Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132
kimyo o\'qitish

«Bumerang» texnologiyasi 
Bu texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit
holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U 
turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali. turli mazmunli) ega bo'lgan 
mavzulami o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini 
qamrab oladi. Har bir mashg'ulot davomida o`quvchilarning turli topshiriqlarni
bajarishi, navbat bilan o'qituvchi yoki o`quvchi, iqtisodchi yoki tadbirkor rolida 
bo'lishi, kerakli ballni to'plashiga imkoniyat yaratadi. 
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash va mantiqni shakllantirishga 
imkoniyat yaratadi hamda g'oya, fikrlarni yozma va og'zaki shakllarda bayon
qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. 


80 
Mazkur texnologiya tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga 
oshirish imkonini beradi, ya’ni bo'lajak kimyogarlarda jamoa bilan ishlash
mahorati, muomalalik, xushfe’llik, o'zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini
shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o'z faoliyatini samarali bo'lishiga
qiziqish, o'zini xolis baholash kabilar. 
«Veer» (yelpig'ich) texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar muammo 
xarakteridagi mavzulami o'rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati 
shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha axborot beriladi va 
ularning har biri alohida muhokama etiladi. «Veer» texnologiyasi tanqidiy,
tahliliy, aniq, mantiqiy fikrlarni rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari va fikrlarini 
yozma yoki og'zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat 
yaratadi. 
Ushbu texnologiya mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi
mumkin: 
- boshida o'z bilimlarini erkin faollashtirish; 
- mavzuni o'rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va 
anglab yetish; 
- yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə