Logopediya


Aqli zaif bolalarda yozma nutqning buzilishlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə24/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Logopediya

Aqli zaif bolalarda yozma nutqning buzilishlari.M.YE.Xvatsev, D.I.Orlova va V.V.Voronkovalarning ma’lumotlariga kо‘ra, aqlan normal rivojlangan bolalarga nisbatan aqli zaif о‘quvchilarda yozuvning buzilishi kо‘proq qayd qilinadi.
Aqli zaif о‘quvchilarda disgrafiyaning (grafikaning buzilishi) simptomatikasi, yozuvdagi turli xatolar sonining kо‘pligi bilan xarakterlanadi (V.V.Voronkova, D.I.Orlova va boshqalar).
Aqli zaif bolalarda disgrafiya, keng tarqalgan orfografik xatolar bilan birgalikda kuzatiladi. Bu til qonuniyatlarini yuqori darajada о‘zlashtirish, kо‘plab qoidalardan foydalanish zaruriyatini talab etadi.
Nutq rivojlanishidagi buzilishlar, bir tomondan, yozma nutqni egallashdagi qiyinchiliklar bilan, boshqa tomondan, orfografik qoidalardan foydalanishdagi qiyinchiliklar bilan birga kuzatiladi.
Aqli zaif о‘quvchilarda disgrafiya kо‘proq murakkab kо‘rinishda kuzatiladi.
Aqli zaif bolalarda disgrafiya simptomatikasining keng tarqalganiligi va о‘ziga xosligi, idrok qilish faoliyatining rivojlanmaganligi, og‘zaki nutqning buzilishi, til umumlashmalarining shakllanmaganligi, nutq-eshitish, kо‘rish analizatorlari faoliyatining buzilishlari bilan bog‘liq. Shuningdek, yozuv harakat strukturasining buzilishlari ham о‘z aksini topadi.
Aqli zaif bolalarda analitik-sintetik faoliyatining buzilishi sо‘zning morfologik strukturasini, tovush va gap strukturasini analiz qilishda ham namoyon bо‘ladi. Sо‘zning tovush-bо‘g‘in strukturasi haqidagi noaniq tasavvurlar kо‘plab harflar tushib qolishiga, о‘rnining almashuviga olib keladi. Sо‘zning morfologik strukturasi haqida aniq tasavvurga ega bо‘lmaslik kо‘plab agramatizmlar, sufiks va qо‘shimchalar, ayniqsa, mustaqil yozuvda xatolarga yо‘l qо‘yishga zamin yaratadi. Gap strukturasi analizining buzilishi, sо‘zlarning tushurib qoldirishda, qо‘shib yozib yuborishda kо‘rinadi. Kо‘plab xatolarga yо‘l qо‘yilishi shu aqli zaif bolalarning nutq tovushlari talaffuzidagi nuqsonlari bilan bog‘liq.
Yordamchi maktabda yozma nutqning buzilishlarini tо‘g‘rilash bо‘yicha logopedik ishlarning о‘ziga xos tomonlari.Aqli zaif о‘quvchilarda yozma nutqdagi buzilishlarni bartaraf etishda oliy nerv faoliyatining о‘ziga xos tomonlarini, aqli zaif bolalarni psixopotologik о‘ziga xosliklarini ham hisobga olish zarur.
Shu munosabat bilan yordam maktabda о‘qish va yozuv buzilishlarini korreksiyalash (tо‘g‘rilash), idrok qilish faoliyatining, qiyoslashning, analiz va sintezning rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan bо‘lishi kerak. Masalan, fonetik jihatdan yaqin bо‘lgan tovushlarni qiyoslashdan keng foydalaniladi (akustik, artikulyator – akustik, disgrafiya, fonematik disleksiya), shuningdek, gap qurilishining analizi, sо‘zning tovush bо‘g‘in strukturasining analizi va kо‘rish analizi – sentizidan ham keng foydalaniladi.
Yordamchi maktabda yozma nutq buzilishlarini bartaraf qilishda turli psixik funksiyalarni, eng kichik shakllaridan boshlab, rivojlantirish zaruriyati tug‘iladi. Xususan, fonematik analiz va sentizning rivojlantirilishi unli tovushni boshqalari doirasida ajratib kо‘rsatishdan boshlanadi. О‘qish va yozuvdagi buzilishlarni bartaraf qilish, og‘zaki nutq buzilishlarini sistema sifatida tо‘g‘rilash bilan uzviy bog‘liq ravishda о‘tkaziladi.
Aqli zaif о‘quvchilarning о‘qishdagi buzilishlari 1-sinfdayoq ya’ni yozuv jarayonining 2-sinfdagi buzilishlaridan oldin namoyon bо‘ladi. Buni aqli zaif bolalarda о‘qish jarayoniga qaraganda kechroq о‘zlashtiriladigan yozuv jarayonining murakkabligi bilan tushuntirish mumkin. Shu sababli yordamchi maktabda logopedik ishni о‘qishdagi buzilishlarni tо‘g‘rilashdan boshlash lozim. Bir vaqtning о‘zida dsgrafiya profilaktikasini amalga oshirib borish zarur, chunki, disgrafiya bilan dileksiya mexanizmi kо‘p tomondan bir-biriga о‘xshash.
Shunday qilib, yordamchi maktabda logopedik ishlar kо‘plab о‘ziga xosliklar bilan xarakterlanadi, lura oliy nerv faoliyati, aqli zaif bolalarning psixologik о‘ziga xos tomonlari, shuningdek, bu bolalarda nuqsonlar strukturasi, mexannizmlari, simptomatikalaridan kelib chiqadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə