Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Test. Kimyo fani bo’yicha o’tilgan (bo’lim,  kurs) yuzasidan 1- 2 ta test beriladi.  (1ball)  Izohli lug’at (simptom)



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132
kimyo o\'qitish

Test.
Kimyo fani bo’yicha o’tilgan (bo’lim, 
kurs) yuzasidan 1- 2 ta test beriladi. 
(1ball) 
Izohli lug’at (simptom).
Mavzu bo’yicha ilmiy-nazariy fikrlar
g’oyalar, ta’riflar tugallanmagan fikr 
ko’rinishida beriladi, masalan:…..ta’rif 
bering, ……ilmiy asoslang…., yoriting… 
va b. (1ball) 
Muammoli vaziyat
.
O’tilgan mavzu asosida aniq hayotiy 
vaziyat, hodisaga asoslangan 
muammo beriladi. 
Ijodiy ish (Amaliy ko`nikma). 
O’tilgan mavzu mazmunini hayotda ish 
foaliyatida qo’llashdagi ko’nikmalarga 
tegishli topishiriq beriladi, masalan: 
…..chizing, hisoblang, to’ldiring, toping, 


78 
(1ball) 
solishtiring… va b. (2 ball) 
O`quvchilar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni. 
Tanqidiy fikr — bu qo’yilgan masala yoki muammo yuzasidan o'z 
fikrini bayon qilish, o'zgalarning flkrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o'z nuqtai 
nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'lishga asoslangandir. 
Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo'lsak, fikrlash — bu o'qish, yozish,
so'zlash va eshitishga o'xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday 
jarayonki, o'zida biror haqiqat to 'g ’risidagi fikrlarni qamrab oladi. 
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir: 
- hayotning murakkab o'zgaruvchanlik ma'nosini tushunib yetishga yordam 
beradi; 
- jamoaning ochiq fikrini rag'batlantiradi; 
- aloqa, tushunish va hurmatning ikki tomonlarnaligini anglatadi; 
- shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar. 
Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi: 
1. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamda o'quvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi
o'zaro hurmatni tarbiyalaydi. 
2. Mashg'ulot jarayonida o'quvchining o'z tajribasidan foydalaniladi. 
3. Ma’lum o'quv mazmuni o'quvchining talablariga mos va aniq tarzda 
foydalaniladi. 
4. Muammoni hal qilishda o'quv materiallaridan foydalaniladi. 
5. Har xil fikr va qarashlar integratsiyalashadi. 
6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko'riladi. 
7. O'qituvchi bilan o'quvchilar orasidagi yoki o'quvchilarning o'zlari o'rtasidagi
munosabatlar orqali berib boriladi. 
8. O‘quvchilarning mustaqil ta ’lim olishi uchun sharoit yaratiladi va ularning 
tayyorgarlik darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi. 


79 
O'quv dasturlari talablariga muvofiq muammoli yoki munozarali 
mashg'ulotlarning tashkil etilishi tanqidiy va tahliliy fikrlarning rivojida muhim
ahamiyatga ega. O'quv jarayonida munozarali darslarning ikki xili: ilmiy
munozara darslari va erkin fikrlash darslaridan foydalaniladi. 
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashga quyidagilar kiradi: 
-o`quvchilarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; 
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish; 
- o`quvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash; 
- har bir o`quvchini tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch 
hissini uyg‘otish; 
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim. 
Shu munosabat bilan o`quvchilar: 
- o‘ziga ishonchni orttirish, o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish; 
- ta’lim jarayonida faol ishtirok etish; 
- turli fikr va g‘oyalarni e’tibor bilan tinglash; 
- o‘z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi lozim. 
O`quvchilarda tanqidiy fiklashni rivojlantirishga yordam beradigan 
texnologiyalar bilan tanishib o`tamiz. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə