Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132
kimyo o\'qitish

4-usul. Rag’bat tizimi. 
1-variant.
Keyinga surilgan baho varaqasi.
O’quvchiga past baho qo’yishni istamagan o’qituvchi o’quvchiga qaysi 
mavzuni o’zlashtira olmaganligini varaqaga yozib berishni so’raydi. Keyingi 
savol-javobda shu varaqada yozilgan mavzuni topshirish so’raladi. 
2-variant. 
Kengaytirilgan baho. 
Sonli baho bilan birga, o’quvchining muvaffaqiyatlari va unga bo’lgan 
munosabat ko’rsatiladi.
3-variant.
Quyidagilar baho o’rnini bosishi mumkin: 
- kichik yorliq; - tashakkur xati yoki ―Darsdagi g’alaba uchun!, ―Kichik 
kashfiyoti uchun!, - Do’stga yordami uchun! degan diplomlar; 
- daftarlarga tashakkurnoma yozish; - kitob berish va h.
Shunday qilib, tabaqalashtirilgan ta`lim o`quvchilarning bilim tizimlari
va aqliy hamda amaliy faoliyatlarida samarali o`zlashtirishga yordam beradi,
o`zlashtirgan yangi bilimlaridan kelajakdagi vaziyatlarda unumli foydalana
olish, ta`lim muammolarini yecha olish, mustaqil izlanishga o`rgatish, ijodiy 


88 
tajribaga ega bo`lish va uni rivojlantirish, ta`lim jarayonining vazifalarini tahlil
qilish, tabaqalashtirilgan ta`limni aniqlash imkoniyatlarini ochib beradi. 
Nazorat savollari 
1
.
Tabaqalashtirilgan texnologiyadan foydalanishning asosiy maqsadi qanday?
2. Individual va tabaqalashtirilgan o’qishning farqini ayting? 
3. Kimyo fanini o'qitish jarayonida tabaqalashtirilgan ta`limning afzalligi nimada? 
13-Mavzu:
 Kimyo kursini integratsiyalashgan o’qitish
Integratsiya lotincha integration tiklash, to’ldirish, integer-butun so’zidan 
kelib chiqqan.
Ta’limga integratsion tizimni kiritish yaxlit dunyoqarashga, o’zidagi bor
bilimlarni mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga
noan’anaviy yondashish qobiliyatiga ega bo’lgan bilimdon yoshlarni 
tarbiyalashda nisbatan ko’proq yordam beradi. Ta’limni integratsiya qilish 
mohiyati nimadan iborat?
Ta’limga bog’liq ―Integratsiya tushunchasi ikkita ma’noga ega: 
1) O’quvchida atrofdagi olam to’g’risida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu 
yerda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida ko’riladi).
2) Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish 
(bu yerda integratsiya-ta’lim vositasi). 
Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi 
bog’liqlikning eng soddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan 
lokal tasavvurdir. Bu bog’liqlik boshqa bilimlarga nisbatan ajralgan, shuning
uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. 
Biror bir tizimga tegishli bo’lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular
biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o’rganishi asosida hosil bo’ladi. Biror
bir predmetni bilish, yangi dalil va tushunchalarning tanlanishi ularni bir
bilimlar bilan taqqoslanishi orqali amalga oshiriladi. Bilimlarning eng oddiy
umumlashtirishi sodir bo’ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo’lgan
bilimlar bilan bog’lansa ayni muddao bo’lar edi.


89 
Ta’limdagi integratsiya o’quv fanlari mazmunini konstruktsiyalashga
tizimli yondoshish orqali ko’rib chiqiladi.
Integrativ ta’lim oddiylikdan murakkablikka, bilishdan ilmga
tartibsizlikdan uyg’unlikka, chaqqonlikdan mohirlikka va ijodga bo’lgan 
harakatni taklif qiladi.
Kimyo fanidan integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi 
usul va vositalarga:
- evristik suhbatlar; 
- umumiy suhbatlar; 
- ekskursiyalar;
- kuzatishlar, badiiy asarlar asosida nutq o’stirish uchun yozilgan ijodiy 
ishlar; 
- ta’limning ko’rgazmali metodlari va h. kiradi.
Kimyoni boshqa fanlar bilan bog’lab o’qitish darslarida kompetentsiyalarni 
shakllantirish maktab o’quv fanlari o’rtasidagi aloqadorlikni namoyon etadi. 
O’quvchilarda fanlararo kompetentsiya rivojlantiriladi, mantiqiy fikrlash yuzaga 
keladi. Anorganik kimyodan bilim va malakalarni puxta egallash o’quvchilarning 
boshqa fanlar bo’yicha olingan bilim va malakalarida anorganik kimyoni 
o’qitishda qanchalik foydalana bilishiga, ya’ni fanlararo bog’lanishning qay 
darajada amalga oshirilishiga bog’liq. Kimyo tabiiy fanlar jumlasiga kirgani uchun 
uni o’rganishga kirishishdan oldin va kimyoni o’rganish jarayonida 
o’quvchilarning boshqa tabiiy fanlardan egallangan bilimlariga tayanish juda 
muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Masalan, 4-sinfda o’rganiladigan Tabiatshunoslik fanini o’rganish 
mobaynida tabiat hodisalari, moddalarning aralashmalari, havo va uning tarkibi 
(kislorod, karbonat angidrid, azot), suv, suvning xossalari, suvning ahamiyati, 
foydali qazilmalar va metallurgiya haqida dastlabki, eng sodda tushunchalarga ega 
bo’ladilar. 5-6-sinflarda Botanika fanini o’rganishda o’quvchilar hujayra tarkibi va 
unda modda almashinishi, urug’ning kimyoviy tarkibi, o’simliklarning suv va oziq 


90 
elementlariga bo’lgan talabi haqidagi bilimlarni egallab, bir qator ko’nikmalarni 
egallaydilar. 
6-7-sinflarning fizika darslarida o’quvchilarning tabiat va inson, jism, 
modda, materiya, moddaning tuzilishi (molekulalar, atomlar va ularning tarkibiy 
qismlari) uning xossalarini miqdoriy tavsifiga oid bilimlari yangi bosqichga 
ko’tariladi. 
7-sinfda o’rganiladigan Tabiiy geografiya kursida o’quvchilar turli mineral 
moddalar va foydali qazilmalarning yer qa’rida hosil bo’lish tarixi bilan 
tanishadilar. 
Ko’rinib turibdiki, o’quvchilar kimyo fanini o’rganishga kirishgunga qadar 
materiyaning moddiy asosi bo’lgan moddalar va ularning bir qator xususiyatlari 
bilan tanishgan bo’ladilar. 
Anorganik kimyoni o’rganish jarayonida o’quvchilardagi tayyor bilim va 
ko’nikmalardan o’z o’rnida foydalanish, shakllanishni ta’minlash, inson bilan 
tabiat o’rtasidagi muloqotlarni maqsadga muvofiq tashkillash yuzasidan 
ko’nikmalarni tarbiyalash kimyo o’qituvchisining muqaddas burchidir. O’z 
navbatida boshqa fan o’qituvchilari faoliyatlarida kimyo fani mavzularidan o’rnida 
foydalanib borishlari zarur bo’ladi. 
Masalan, 7-sinf kimyo darsida “Suvning inson va tabiatdagi ahamiyati” 
mavzusini oladigan bo`lsak. Bu darsda o’qituvchi kimyo darsini biologiya va 
geografiya, ekologiya, iqtisod fanlari bilan integratsiyasini qo’llashi mumkin. Dars 
interfaol usulda tashkil etiladi. Guruhlarga fanlar asosida laboratoriyalar deb 
qaralib nom beriladi. Kimyo laboratoriyasida suvning kimyoviy ahamiyati, 
biologiya laboratoriyasida tabiat va inson uchun ahamiyati, geografiya 
laboratoriyasida suvning tarqalishi, ekologiya laboratoriyasida suvning ifloslanishi 
oqibatlari, iqtisod laboratoriyasi sanaot, xo’jalik va turmushda suvning sarfi haqida 
o’z fikrlarini berishi o’quvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish, kommunikativ, 
axborotlar bilan ishlash kompetentsiyalarini rivojlantirishda xizmat qiladi.
Geografiyaning kimyo fani bilan bog’lanishi. Kimyoviy elementlar va 
o’rganilayotgan moddalar tarqalishi haqida albatta doimiy ravishda ma’lumotlar 


91 
beriladi. Shu nuqtai nazardan kimyo fani geografiya fani bilan bog’liq ekanligini 
ko’rish mumkin. Masalan, 9-sinfda natriy va kaliy metallari biriikmalarini 
o’rganish, metallurgiya sanoati xom ashyosi haqidagi mavzularni o’qitishga 
qaratilgan ba’zi holatlarni ko’rib chiqamiz. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə