Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Interfaol ta’lim strategiyalari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
kimyo o\'qitish

Interfaol ta’lim strategiyalari
. “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-
zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. 
Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda 
guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga 
qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol 
ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q. 
3.
Interfaol grafik organayzerlar
: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual 
jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, 
“Qanday?”, “Charxpalak” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday 
mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda 
ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham 
ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida 
boshqa farqlar yo’q. 
Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv 
mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmoqda. Bu metodlarni 
qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini 
yaxshilashga xizmat qiladi. O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim 
maqsadi, o`quvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-
moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va 
boshqalar e’tiborga olinadi. 
Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo’yicha hozirgi ayrim interfaol 
ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan 
qo’llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi jadvalda keltirildi. 
Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv 
mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi bir muncha shartli va 
aslida muayyan o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko’p 


70 
interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo’lida qo’llash mumkin ekanligini alohida 
ta’kidlash zarur. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə