Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   132
kimyo o\'qitish

Nazorat savollari 
1.
 
Muammoli ta’lim texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2.
 
Muammoli metodga qo’yiladigan talablarni ayting.
3.
 
Kimyo fanini o’qitishda muammoli darslardan foydalanish yo’llarini ayting.
 
5-MODUL. KIMYO FANINI O’QITISHDA INTERAKTIV 
TEXNOLOGIYALAR 
 
11-§. 
Interaktiv texnologiyalar. Tanqidiy fikrash texnologiyasi. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar 
nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va 
barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan 
hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, 
ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish 
maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan 
maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda 
interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri 
tanlash muammosini keltirib chiqargan. 


68 
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan 
o`quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil 
rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning 
mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara
muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni 
qo’llash va o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab 
etiladi. 
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə