Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132
kimyo o\'qitish

Evristik ta’lim metodi. 


42 
Evristik degan so’zning ma’nosi savol-javobga asosan “topaman” demakdir. 
Evristik metod bilan o’qitish maktablarda asosan XIX asr boshlaridan boshlab 
qo’llanila boshladi. 
Mashg’ulotlar qiziqarli bo’lishi uchun, bu mashg’ulotlardagi har bir masala 
yoki topshiriq so’zma-so’z quruq yodlash uchun emas, balki ularning oliy 
faoliyatlarini ishga soladigan xarakteri bo’lishi kerak. Amerikalik olim D.Poya 
evristik ta’lim metodi to’g’risida shunday degan edi: “Evristikani maqsadi 
yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir”. U evristik 
metod mohiyatini quyidagidek izchillikda tuzilgan reja orqali amalga oshirishni 
tavsiya qiladi:

Topshiriqning quyilishini tushunish;

Topshiriqni yechish rejasini tuzish;

Tuzilgan rejani amalga oshirish;

Orqaga nazar tashlash (hosil qilingan yechimni tekshirish).
Bu rejani amalga oshirish jarayonida o’qituvchilar quyidagi savollarga javob 
topadilar:

Topshiriqda nima noma’lum?

Topshiriqda nimalar ma’lum? 

Topshiriqning sharti nimalardan iborat? 

Ilgari shunga o’xshagan topshiriqlar yechilganmi?

Agar shunga o’xshagan topshiriqlar yechilgan bo’lsa, undan foydalanib 
qo’yilayotgan topshiriqni yecha oladimi? 
Albatta yuqoridagi reja sxema o’quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatlarini 
shakllantiradi, ammo bu reja-sxema o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini 
shakllantiruvchi birdan bir yo’l bo’la olmaydi. 
Mustaqil ishlash 
- vaqti-vaqti bilan o’tkazib turiladigan, o’quvchilarning 
mustaqil o’rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amaliy faoliyat bilan 
shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantiradigan, har bir o’quvchiga alohida yoki 
umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajartirish; o’quvchilarning amaliy 


43 
faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yo’naltirib 
boshqarish va nazorat qilish. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə