Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Syujetli - rolli o’yinlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132
kimyo o\'qitish

Syujetli - rolli o’yinlar
O`quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim
egallash ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zlarida mujassamlashgan bilim, 
ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni 
o’zlashtirishda syujetli-rolli o’yinlar muhim rol o’ynaydi. 
 
Ijodiy o’yinlar. 
O`quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy 
fikrlashini rivojlantirishda, qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini 
ondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o`quvchilar 
o'zaro hamkorlikda avval o`zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini ijodiy
qo'llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik
o‘yinlar 
ijodiy o'yinlar
deb ataladi. 
Ijodiy o’yinlardan avvalgi mashg’ulotlarda o’rganilgan tushunchalarni 
yangi mavzuni o’rganishda foydalanish imkoniyati vujudga kelganda qo’llash 
maqsadga muvofiq.
Mazkur didaktik o’yinli mashg’ulotlarda hamma o`quvchilar hamkorlikda 
ishlaydilar, avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llab yangi 
xulosa chiqaradilar.
Konferentsiya mashg’ulotlari. 
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar ichida
konferentsiya mashg’ulotlari muhim o’rin tutadi. Konferentsiya mashg’ulotlari
o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni
kengaytirishda, ularni qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda,
ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va


54 
malakalarini rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli 
ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot 
mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qo’shimcha 
ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi. Ilmiy konferentsiya 
mashg’ulotini o’tkazish tavsiya etiladi. 
O’yin mashqlar
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchining ilmiy-
metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo’lishi,
zamon bilan hamnafasligi, o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va 
boshqarish ko’nikmalariga bog’liq bo’ladi. O’qitishda boshqa didaktik o’yinlar
bilan bir qatorda o’yin mashqlardan o’z o’rnida va samarali foydalanish
maqsadga muvofiq. 
O’yin mashqlar uchun televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va 
o`quvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotiga aylangan o’yinlarni andoza
qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zinama-zina”, O`yla, izla, top” 
kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o’yinlarda o`quvchilar avvalo, o’z kuchi va
bilimlarini sinab ko’radilar, yana ularning aksariyati shu o’yinlar ishtirokchisi 
bo’lishni orzu qiladilar. O'quvchlarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini
rivojlantirish va qo'shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda 
ijodiy o'yinlar muhim ahamiyatga egadir. 
Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o’qituvchi o`quvchilardagi
bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida shunga
o’xshash o’yinlarni o’z vaqtida o’tkazishi o`quvchilarning bilim olishga
bo’lgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin 
tayyorlaydi.
Shu bilan birga fanlarni o`qitishda darsning turli bosqichlarida didaktik 
o`yinlar ham qo`llaniladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə