Logopediya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə25/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Logopediya

Nazorat uchun savollar
1.Aqli zaif о‘quvchilarda yozma nutq kamchiliklarining sabablarini о‘ziga xos xususiyatlarini va patognetik faktorlarini yoritib bering.
2..Yordamchi maktab о‘quvchilarida uchraydigan yozma nutq buzilishlarini о‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
3. Yordamchi maktab о‘quvchilarida namoyon bо‘ladigan yozma nutq buzilishlarini bartaraf etish yо‘llarini ochib bering.

8-mavzu. Bolalar serebral falajini sabablari va oqibatlari.






1. Bolalar serebral falajini sabablari va oqibatlari.
2. Bolalar serebral falajida olib boriladigan logopedik ishlar

Tayanch iboralar: BSF, geminarez, giparkine, gemiplegiya, diplegiya, dispraksiya, amimiya, genezis, tremor.
Bolalar serebral falaji - bu bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni yо‘naltiruvchi yо‘llarni zararlanishi bilan kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir. Bolalar serebral falajida miyaning harakat va nutq sistemasida erta organik buzilishlar kо‘zatiladi. Bu buzilishlarning sabablari turlicha bо‘lishi mumkin: infeksion kasalliklar, homiladorlik davridagi turli intoksikatsiya va jarohatlanishlar, surunkali kasalliklar, ona va homila qonining rezus faktor va guruhi bо‘yicha nomunosibligi. Bundan tashqari homilaning erta yoki kech tug‘ilishi, genetik faktorlar ham asosiy shartlardan bо‘lishi mumkin.
Bolalar serebral falaji ona homilasining faoliyatini buzilishi natijasida sodir bо‘ladigan akusherlik jarohatlari, tug‘riq paytida kindikni bо‘yin atrofida о‘ralab qolishi natijasida ham paydo bо‘lishi mumkin. Bunday: holatda bolaning markaziy nerv sistemasiga kislorod yetishmay qolib, bosh miya nerv xujayralarini zararlanishiga olib keladi.
Bolalar serebral falaji tо‘g‘uruqdan keyin neyroinfeksiyalarning kechishi va bosh miyani qattiq jarohatlanishidan ham kelib chiqishi mumkin. Bu bolalarda barcha harakat funksiyasini shakllanishida susayish va buzilishlar kuzatiladi. Boshni ushlash о‘tirish, turish funksiyalari qiyinchilik bilan yoki kechikib shakllanadi. Bolalar serebral falajida harakatni buzilishi asosiy nuqson hisoblanib, u о‘ziga xos motor anamaliyani rivojlanishini kо‘rsatadi, bu esa о‘z navbatida bola asab-psixik funksiyasini rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Bolalar serebral falajida harakat sohasini buzilishi turli darajada namoyon bо‘ladi: harakatning buzilishi shunday og‘ir bо‘lishi mumkinki u bolaning erkin harakat qilishidan butunlay mahrum qiladi, muskullarning tonusi deyarli zarar kо‘rmagan taqdirda ham bolalar о‘z-о‘ziga xizmat qilish malakalarini qiyinchilik bilan egallaydilar.
Bu nuqsonga ega bolalarda faqat harakat qilishdagi qiyinchiliklar muammo tug‘dirmaydi, balki ularda tо‘g‘ri harakat qilishi haqidagi tasavvurlarni yо‘qligi hamda shakllanmaganligi namoyon bо‘ladi
Bolalardagi harakat buzilishlari о‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatish malakalarini egallanishini murakkabligi, ularni atrofdagi kattalarga qaram qilib qо‘yadi. Bu ularda passivlikni, tashabbus kо‘rsatmaslikni shakllantirib, motivatsion va irodaviy sohani buzilishiga olib keladi. Shunday qilib, harakat buzilishlari bolaning psixik rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Harakatning buzilish darajasidan qa’tiy nazar bu bolalarda hissiy- irodaviy soha, xulq, intelekt, eshitish va kо‘rish izdan chiqqan bо‘lib, talvasa sindromi kuzatiladi.
Bunday bolalarning kо‘pchiligida aqliy mehnat qilishi buzilgan bо‘lib ular tez charchab qoladilar. Biror bir maqsadga yо‘naltirilgan faoliyat bajarilayoganda ular bо‘shashadilar yoki tez jahillari chiqadi va berilgan topshiriklarni qiyinchilik bilan bajaradilar. Ba’zi bolalarda charchash oqibatida harakatida bezovtalik paydo bо‘ladi. Bola о‘zicha har xil harakatlar qiladi, turli imo-ishoralarni kо‘rsatadilar, sо‘lagi oqadi. Bolalarning ixtiyoriy faoliyatida tartiblikka erishish katta qiyinchilik tug‘diradi.
Kо‘pgina bolalar taasurotlarga beriluvchan, boshqalar tez xafa bо‘ladi, ovoz toniga, tanbehga yomon reaksiya qiladilar ularda qо‘rquv, siydik tuta olmaslik, qayd qilish va boshqa buzilishlar kuzatiladi.
Bolalar serebral falaji klinikasida nutq buzilishi asosiy о‘rinni egallaydi. Bolalar serebral falajida nutq buzilishi chastotasi 80% tashkil etadi.
Nutq buzilishlarining о‘ziga xos tomonlari miyani qay darajada zararlanishiga qarab belgilanadi. Serebral falajga ega bolalarda ba’zi miya sohasidagi zararlanish bilan birga bosh miya pо‘stloq qismining buzilishlarini ikkilamchi rivojlanmaganligi yoki kech shakllanganligi ham namoyon bо‘ladi. Bu miyaning ontagenetik tomondan yosh bо‘lgan bо‘limlari bо‘lib, u insondagi psixik va nutq faoliyatini shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Bolalar serebral falajida nutqni kech rivojlanishiga sabab, miyaning pо‘stloq bо‘limlarini sekin shakllanishigagina emas, balki ularda amaliy faoliyatni yetarli emasligi, atrof - muhit haqida bilim va tasavvurlarni yetishmasligidir. Tarbiyaning notо‘g‘ri kechishi nutq rivojlanishini orqada qolishini murakkablashtiradi. Bu bolalar hayotining birinchi yillarida turli davolash muassasalarida bо‘ladilar, agarda u yerda pedagogik ishga yaxshi ahamiyat berilmasa bolaning nutqiy rivojlanishi kechishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarning onasidan uzoqda bо‘lishi salbiy emotsional holat, yangi muhitga о‘rgata olmaslik nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Uy sharoitida kattalar bolani juda avaylab hamma majburiyatni о‘z zimmalariga oladilar. Bu bolalarda faoliyat va nutqiy muloqatga bо‘lgan talabni shakllantirmay qо‘yadi. Bolalar serebral falajida nutq buzilishlari patogenezida harakat patologiyasi muhim о‘rin tutadi. Bu bolalar bilan logopedik ishni tashkil qilishda nutq va harakat buzilishlarini klinik va patogenetik umumiyligini tushunish ahamiyatli shisoblanadi.
Bolalar serebral falajida matorikani buzilishini о‘ziga xos tomonlari bu ixtiyoriy harakatlarni shakllanmaganligi emas balki sodda tug‘ma harakat avtomatizmlarini saqlanib qolganligidir. Normal rivojlanishda bu reflekslar bolaning ikki oyligida paydo bо‘ladi.
Tonik labirint refleksni namoyon bо‘lishi bolaning bel sohasidagi bukuluvchi muskullarning tonusi oshmaganligida kо‘rinadi. Uning boshi orqaga egilib bо‘yin va artikulyatsion muskullar taranglashgan, oyoq va qо‘llar chо‘zilgan holda bо‘ladi, bunday bola boshini kо‘tara olmaydi yoki qiyinchilik bilan bajaradi, о‘girila olmaydi. Qornida yotganda bukuluvchi muskullar tonusda bо‘ladi, shuning uchun u boshini kо‘tara olmaydi.
Simmetrik buyin tonik refleksini namoyon bо‘lishida muskul tonusi bolaning boshini joylashishiga qarab о‘zgarib turadi.
Assimetrik bо‘yin tonik refleksi boshni bir tomonga о‘girganda о‘sha tomondagi qо‘l va oyoqni tо‘g‘rilovchi muskul tonusi oshishi bilan namoyon bо‘ladi. Bunday bolalar bilan logopedik ish о‘tkazilganda tonik refleks artikulyatsion apparatning muskul tonusiga ta’sir о‘tkazishini hisobga olish zarur. Tonik labirint refleks til ildizini muskullarini tonusini oshiradi.
Simmetrik tonik reflekssida tilni uchi va yon muskullari tonusi oshadi. Bunda ovoz hosil bо‘lishi, nafas olish, og‘izni ixtiyoriy ochish, tilni oldinga va yuqoriga sharakatlantirish qiyin kechadi.
Assimetrik bо‘yin tonik refleksida nutq muskulaturasida tonus oshadi: tonus bolani boshini о‘girayotgan tomonga qarama - qarshi ravishda oshadi.
Bolalar serebral falajida artikulyatsion matorikani buzilishini iziga xos tomonlaridan biri og‘iz avtomatizmi bilan bog‘liq tugma reflekslarni qayta rivojlanishidagi tо‘xtab qolishdir: bular sirish, yutish reflekslari, tishlash va boshqalar. Bu reflekslarni namoyon bо‘lishi ixtiyoriy artikulyatsion sharakatlarni rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi.
Nutq-harakat analizatorlarining organik zararlanishi nutq tovushlarini artikulyatsiya qilishni buzilishiga, ovozni, nafasni, nutq tempi va ritmi uning intonatsiyasini izdan chiqishiga olib keladi. Fonetika-fonematik buzilishlar yetakchi hisoblanadi. Bular bolalar serebral falajida dizartriyani о‘ziga xosligi, bu uni nutq muskullariga tonik reflekslar orqali ta’sir etishda namoyon bо‘ladi. Bu esa о‘tkaziladigan logopedik ishni о‘ziga xos ravishda о‘tkazishni talab etadi.
Logopedik ish bolani shunday holatida о‘tkaziladiki, tonik reflekslar nutq matorikasiga deyarli ta’sir о‘tkazmasin. Bu sholat logoped va nevropatolog hamkorligini talab etadi. Agarda bola logopedik mash\ulot о‘tilayotganda о‘tirgan holat bilsa diqqatni uni boshini harakatiga aratish zarur: bosh u kо‘krakka ham tushib ketmasligi, atrofga ham qiyshaymasligi, orqaga ham ketib qolmasdan о‘rta chiziqda turishi zarur. Zarur hollarda bosh maxsus apparat yordamida ushlab turiladi. Mashg‘ulot о‘tkazilayotganda oyna va logopedning yuzi bola kо‘zi chizig‘ida joylashishi zarur. Bola uchun zarur holat tanlangandan sо‘ng massajga sо‘ngra artikulyatsion mukulatura gimnastikasiga о‘tiladi. Bolalap serebral falajidagi dizartriyaning о‘ziga xos tomonlari bu umumiy va nutqiy matorikani bо‘zilishi, dizartriyani turli shakllarini, bolalar serebral falajini ma’lum bir shakllari bilan bog‘liqligidir. Ishni tayyorlov davrida umumiy muskullarni bо‘shashtirish va nutq muskulaturasidagi tonusni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi.
Spastik diplegiyada psevdobulbar dizartriya 80%, gemiparitik shaklida esa kasallarning uchdan bir qismida (30-35%) kuzatiladi
Bolalar serebral falajining giperkinetik darajasi miyaning qobiq osti bо‘limlarining jarohatlanishi bilan bog‘liqdir. Umumiy va artikulyatsion motorikasidagi buzilishlar quyidagilarda namoyon bо‘ladi: muskul tonusining о‘zgaruvchanligi (distoniya), harakatlarning ixtiyorsizligi, harakat va nutq aktidagi xissiyotning yо‘qligi. Nutqning prosodik tomonlarida kamchiliklarni yaqqol namoyon bо‘lishi. Harakat motorikasidagi kabi nutq motorikasida ham kerakli holatlarni ushlab tura olish buzilgan bо‘ladi. Harakatdagi kamchiliklaridagi va nutq harakati artikulyatsion, nafas muskulaturasida, halqum paylariga tarqaluvchi tonik spazmalar hisobiga qiyinlashishi mumkin. BSFning geperkinetik shaklida (ekspiramid) ekstrapiramid, yoki boshqacha qilib aytganda qobiq osti dizartriya kо‘zatilishi mumkin. BSFning giperkinetik shakli uchun kо‘p hollarda kuzatiladigan (5 dan 20%gacha) eshitish qobiliyatining susayishi harakterlidir.
BSFning atonik-ataktik shaklida miyachaning va uning miyaning boshqa tizimlari bilan bog‘liq bо‘lgan joylari, ayniqsa katta yarim sharlarning peshona bо‘limlarining jarohatlanishi kuzatiladi. Umumiy va artiqо‘yatsion motorikaning buzilganligi muskul tonusining sustligi, harakatlar aniqliligining yо‘qolganligi, ritmining buzul-ganligida namoyon bо‘ladi. BSFning bu shaklida miyachali dizartriya kuzatiladi. Uning chistotasi 70-75% ni tashkil etadi.
BSFning eng og‘ir shakli ikki tomonlama gemiplegiya hisoblanadi. Bunda katta yarim shakllarning jarohatlanishi kuzatiladi. Bunda oyoq va qо‘llar harakati, kо‘proq qо‘llar harakati buzilgan bо‘ladi. Bolalarda statik va lokomotor funksiyalar yо‘q bо‘ladi. Nutq buzilishlari isevdobulbar dizartriyaning og‘ir kо‘rinishida, ba’zan anartriya kо‘rnishida, ba’zi hollarda esa bulbar buzilishlar kо‘rinishida namoyon bо‘ladi.
Ayrim hollarda bolaning о‘zida BSFning turli shakllarining birgalikda kelishini kuzatish mumkin. Bunday hollarda dizatriyaning aralash shakllarini kuzatish mumkin. Logoped nevropatolog bilan birgalikda nutqiy nuqsonning boshlovchi turini aniqlab olish zarurdir.
BSFning dizartriyasida asosiy xususiyat kinestetik idrokning rivojlanmaganligi hisoblanadi. Bunda bola harakatlarni qiyinchilik bilan va chegaralangan tarzda bajaradi, qо‘l va oyoqlari harakatini, artikulyatsion organlar harakatini va holatini bо‘sh sezadi. Bu esa artikulyatsion va umumiy disproksiyaning paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi, natijada maqsadga yо‘naltirilgan harakatlarni bajarishni qiyin-lashtirib, tovushlar talaffо‘zining buzilishini kuchaytiradi.
BSFda logopedik ishning maqsadi artikulyatsion holat va harakat sezgilarini rivojlantirishdan iboratdir. Artikulya-sion harakat sezgilarini yaxshilash uchun olib boriladigan mashqlar oyna yordamida harakatlarni ochiq kо‘z bilan kо‘zatish va harakatlarini yopiq kо‘z bilan diqqatli bо‘lib sezish kabi mashqlar navbatma navbat qо‘llaniladi.
BSFda nutq va umumiy motorikaning buzilganligi о‘rtasidagi bog‘liqlik artikulyatsion motorikadagi murakkab buzilishlar qо‘l xarakati funksiyalarining buzilishiga olib kelishida ham namoyon bо‘ladi.
Nutq va qо‘l harakatlarining bog‘liqligi 1928 yilda V.M.Bexterev tomonidan aniqlangan bо‘lib, u qо‘l harakatlarning rivojlanishi nutqning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatishini kо‘rsatib о‘tgan. M.M.Kolsova (1973) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, bola barmoqlarining harakati markaziy asab tizimining shakllanishiga ta’sir kо‘rsatib, bola nutqining jadal rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatar ekan.
Ushbu ma’lumotlar logopedik ishlar bilan bolaning qо‘l va umumiy motorikasini rivojlantirish ishlarini birgalikda olib borish zarurligini kо‘rsatadi.
BSFda dizartriyali bolalar turli harakatlarni bajarganlarida umumiy va nutq muskulaturasida muskul tonusining oshganligi ularning acociy belgilaridan biri hisoblanadi. Mashg‘ulotlar vaqtida boladan haddan tashqari kuch talab etilmaydi. Chunki bu narsa muskul tonusining ortishiga va tovush talaffuzining buzilishining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Nutqiy nafasni rivojlantirish uchun puflashga oid turli mashqlar tavsiya etiladi. Lekin kichik yoshdagi serebral falajli bolalar uchun bu mashqlar har doim ham foydali bо‘lavermaydi. Chunki ular bu mashqni bajarishda haddan tashqari kuch ishlatishlari mumkin. Bu esa umumiy muskul tonusining ortishini kuchaytirishi mumkin.
BSFda artikulyatsion motorikaning buzilishi bola nutqi-ning talaffuz tomonining shakllantirishini qiyinlash-tiribgina qolmay, balki fonematik idrokning ikqilamchi buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa bolada sо‘zning tovush analizi hamda tovush-bо‘g‘in tizimining buzilishiga olib keladi.
Lekin hamma bolalarda ham sо‘zning tovush tarkibini о‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar bir xil darajada namoyon bо‘lavermaydi. Ayrim bolalar sо‘zni alohida tovush elementlariga bо‘lishda yaqqol qiyinchiliklarga uchrasalar, boshqalari esa tovush tahlilining oddiy shakllari (bilan)ni qо‘llashni eplay oladilar. Kо‘pincha ularda sо‘zning tovush tahlilidagi qiyinchiliklar tovushlarni notо‘g‘ri talaffо‘z qilishida namoyon bо‘ladi. Va, nixoyat, juda kam hollarda bolalarda sо‘zning tovush tahlilidagi qiyinchiliklar va tovushlarni notо‘g‘ri talaffuz qilish hollari kuzatilmasligi mumkin. Bu esa bolalardagi fonetiko-fonematik buzilishlarni bartaraf etishda differensial yondashishini talab etadi.
Serebral falajli va dizartriyali bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar artikulyatsion kо‘nikmalarni, fonematik idrok va analizni rivojlantirishga qaratilgan bо‘lishi keraq
Serebral falaj va dizartriya bilan hastalangan barcha bolalar artikulatsiyaion malakalarni, fonematik eshtishini, idrok va tahlil qilishni takomillashtirishga yо‘naltirilgan logopedik tadbirlarning kompleks tizimini о‘zlashtirishdagi spetsefik qiyinchiliklar harakterli xususiyatdir.
N. N. Malofeyev (1985 yilda) serebral falajli kichik yoshdagi maktab о‘quvchilari tamonidan otlarni va fe’llarni nutqda ishlatish chastotasini о‘rganib chiqdi. Shu narsa aniqlandiki ot, fe’l va old qо‘shimchalar ularning butun lug‘at boyligining 90 % ni tashkil qilar ekan. Boshqa sо‘z turkumlari lug‘atda yetarli berilmagan. Bir xil sо‘zlarni kо‘p martalab taqrorlash, fe’llarni tо‘g‘ri ayta olmaslik о‘rinlari, ularning ma’nosini aniq ayta olmaslik bolalar uchun harakterli xususiyatlar ekan.
Serebral falajli kichik maktab yoshidagi bolalarda leksik-semantik buzilishlar L.B.Xalilova tomonidan 1984 yilda о‘rganilgan edi. Bu о‘rganishdan shu narsa aniklandiki, bolalar kо‘p sо‘zlarning ma’nosini bilmaydi, bir sо‘zning ma’nosini shu sо‘z talaffuziga о‘xshashi (bilan) bо‘lgan boshqa sо‘zning ma’nosi bilan almashtirib yuborishadi, sо‘zning semantikasini unga sinonimi jihatdan munosabatda bо‘lgan boshqa sо‘zlarning leksik ma’nosi bilan chalkashtirib yuboradi. Ba’zi о‘rinlarda sо‘z tartibida uning asosiy mazmunini tyshynmay turib, konkret ma’nosinigina ajratib kо‘rsatadi.
Bolalar kо‘p ma’noli sо‘zlarning ma’nolari о‘rtasidagi funksianal umumiylikni belgilashda qiynalishadi, ularda amantik tasavvurlar chegaralangan, til abstraksiyalari va umumlashtirishlar yetarli emas.
Serebral falajli bolalarda leksik harakterli buzilishlar
kasallikning о‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Harakat bо‘zilishlari va ijtimoiy aloqalarning chegaralanganligi sababli bola tomonidan tevarak-atrofga ongli ravishda munosabatda bо‘lish birmuncha cheklangan. Bu bolalar serebral falajida analizator faoliyatining rivojlanishining umumiy buzilishi bilan kompleks assotsiatsiyalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar vujudga keladi.
Bola predmetlardagi о‘xshash va farqli tomonlarini mustaqil ajrata olish qobiliyatiga ega emas. Faqatgina amaliy faoliyat davomida atrofdagi predmetlarni umumiy tarzda idrok qilishning, fahmlashning asosini tashkil qiluvchi kompleks assotsiatsiyalar shakllanishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolada idrok qilishning va tasavvurni rivojlantirish faoliyatining har xil turlarida (predmet-amaliy, mehnat, tasviriy san’at), о‘yinlarda amalga oshirilib boriladi.
Shunday qilib, bolalarda sо‘zlar lug‘atining rivojlantirish va boyitishning asosiy ahamiyati, ularda atrofdagi voqea va xodisalar haqidagi tushuncha va tasavvurlarning shakllantirish hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish bо‘yicha bо‘ladigan mashg‘ulotlarning dastlabki davrlarida atrofimizdagi narsa va hodisalarni hamda ular bilan bо‘ladigan harakatlarni tushinishga, talaffuz qilishga, ularning farqli va о‘xshash xislatlarini anglab olishga, predmetlarda qism va butunlik munosabatlarini (inson yuzi va tanasining qismlari, boshqa predmetlarining ma’lum qismi kabi) о‘rganishga о‘qitib boriladi. Bu mashg‘ulotlarda bolalarning lug‘at boyligi rivojlantirib boriladi. Ularga kundalik hayotimizda kо‘proq duch keladigan, xususan, idishlar, mebel, kiyim- kechaklar, о‘yinchoqlar kabi predmetlarni tushunishga va yaxshi eslab qolishga о‘rgatiladi. Bir vaqtning о‘zida bolaning idrok qilish, fahmlash saviyasi va tasavvurlari konkretlashadi.
Maxsus mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga о‘xshash predmetlarni, ularning asosiy xususiyatini farqlashga о‘rgatib boriladi (yuk mashinasini yengil mashinadan farqi), shuningdek predmetlarning nimaga mо‘ljallanganligiga qarab guruhlash-tirib borishga о‘rgatiladi.
Bolani lug‘atini rivojlantirish uchun bolaning amaliy va xissiy tajribasini kengaytirishga qaratilgan dastlabki korreksion tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Bola hayotining dastlabki davrlaridanoq faol ravishdagi predmet amaliyot harakatlarini shakllantirishga intilishi zarur. Logoped bolaning onasini bola bilan birgaliqia bо‘ladigan о‘yinlarga jalb qilishi lozim. Bu jarayonda esa uning nutqi bir muncha rivojlanib boradi.
Lug‘atni shakllantirish bо‘yicha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi. Birinchi bosqichda bolalar predmetlar bilan ularning tasviri va ular bilan bajaraladigan ishlar bilan birlamchi tanishtiriladi. Bu о‘rinda bolaning e’tiborini jalb qilishga va uning javob reaksiyasini qо‘zg‘atishga yordam beradigan bir qator usullar qо‘llaniladi: ya’ni predmetni kо‘tilmaganda, tо‘satdan paydo bо‘lib qolishi, yо‘qolishi, uning harakati.
Eng asosiysi esa bolaning о‘zi predmet bilan amalga oshiradigan harakatidir. Bola biron-bir predmetga yoki harakatga e’tiborini qaratish bilan logoped ularning nomini aytadi.
Bola bilan bо‘ladigan mashg‘ulotlarda qidirish, izlanishni talab qiladigan vaziyatlarni yuzaga keltirish maqsadga muvofiqdir.
Ishning ikkinchi bosqichida bolalar predmetlar bilan, ularning sifati va о‘ziga xos bо‘lgan jihatlari bilan bir muncha chо‘qurroq kengroq tanishtirib boriladi. Bolada predmet haqidagi, uning qismlari orasidagi munosabat haqida, shuningdek uning qurilishi va tarkibiy qismlari, nimaga mо‘ljallanganligi haqidagi tushunchalar shakllanib, mustahkamlanib boradi.
Ishning uchinchi bosqichida predmetlarning ta’qillab kо‘rsatiladigan belgilari va xususiyatlarining kо‘paytirilishi munosabati bilan mashg‘ulotlar bir muncha murakkablashadi. Lug‘at ishning asosiy vazifasi predmetlarning ajratib kо‘rsatiladigan belgilari va hususiyatlarini ifodalovchi konkret sо‘zlarni topishga, о‘z о‘rnini qо‘llash qobiliyatlarini mustahkamlash hisoblanadi.
Ishning tо‘rtinchi bosqichida umumlashtirishlar va tushunchalar shakllanib boradi. Bolalarda predmetlarning asosiy belgilarini va hususiyatlarini ajratib kо‘rsatuvchi sо‘zlar asosida turdosh va о‘xshash jihatdan umumlashtiruvchi fikrlar rivojlantiriladi. Bolalar hajm, vaqt, masofa, son ma’nolarining ifodalovchi tushunchalarni (kattaroq-kichiqroq, о‘zoq-yaqin, oldin, ilgari- kechroq singari va hakazo) о‘zlgshtirishda ayniqsa qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Lug‘at boyligini mustahkamlash va boyitish uchun kundalik muloqatlar, didaktik о‘yinlar va о‘yin tarzidagi mashqlarni bajarish amalga oshirilib boriladi.
Shunday qilib serebral falajli bolalar leksikasini takomillashtirish va boyitishning spetsifikasi sifatida uni predmet-amaliy va о‘yin faoliyati bilan о‘zviy bog‘liq holda olib borishi, shuningdek sensor funksiyalarini rivojlantirish va ularni korreksiyasini ongli faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda tashkil qilishni kо‘rsatish mumkin. Sо‘z ustida uning til birligi sifatida va ayniqsa uning kо‘p ma’noligini о‘rganish haqidagi logopedik ishlarning muhim yо‘nalishi katta ahamiyatga egadir. Serebral falajlangan bolalarda grammatik bilim va kо‘nikmalarni muvaffaqiyatli shakllantirish uchun ularning aqliy va nutqiy rivojlanishlariga kopleks tarzda yondoshish keraq
Serebral falaj bilan kasallangan bolalarda harakatning yо‘qligi natijasida atrof- muhit bilan aloqasi chegaralangan. Shuning uchun ularda bog‘langan nutqni rivojlantirishda qiyinchiliklar tug‘iladi. Bog‘langan nutq, fonolog, grammatik va leksik bilim va kо‘nikmalar bilan birgalikda shakllantirila-di. Bunda asosiy о‘rinni grammatik bilimlar egallaydi.
Bog‘langan nutqni shakllantirish uchun miyaning assotsiativ funksiyasini rivojlantirish keraq Bog‘langan nutq frazali nutqga qaraganda sekinroq rivojlanadi. Chunki sog‘lom bola 3 yoshgacha frazali nutqni egallasalar, bog‘langan nutqni 5 yoshgacha ham tо‘liq egallamagan bо‘ladilar.
D.B.Elkokinning takidlashicha bolalarning alohida
birikmalarni egallashi butun ma’lumotni egallashga qaraganda
osonroq kechadi. M.M.Kalsova bu kо‘rinishni mexanizmini bolalar alohida ibora, a’ni tahlid asosida ham ishlab chiqishi mumkinligini, butun ma’lumot esa murakkab sistemani tо‘zishni talab etishda deb aytadi. Bu fioziologiyalar orqali sistemalarni turli darajasini tashkil qiluvchi ikkita mexanizm mavjudligi isbotlangan.
Birinchi mexanizm - bu shartli aloqa streotip shakllarini asta-sekinlik bilan rivojlantirishdan iboratdir. Ularni shakllanishida miya pо‘stloq qismining quyi esa qismining assotsiativ sohalari yetakchi о‘rinni egallaydi. Bolalar serebral falajida bu mexanizmni izdan chiqishi spastik diplepsiya formalaridan namoyon bо‘ladi. Bu holatda bog‘langan nutqni tashkil qilishini ma’no darajasi izdan chiqadi, bolalap predmetlarni nomlashgan qiynaladilar, sо‘zlarni unutib qо‘yadilap, zarur sо‘zni kerakli joyda qо‘llay olmaydilar. Shu bilan birga mantiqiy- grammatik munosabatlarni unchalik anglamaydilar Bog‘langan nutq soddalashib boradi. Bolalar murakkab shakllarini deyarli qо‘llamaydilar, yodlab olgan fiziologik qurilmalarni ishlatadilar.
Ikkinchi mexanizm-shartli aloqalarni zudlik bilan ishlab chiqish. Bu peshona plastik sistemasining shartli aloqalarini tashkil qilishdan iborat bо‘lib, bunda pо‘stloqning peshona assosatsiyalari yetakchi rol о‘yniydi. Ikkinchi darajadagi aloqalarni hosil qilinishi uchun nerv jarayonlarini ma’lum darajada yetilishi zarur bо‘ladi. Bolalar serebral falajida bu nuqson miyaning peshona bо‘limlarini yetilishida tо‘xtab qolishi yuz berganida sodir bо‘ladi. Bu holatda nutqiy bayon qilish ma’lumot berishning ketma-ketligi, nutqiy bayon qilishni yо‘nalganligi aziyat chekadi. Bundan tashqari giperkinetik shaklida bog‘langan nutqning harakat-tonik bо‘zilishlari kо‘zatilib u nutqni oxangdorligini yо‘qolishi, sekinlashuvi, iboradan iboraga о‘tishidagi qiyinchiliklar bilan namoyon bо‘ladi.
Serebral falajiga ega о‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan tekshirish ularni nutqni qay darajada tushunishni 3 variantini kо‘rsatib beradi. Uchchala variantda ham nutqni tushinishni bо‘zilishi deyarli og‘ir bо‘lmasada bolalar maktab dastо‘rini egallashda qiyinchiliklarga duch kelganlar.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə