77
“Assesment” texnologiyasi (ingl. “essesment” – “baho”, “baholash”) –
o`quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini har tomonlama,
xolis
baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to’plami.
Ushbu metoddan darsning kirish, asosiy yoki yakuniy qismida ya’ni,
uyga vazifa berish jarayonida qo’llash mumkin.
Darsning kirish qismida
o`quvchilarning uyga vazifalarini qay darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki
mavzuni umumlashtirish jarayonida egallangan bilim, ko’nikmalarni aniqlashda
foydalanish mumkin.
“Assesment” metodini dars jarayoniga tatbiq
etish muayyan texnologiyaga
asoslanadi. O’qituvchi tomonidan o`quvchilarga jadval ko’rinishdagi vazifalarni
qisqa vaqt ichida bajarishlarini topshiriq sifatida beriladi. Topshiriq
bajarilganidan so’ng, javoblar o’qituvchi tomonidan e’lon
qilinadi, o`quvchilar esa
aynan javobga ko’ra o’z-o’zini tekshirishni amalga oshiradi hamda oldindan
e’lon qilingan mezonlar asosida baholaydi. Bunda o`quvchilar
mavzu
mazmunini qay darajada o’zlashtirganligi bo’yicha o’z-o’zini tekshirish va
baholash orqali xulosa chiqaradi.
Assisment texnologiyasi orqali o`quvchilarning bilim, ko’nikma va
malakalari
kamida to’rtta topshiriq bo’yicha baholanadi. Masalan, (5 balli baho misolida):
Dostları ilə paylaş: