Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Kimyo fanini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132
kimyo o\'qitish

Kimyo fanini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan 
foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari. 
Kimyo fanini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanishning 
o’ziga xos xususiyatlari shundaki,
 
bunda o’qituvchi tomonidan tashkil etilgan 
o`quvchilarning muammoli ta’lim mazmuni bilan o’zaro faol munosabatlari usuli 
bo’lib, uning davomida o`quvchilar ilmiy bilimning ob’yektiv ziddiyatlari va 
ularni hal etish usullari bilan tanishadilar, tanqidiy fikrlash, mustaqil bilimlar olish 
va ijodiy o’zlashtirishni o’rganadilar. Bilimlarning puxtaligi va ularni amaliyotda 
ijodiy qo’llash fikrlashning alohida usulini ta’minlaydi. 
O’qitishning eng asosiy sharti bo’lib o`quvchilarni amaliy faoliyatga, ya’ni 
o’yinga, mehnatga jalab qilish hisoblanib, bu jarayonda biror nimani (“o’rganishni 
istayman”, “buni qilishni istayman”) egallashga ehtiyoj paydo bo’ladi. Bunda 
o`quvchi o’z o’qishining sub’yekti bo’lib boradi. 
 “Muammo” texnologiyasi 
Texnologiyaning maqsadi:
o’quvchilarga o’quv fanining mavzusidan kelib 
chiqqan turli muammoli masala vaziyatlariing yechimini to’g’ri topishlariga 
o’rgatish, ularda muammo mohiyatini aniqlash bo’yicha malakalarni shakllantirish, 
muammolar yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va uslublarni to’g’ri 
tanlashga o’rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini, muammoni yechishdagi 
hatti-harakatlarni to’g’ri aniqlashga o’rgatadi. 
 
Mashg’ulotning o’tkazish tartibi: 


65 
O’qituvchi 
o’quvchilarni 
guruhlarga 
ajratib, 
ularni 
o’rinlariga 
joylashtirilgandan so’ng, mashg’ulotni o’tkazish tartib-qoidalari va talablarini 
tushuntiradi, ya’ni, u mashg’ulotni bosqichli bo’lishini va har bir bosqich 
o’quvchilardan maksimum diqqat-e’tibor talab qilinishi, mashg’ulot davomida ular 
yakka, guruh va jamoa bo’lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat o’quvchilarga 
berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo’lishlariga yordam beradi va bajarishga 
qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulotni o’tkazish tartib-qoidalari va talablari 
tushuntirilgach, mashg’ulot boshlanadi: 
O’quvchilar tomonidan mashg’ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat 
bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada 
saqlab qolish yoki daftarga belgilab qo’yish (agar kinofilm ko’rsatishning 
imkoniyati bo’lmasa, u holda o’qituvchi o’quv predmetining mavzusi bo’yicha 
plakat, rasm, afisha yoki bir muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o’quv 
materialidan foydalanish mumkin): 
*har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, 
hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki formatdagi 
qog’ozga flomaster bilan yozib chiqiladi; 
*berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlagan ishni guruh vakillari tomonidan 
o’qib eshittiriladi; 
*o’qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan 
qog’ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi; 
*tarqatilgan qog’ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har 
bir guruh a’zosi o’zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi; 
*o’qituvchi tomonidan tarqatilgan chizmaga har bir guruh a’zosi o’zini 
qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi; 
*o’qituvchi tomonidan tarqatilgan chizmaga har bir guruh a’zosi tanlab 
olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi. 
*
yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so’ng har bir o’quvchi bajargan 
tahliliy ishini barchaga o’qib eshittiradi; 
*muammolar va ularning yechimi bo’yicha jamoaviy fikr almashiladi; 


66 
*himoyadan so’ng o’qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi. Kichik 
guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnatdorlik bildiradi.
Masalan; kimyo fanidan “Suv hayot manbaidir” mavzusiga muammo 
texnologiyasining tadbig`ini quyidagi jadval asosida ifodalash mumkin. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə