Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


O’quv ishbilarmon o’yinlari quyidagi bosqichlardan iborat



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132
kimyo o\'qitish

O’quv ishbilarmon o’yinlari quyidagi bosqichlardan iborat: 
 O’quv ishbilarmon o’yinga tayyorgarlik.
1- bosqich,
 
o’quv ishblarmon 
o’yinning asosiy elementlarini tashhislash: 
1) mavzuni tanlash va dastlabki vaziyatni tashhislash; 
2) maqsad va vazifalarni aniqlash, kutilayotgan (o’yinli va pedagogikli) 
natijalarni bashoratlash; 
3) o’quv ishbilarmon o’yin tuzilishini aniqlash; 
4) guruh imkoniyatlarini, bo’lg’usi rol ijro etuvchilarning o’yinli 
sifatlarini tashhislash; 
5) o’yinni borishiga ta’sir etuvchi, haqiqiy tomonlarini tashhislash. 
 
2-bosqich, stsenariyni tayyorlash: 
1) dastlabki ma`lumotni tizimli tahlil qilish; 
2) belgilangan muammoni mavjud yechish yo’llarini tahlil qilish; 
3) uni yechishning maqbulroq yo’llarni tanlash; 
4) stsenariyni tayyorlash. 

O’quv ishbilarmon o’yinni o’tkazish. 
1-bosqich, o`quvchilarni 
dastlabki ma`lumotlar bilan tanishtirish: 
1) o’qituvchi tomonidan dastlabki ma’lumotni bayon etish, o’yin 
vazifalarini va o’quv topshiriqlarini birgalikda aniqlash; 
2) rollarni taqsimlash. 
 
2-bosqich, o`quvchilarni o’yinga tayyorlash: 
1) dastlabki ma’lumotni tahlil qilish; 
2) maxsus adabiyotlarni o’rganish; 
3) rolli vazifalarni bajarishga tayyorgarlik. 
3-bosqich, o’yinni o’tkazish: 
1) ishtirokchilar tomonidan rolli vazifalarni bajarish; 
2) ishlarni boshqarish; 
3) o`quvchilar bilan birgalikda o’yin natijalarini tahlili qilish; 
4) o’qituvchi tomonidan o’yin yakunini o’tkazishi. 


50 
O’qituvchi tomonidan barcha ishtirokchilar faoliyatining tahlili qilinadi. 
O’yin jarayonida yuzaga kelgan muammolar muhokamasi o’tkaziladi. O`quvchilar 
tomonidan taqlidli faoliyat maqsadiga erishish darajasi va o’quv topshiriqlarini 
echishni anglab etganliklari va uning ahamiyati tushuntiriladi. Dars keyingi 
mashg’ulot mavzusini e`lon qilish bilan tugatiladi.
O`yinli darslarning o`ziga xos xususiyati o`quvchi shaxsining boshqaruvchi 
va ishtirokchi sifatida ma`sulligini oshirish muhim omil hisoblanadi. Odatdagi dars 
jarayonida hal etilishi murakkab bo`lgan vaziyatlarni o`yinlar orqali oson hal 
qilish, ijobiy natijaga erishish mumkin. 
Albatta, har bir o`yin o`qitilayotgan fan xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
tayyorlanadi. Shu bilan birga har bir o`yinning maqsadi va vazifalarini aniqlab 
olish kerak. Aks holda o`yin qanday tashkil etilishidan qat`iy nazar samara 
bermasligi mumkin. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə