Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   132
kimyo o\'qitish

Kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlar 


55 
Kimyoni o`qitishda quyida keltiralayotgan didaktik o`yinlar darsning turli 
qismlarida, ya`ni, mavzuni takrorlash, mustahkamlash, umumlashtrish maqsadida 
qo`llanilishi mumkin.
 
Kimyoviy baxri-bayt 
O`yinda ishtirok etuvchilar doira shaklida turadilar. O`yin quyidagicha 
boshlanadi. Boshlovchi o`quvchi kimyoga oid biror atama yoki tushuncha nomini 
aytadi va uning oxirgi harfiga keyingi o`quvchi shu harfga boshlanuvchi so`zni 
aytadi. O`yin shu tariqa davom etadi.
Qaysi o`quvchi 5-10 soniya davomida atamalar nomini ayta olmasa, 
to`xtalib qolsa, u o`yindan chiqqan sanaladi. O`yin bitta o`quvchi qolguncha 
davom ettiriladi. Eng oxirida qolgan o`quvchi g`alaba qilgan hisoblanadi.
Kimyoning asosiy tusunchalarini o`rganishda ham bu o`yin yaxshi samara 
beradi. Masalan, modda – atom – molekula – atom massa – allotropiya – yadro – 
olmos – sublimatsiya - va hokazo.
Yoki, kimyoviy element – tenglama – amorf – formula – atom – molekulyar 
– reaksiya – yadro – oltin – neytron – nisbiy molekulyar massa – va hokazo. 
Shu bilan birga kimyoviy elementlar, anorganik birikmalarning eng muhim 
sinflari kabi mavzularda qo`llash ham yaxshi samara beradi. 
Masalan, Kaliy nitrat ─ Temir (II)-sulfat ─ Temir (III)-sulfat - va hokazo
yoki Natriyli silitra ─ Ammoniy xlorid ─ Dimetil ammoniy sulfat va hokazo. 
Toponomik o`yin 
Bir xil kattalikdagi qog`ozga elementlar nomlari yoziladi: mis, oltin, 
kumush, qalay, qo`rg`oshin, temir, simob, oltingugurt, uglerod, rux, mishyak, 
surma va xokazo. 
O`yin tartibi
:
elementlar nomlari aralashtirilib, yozuvli tomoni pastga 
qaratilgan holda stol ustiga yoyib qo`yladi. O`quvchilar o`zlariga tushgan element 
nomlariga qisqacha izoh berishi kerak. 
Masalan, Oltin-tong shafog`i, berilliy-shirin, alyuminiy-achchiqtosh, argon-
dangasa, yod-binafsha, vodorod-suv tug`diruvchi, kislorod- kislota
hosil qiluvchi
va hokazo. 


56 
O`yinga taklif etilgan o`quvchilarga 5 tagacha qog`oz olishga ruxsat etiladi. 
O`quvchi javob bera olsa, nom yozilgan qog`ozni o`z qo`lida olib qoladi, javob 
bera olmasa uni joyiga qo`yadi. Demak, o`quvchilarning har bir to`g`ri javobiga bir 
ball beriladi. 
Bu o`yinni butun guruh o`quvchilari ishtirokida uyushtirish mumkin. O`yin 
davomida qaysi o`quvchi ko`p ball to`plasa, o`sha o`quvchi g`olib deb topiladi. 
Toponomik o`yin o`quvchilarni darslikdan tashqari materiallarni ko`proq 
o`qishga va ma`lumotnoma materiallari bilan tanishishga majbur etadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə