aso-
siy kapital savdoda to`plandi. Shu davrda Ost-Indiya, Afrika va boshqa ko-
loniyalarning asosiy maqsadlari savdo bilan bog`liq edi. "Milliy boylikka" 
asosan va ko`proq savdo kapitali sifatida qaralgan va asosiy iqtisodiy kate-
goriya - almashuv qiymatiga katta e'tibor berilgan. 
Arastu, Ibn Xaldun va boshqa olimlarga tegishli bo`lgan ekvivalent 
(teng) almashuv tamoyili merkantilistlarga yot edi. Aksincha, ularning 
fikricha almashuv tabiatan tengsiz noekvivalentdir. Bu g`oyaning kelib 
chiqishi tarixan bo`lib, ular almashuv deganda birinchi navbatda tashqi 
savdo almashuvini tushunishgan, ayniqsa rivojda ortda qolgan xalqlar va 
mustamlakalardagi almashuv oldindan teng bo`lmagan. 
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, boshqa yo`nalish (Arastu), O`rta 
asrdagi tadqiqotchilardan farqli ravishda merkantilistlar qiymatning 
mehnat nazariyasini rivojlantirmadilar. Ularning fikricha, kapitalning 
o`sishi va jamg`arilishi almashuv tufayli, ayniqsa tashqi savdo tufayli ro`y 
beradi, lekin ular ko`p masalalarni to`g`ri hal etishga intilganlar. 
Merkantilizm bu davrda xalq manfaatlaridan yiroq siyosatni olib 
borayotganligi ochiqdan-ochiq ma'lum bo`lib qoldi. 
Ba'zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha 
yo`l, ya'ni ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan. Mer-
kantilistlarning g`oyalari burjua siyosiy iqtisodining avvalgi davr qarashla-
rini aks ettiradi, chunki ular asosiy e'tiborni muomala sohasiga qaratgan 
edilar (boylik asosan ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi, buni keyin-
roq ko`ramiz). Merkantilizm turli davlatlarda asosiy sohalarda bir xil 
namoyon bo`lsa ham o`ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega. 


99 
Kapitalistik ishlab chiqarishga imkoni boricha ko`proq aholini jalb 
etish muhim deb hisoblangan, chunki real ish haqi past bo`lgan sharoitda 
foyda kelishi oshadi va kapital jamg`arilishi tezlashadi. 
Pul tizimini tartibga solish, bu borada davlatning rolini oshirish 
qo`llangan. Ayrim mutaxassislar, T.Mann chetga nodir metallar chiqarish-
ga ruxsat berish tarafdori edi. Uning fikricha, dehqon hosil olish uchun 
yerga don sepishi kerak bo`lgani kabi, savdogar ham chetga pul olib chiqi-
shi va unga chet el tovarlarini sotib olishi, uni ko`plab olib kelib, yana qay-
tadan sotishi va yangi qo`shimcha pul ishlab, millatga foyda keltirishi 
kerak. Mamlakat quyidagi xalqaro almashuv yo`llari bilan foyda olishi 
mumkin: tovarlar, xizmatlar, nodir metallar eksporti yoki investitsiya 
shaklida kapital importi (chet eldagi kapital foydasi shaklida ham bo`lishi 
mumkin). Davlat sarflari quyidagicha: tovarlar importi, yashirin import, 
nodir metallar importi va chet el aktivlar shaklidagi kapital eksporti. Odat-
da bu ikki holat teng bo`ladi. Ammo, merkantilistlar shu yo`l bilan foyda 
olish mumkinligiga ishonganlar, bu xato fikrdir (quyida ko`riladi). 
Merkantilizm ta'limot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo`nalish 
sifatida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlarga qarama-
qarshi va yangi burjuaziyani qo`llash orqali o`z davri uchun progressiv 
bo`lgan ilk kapitalizmning shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Am-
mo, Fransiyada Ludovik XIV ("Davlat bu men" degan) va Kolber tomoni-
dan manufakturalarni ko`paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun 
emas, absolutizmni mustahkamlash, qirol xonadonining sarf-xarajatlarini 
qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar ham mavjud hokimiyatni 
qo`llash, aholini esa ularga so`zsiz bo`ysundirishga harakat qildilar. 
Merkantilizm bilan birga siyosiy iqtisod tushunchasi ham kirib 
keldi. Bu tushuncha fransiyalik Antuan Monkretyen Syer de Vattevil 
tomonidan kiritildi (1565-1621). U 1615 yilda "Siyosiy iqtisod traktati" 
kitobini yozdi. Bundagi asosiy g`oya - "ko`p sotishu, kam sotib olish". 
Olim o`z g`oyalari bo`yicha faol merkantilist edi. 
"Siyosiy iqtisod" tushunchasi va shu nomli fan XX asrning 90-
yillarigacha yashab keldi, ayniqsa sobiq sotsialistik deb atalgan 
mamlakatlarda bu nom mashhur edi, chunki davlatning iqtisodiyotga faol 
aralashuvini qonuniyat darajasiga ko`targan edi. G’arbda XIX asr oxirida 
(A.Marshall) bu ibora "ekonomiks" shaklida qo`llanila boshlangan (bu 
haqda quyida gap boradi). 
Angliyada qishloq xo`jaligi va sanoatda kapitalistik o`zgarishlar 
erta amalga oshgan va bunga merkantilizm ham yordam bergan bo`lsa, 
Fransiyada ahvol o`zgacha edi. Fransiyada yangi merkantilizm siyosati 


100 
(Ludovik XIV) hukumat a'zosi (moliya nazoratchisi va dengiz ishlari 
vaziri) Jan Batist Kolber (1619-1683) tomonidan keng olib borildi (bu 
siyosat kolbertizm deb ataladi). Bu davlatda feodal munosabatlar (ayniqsa 
mayda dehqonchilik) keng tarqalgani uchun Kolber asosiy e'tiborni 
sanoatga qaratdi va agrar sohani deyarli e'tiborga olmadi. Masalan, chetdan 
qishloq xo`jaligi mahsulotlari keltirish qo`llangan, chiqarish esa 
cheklangan, don narxi davlat tomonidan past ushlab turilgan. 
Bu siyosat va sanoat birinchi o`ringa qo`yiladi va ayniqsa qishloq 
xo`jaligining pasayishiga olib keldi, bu esa noroziliklarga sabbab bo`ldi. 
Shunday haqiqatga yaqin rivoyat borki, unga ko`ra ishbilarmonlar 
Kolberga shikoyat qilishgan, shunda u "nima istaysizlar" deb so`raganda 
fransuzcha "laisser faier" (qilishga ruxsat bering, ya'ni o`z-o`zidan davom 
etaversin) degan ekanlar. 
Bu ibora hozirgi davrda ham sof erkin iqtisodiyot prinsiplarini, 
birinchi navbatda, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligini talab etadi 
(liberalizatsiya, lesseferr). 
Merkantilizmning yana bir shakli kameralistika (lotinchada-xazina) 
bo`lib, ayniqsa, Germaniyada keng tarqalgan. Bu g`oya tarafdorlari yirik 
feodallar xo`jaliklarini boshqarish masalasini yuqori qo`yadilar va buni 
idora doirasida hal qiladilar. 
Demak, yangi ta'limot bo`yicha iqtisodiyotda davlat roli birinchi 
o`ringa qo`yiladi. Amalda esa turli-tuman farmon, farmoyish, qonunlar 
yuzaga erkin raqobatga yo`l berilmas edi. Hunarmandchilik bo`yicha sex 
tizimi, feodallarning imtiyozlarini himoya qiluvchi qoidalar saqlab qolindi 
(tenglik yo`q). Bu tizim Fransiyada XVIII asr oxirigacha, Angliyada XIX 
asr boshlarigacha saqlab kelindi. 
Merkantilizm bozor iqtisodiyotining birinchi ta'limoti edi. Bu 
ta'limot barcha mamlakatlarda tarixan progressiv xarakterga ega. 
Merkantilistlar birinchi marta boylik sifatida iste'mol qiymatini emas, balki 
almashuv qiymatini qabul qildilar. Ular qiymatni va demak boylikni pul 
bilan tenglashtirib, oddiy til bilan aytganda qo`pol, sodda shaklda bozor-
kapitalistik iqtisodiyotning siri, uning almashuv qiymatiga to`la tobe' 
ekanligini ochib qo`ydilar. 
Xullas, merkantilistlar qiymatning mehnat nazariyasidan ancha 
uzoqda edilar. Merkantilizm (proteksionizm) siyosati kapitalning dastlabki 
jamg`arilishini va demak, feodalizmdan kapitalizmga o`tishni tezlashtirdi. 


101 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə