Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   132
kimyo o\'qitish

«Kim ko`p yozadi» o`yini
O`yin tartibi
:
o`quvchilar oldida faqat qog`oz va qalam bo`lishi kerak. 
O`yinni Kimyoviy elementlar, metallar, metallmaslar, oddiy va murakkab 
moddalar, «Oksidlar», «Asoslar», «Kislotalar», «Tuzlar» mavzusi bo`yicha 
o`tkazish, ayniqsa yaxshi natija beradi. Bu o`yin uchun ma`lum vaqt belgilanadi. 
Masalan, «Kislotalar» mavzusi e`lon qilinadi deylik, o`quvchilar esa belgilangan 
vaqt ichida o`zlari bilgan barcha kislotalarni nomini yoki formulasini yozib 
chiqadilar. Yozilgan har bir kislota uchun bir ball beriladi. O`yinda eng ko`p ball 
to`plagan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
Moddalar nomini o`rganish o`yini 
O`yin tartibi: Eng muhim moddalar formulalari yozilgan qog`ozlar yozuvi 
teskari qaratib qo`yiladi va o`yin boshqaruvchi oldida turadi.
O`rtaga o`quvchi taklif qilinadi va unga 2 ta asos, 2 ta kislota va 2 ta tuzni 
olishga ruxsat beriladi. O`quvchi o`zi olgan moddalar nomini aytadi. Har bir 
to`g`ri javobga bir ball beriladi. O`yinni teskari tarzda o`tkazilsa ham bo`ladi. 
Bunda qog`ozlarga moddalarning formulalari emas, nomlari yoziladi. O`quvchi 
qog`ozlardan tanlab ularning formulalarini yozadi. Har bir to`g`ri formula uchun 
bir ball beriladi. Eng ko`p ball to`plagan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
 
 
 
 


57 
Diagonallarda moddalar

Yuqoridagi to`rt burchakdan shunday to`rtda to`g`ri chiziqlar o`tkazingki, 
natijada 6 ta modda hosil bo`lsin. 
Chaynvordlar 
Quyidagi qo`shimchalar bilan tugallanadigan elementlarni toping. 
1)Kalsiy.
2)Fransiy.
3)Stronsiy 
4)Lourensiy. 
5)Lyutetsiy.
6)Texnetsiy. 
7)Ameritsiy 
“Kimyoviy mozaika” o`yini 
• 
Ish tartibi: 
Juftliklarga konvert tarqatiladi. Kartochkadagi so`zlarni A4 hajmdagi o`zbek
tilida berilgan element nomlari ustiga mos ravishda joylashtiriladi.
• 
Foydalanish variantlari
• 
So`zlar o`rniga rasmlar (kimyoviy idish va asboblar, moddalar formulalari)dan
foydalanish mumkin.
• 
Shakllarda berilgan ingliz tilidagi element nomini ifodalovchi so`zlarni mos 
o`ringa qo`yiladi.


58 
Kimyoni 
o`qitish 
jarayonida 
foydalaniladigan 
didaktik 
o`yinli 
texnologiyalar va didaktik o`yinlar o'quvchilarning bilish faoliyatini
faollashtirish, darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq 
va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga 
yo`llash, didaktik o'yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda
mo`ljalni to`g`ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to`g`ri xulosa chiqarishga 
zamin hozirlaydi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə