Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


-usul. Katta hajmli vazifa



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   132
kimyo o\'qitish

2-usul. Katta hajmli vazifa.
O’quvchilarga keraklicha uzoq muddat ichida
katta hajmli vazifa beriladi. Masalan, o’quvchilar 30 ta vazifadan 10 tasini
bajarishi kerak. O’quvchining vazifani mustaqil tanlashi o’z-o’zini realizatsiya
qilish imkonini berish bilan birga muhim psixologik samara ham beradi. 
3-usul. O’quvchining o’zi o’qituvchi.
Darsning oxirgi 10 daqiqasida 
o’quvchilarning o’ziga uy vazifasining qiziq shakl va mazmunlarini o’ylab 
topish vazifasi yuklanadi. Kim o’zi uchun qanday vazifani o’ylab topgan 
bo’lsa, o’sha vazifani bajaradi. Kim vazifa topmagan bo’lsa, unga o’qituvchi 
vazifa beradi. 
Baholash usullari. 
O’quvchilar bilimini baholash paytida ob’yektiv baholashda hissiy 
bosiqlik, baholarni e’lon qilishda hayrixohlik talab qilinadi, muhimi darsda 
qo’yilgan baho o’quvchining keyingi o’qishi uchun stimul bo’lishi kerak. 
1-usul. Baho-belgi emas.
Faqat sonlar bilan emas, so’zlar, ohang, imo-
ishoralar bilan baholash nazarda tutiladi. 
Variant:
O’qituvchi o’quvchilarga nisbatan qiyinroq, lekin yechish 
mumkin bo’lgan vazifani beradi. 10 minutdan so’ng o’quvchilar vazifani 


87 
bajaradilar. Shunda o’qituvchi: ―Xo’sh, nima qilsam ekan, sizlar mening 
bajarilmagan topshiriqlar fondimni yo’qqa chiqaryapsizlar! Keyingi safar endi... 
degan hazilomuz so’z bilan navbatdagi topshiriqni beradi. 
2-usul. Reyting.
Vazifani bajarib bo’lgach, o’quvchi o’ziga baho qo’yadi. 
Shu ishga o’qituvchi ham baho qo’yadi. Kasr son chiqadi: 4/5. Bunda
o’qituvchining vazifasi-o’quvchining o’z mehnatini baholashni o’rgatishdan
iborat. Bu usul baholash mezonlariga ko’nikish davrida qo’llanadi, oz
muddatdan keyin kasr va maxraj sonlar tenglashadi. 
3-usul. Ishonch krediti.
Baho bahsli bo’lgan holatlarda bahoni
―kreditga qo’yamiz. Bunda o’qituvchi: ―Sening biliming ―“5” baho
qo’yishga ozgina yetmayapti. Lekin, menimcha, sen ozroq harakat qilsang shu
bahoni ola olasan. Shuning uchun senga ―“5” bahoni kreditga qo’yaman,
keyingi chorak/semestrda qanchalik xaqligimiz aniq bo’ladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə