Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51

 
61
Har bir talaba o’zi yashab turgan joyda o’simliklar jamoasini kuzatishi lozim. Bunda jamoadagi 
dominant va edifikator turlarni aniqlashi, ulardan gerbariy materiallari to’plashi, adabiyotlar orqali 
aniqlashi kerak bo’ladi. Olingan malumotlarning hammasi daftarga qayd etiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.  N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M. Prosveshenie, 1988. 168-181 s. 
2. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. Vısshaya shkola. 1983. 186 – 200 b. 
3. A.S.To’xtaev. Ekologiya. T. «O’qituvchi», 1998. 95- 106 b. 
 
MA’RUZA  –  12  
 
Mavzu: Ekologik tizim va biogeotsenozlar 
 
Reja: 
 
1. Biogeotsenoz (V.N.Sukachev) va ekotizim (A.Tensli) kabi tushunchalar nisbati. 
2. Ekotizimda moddalar aylanishini taminlashda ishtirok etuvchi organizmlar haqida.  
3. Biogeotsenozlar maxsuldorligi. Ekotizimlarning biologik maxsuldorligi. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Biogeotsenoz, ekotizim, produtsent, konsument, 
redutsent, ekotop, klimatop, edafatop, avtotrof, geterotrof, ozuqa zanjiri, sarflanish, detrit, birlamchi, 
ikkilamchi mahsuldorlik, ekologik piramida. 
 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Ekotizim tushunchasi va Biogeotsenoz tuzilmasi 
haqida malumot berish. Ekotizim va Biogeotsenozning bazi bir farqlarini ko’rsatib berish. 
 
Biogeotsenoz (V.N.Sukachev) va ekotizim (A.Tensli) kabi tushunchalar nisbati. Yashash 
sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir - biriga tasir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan 
birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga  e k o l o g i k    t i z i m  deyiladi. 
O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi ekotizimga misol bo’la oladi. 
Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tamonidan kiritilgan. Ekotizim 
kontseptsiyasining rivojlanishiga parallel holda biogeotsenoz talimoti ham muvaffaqiyatli rivojlanib bordi. 
Biogeotsenoz tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev taklif qilgan. («bios» - hayot, 
«geo» - er, «tsenoz» -umumiy yoki jamoa) manosini beradi. 
Ko’pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir - birining sinonimi sifatida qo’llaniladi va 
deyarli bir xil manoni bildiradi, ammo bazi bir tomonlari bilan farqlanadi: 
 
Biogeotsenozning asosiy komponentlari - atmosfera, tog’ jinslari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi 
hisoblanadi. Uning organik dunyosi (o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar, mikroorganizmlar) - 
biotsenoz deb atalib, muhit esa - ekotop deyiladi. Ekotop o’z navbatida klimatop (atmosfera) va edafatop 
(tuproq) kabi tarkibiy qismlardan iborat. 
Biogeotsenozlar har xil o’lchamda, yani kichik va katta maydonda bo’lishi mumkin. 
Botqoqlikdagi do’nglik, o’rmondagi to’nka, biror hayvon uyasi atrofi, akvarium kabilar kichik biogeotsenozga 
misol bo’lsa, o’rmon, dasht, cho’l, o’tloqzor va boshqa maydonlar yirik biogeotsenoega misol bo’la oladi. 
Biogeotsenoz 
4.  Tabiiy xodisa hisoblanadi. 
5. Malum tabiiy chegaraga ega bo’lgan 
    fazoviy birlik  
6. Uning tarkibiga odam kirmaydi. 
 
Ekotizim 
Tabiiy yoki suniy hodisa bo’lishi mumkin. 
Yirik ekotizimlar odatda odam tasirida bo’ladi 
Funktsional birlik bo’lgani uchun qushni 
ekotizimlardan ajralib turishi shart emas. 


 
62
A.Tensli tarificha - ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga ega bo’lgan 
tirik va jonsiz komnonentlarning cheksiz barqaror tizimi hisoblanadi. Demak,                       ekotizim - 
mikroorganizmlarga ega bo’lgan bir tomchi suv, o’rmon, tuvaqdagi o’simlik, kosmik kema, biosfera va 
hakazolar. 
Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Har qanday biogeotsenoz o’z 
navbatida ekotizim bo’la oladi, ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo’lmaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar haqida 
to’liq tushuncha xosil qildirish. 
 
Ekotizimlarda moddalar aylanishini taminlash uchun malum miqdorda zarur anorganik moddalar 
zahirasi va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi kerak. 
Bular: produtsent - hosil qiluvchilar konsumentlar - istemol qiluvchilar redutsentlar -parchalovchilar. 
1. Produtsentlar - yashil o’simliklar – bo’lib, ular quruqlikdagi har qanday biotsenozning 
asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida 
to’plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir. 
Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh energiyasi ishtirokida organik moldalarni sintez qilib, 
yorug’lik energiyasini bog’langan kimyoviy energiya sifatida to’playdi. 
2. Konsumentlar – bu guruhga hayvonlar kiradi. Ular o’simliklar tamonidan to’plangan 
organik moddani istemol qiluvchilar hisoblanadi. 
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtsentlar bilan oziqlanuvchi o’txo’r hayvonlar kiradi. 
Quruqlikdagi keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hasharotlarning ko’pchilik vakillari, 
sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilardir. 
Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o’txo’r guruhlari, kemiruvchilar 
va tuyoqlilar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, ko’y, echki va qoramollar kiradi. 
Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar. Ikkinchi tartibdagi konsumentlar o’txo’r hayvonlar 
bilan oziqlanadi. Bular uchinchi tartibdagi hayvonlar bilan birga etxo’r hayvonlar deb qaraladi. Ikkinchi va 
uchinchi tartibdagi konsumentlar yirtqichlar bo’lishi mumkin. Shuningdek, o’laksa bilan oziqlanishi yoki 
parazit hayvon ham bo’lshi mumkin. 
Zamburug’lar biotsenozda turlicha rol o’ynaydi. Ular orasida o’simlik va hayvonlarda tekinxo’r 
holda yashovchi va ko’pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchilar bo’lib, ular 
redutsentlar deyiladi. Ammo shu bilan birga ko’pchilik zamburug’larning meva tanalari jamoadagi 
hayvonlar uchun sevimli ozuqa bo’lishi ham mumkin. Bunda ular konsumentlar hisoblanadi. 
Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular organik moddalarni mineral moddalarga 
parchalab beradi. 
Demak, yuqorida aytib o’tilgan organizmlar guruhi o’rtasida keskin chegara qo’yib bo’lmaydi, chunki 
konsumentlar (hayvonlar, zamburug’lar, tekinxo’r o’simliklar) ayni vaqtda redutsentlar vazifasini ham 
bajarishi mumkin. 
Epifitlar, asosan produtsentlar hisoblansa ham, oziqlanish vaqtida daraxt tanasi po’stlog’idagi 
parchapangan o’simlik qoldiqlaridan foydalanadi, yani bir vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajaradi. 
3. Redutsentlar. O’simlik qoldig’i va hayvon jasadi o’zida energiya saklayli. Nobud bo’lgan o’simlik 
va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, yani saprofit holda yashovchi bakteriya va 
zamburug’lar tasirida parchalanadi. Bunday organizmlar  r e d u ts e n t  deb ataladi. 
Saprofitlar o’zidan maxsus fermentlar ajratib chiqaradi. Organik qoldiqlar sekin - asta bakteriyalar va 
zambrug’lar hayot faoliyatida parchalanib, hazm bo’ladi. Parchalanish tezligi ham har - xil bo’lishi mumkin. 
Hayvon jasadi, axlatlari bir necha haftalar talab etsa, qulab tushgan daraxt tanasi va moxlar bir necha yilda 
chirishi mumkin. 
Biogeotsenoz populyatsiyalari orasidagi bog’lanishlarni - turlarning oziqlanish xarakteri va 
energiya hosil qilish usullari belgilaydi. Organizmlar oziqlanish usuliga qarab ikki guruhga 
bo’linadi:  
1. Avtotroflar (asosan yashil o’simliklar. Organik moddalarni sintezlash uchun atrofdagi anorganik 
birikmalardan foydalanadi). 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə