73
Biosfera o’zining keyingi taraqqiyotida noosferaga o’tadi. U biosferaning eng yuqori taraqqiyot
bosqichi bo’lib, odam va tabiat o’rtasidagi munosabatda asosiy kuch - aql - idrok hisoblanadi. Odamning
aqliy faoliyati taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi.
V.I.Vernadskiy tasdiklashicha - noosfera planetamizda yangi geologik hodisa hisoblanadi. Odam tirik
geologik kuchdir. Uning fikricha, noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi
natijasida kelib chiqadigan
bosqich bo’lib, iison bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ongli aloqa munosabatlarini o’z ichiga oladi.
Biosferani - insonning o’zi evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan vaqtdagidek va biologik tur sifatida
yashab bora oladigan hamda o’z sog’ligini ehtiyotlab, mustahkamlab, xo’jaligini yurita oladigan holda
saqlab qolishga harakat qilishi kerak. Bu shartlar tabiatni qayta o’zgartirishga barham beradi.
Tabiat butun jonli mavjudotlarning rivojlanishiga imkon yaratib bergan asos va inson uchun hayot
kechirish, uning moddiy, manaviy extiyojlarini qondiruvchi birlamchi manbadir. Inson tabiatning ajralmas
bir
qismi hisoblanadi, lekin u tabiatning boshqa elementlaridan o’zining aql - zakovati, ongliligi
bilan ajralib turadi.
Odamning biosferadagi roli nimadan iborat?
Inson dastlabki vaqtlarda biosferaning tuzilmasiga tasir etmasdan, ibtidoiy xdyot kechirgan. Uning
turli qurollar va olovdan foydalanishi, yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatishi, o’simliklarni madaniylashtirishi
kabilarni ovqat mahsulotlarining ko’payishiga, aholi sonining ortishiga sabab bo’ldi, bu esa albatta
insonning biosferaga bo’lgan tasirini kuchaytiradi.
Insonlarning biosferaga tasirini shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarga ajratish mumkin:
1. O’rmonlarni kesish, yangi erlarni o’zlashtirish birinchi navbatda suv
rejimiga salbiy
tasir ko’rsatadi. Natijada daryolar sayozlashadi, botqoqlanish, o’t bosish, baliqlar sonining
kamayishi kuzatiladi. Er osti suvlar zaxirasi kamayadi, qor va yomg’ir suvlari tuproqqa singmay
uning yuza qismini yuvib ketadi. Suv va shamol eroziyasi birgalikda tuproqqa yanada kuchli tasir
etadi.
2. Ikkinchi muhim omil sug’orish ishlaridir. Sug’orish ishlari unumsiz erlarni unumdor
erlarga aylanishiga
imkon berish bilan birga, er osti suvlari sathining ko’tarilishiga,
tuproqning sho’rlanishiga, bazi joylarning botqoqlanishi va suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Sug’oriladigan erlarning kengayishi - daryo suvlarining qurib qolishiga ham sababchi bo’ladi.
3. Kimyoviy o’g’itlardan foydalanish. Bu bilan hosildorlikni bir necha marta oshirish
mumkin. Shu bilan birga ichimlik suvlarining sifatining yomonlashuvi, nitrat va nitritlarning suvda
to’planishi natijasida xavfli bo’lgan kontserogen modda – nitrozaminlar hosil bo’lmoqda. Suv havzalarida
fosforli o’g’itlarning bo’lishi azot va kaliy miqdorini cheklaydi, shu bilan birga fitoplanktonlarning
ko’payib ketishiga sababchi bo’ladi. Ko’k - yashil suv o’tlarining havodagi azotni o’zlashtirish
xususiyati
bo’lgani uchun tez ko’payib suvda erigan O
2
ni o’zlashtiradi. Suv yuzasida «gullash» xodisasi kuzatiladi va
baliqlarning yoppasiga qirilib ketishini, ko’lning asta - sekin botqoqlanishiga olib keladi.
4. Insonning biosferaga ko’rsatadigan kuchli tasirlaridan biri o’simliklar kasalliklari,
zararkunanda hasharotlar va begona o’tlarga qarshi kurashda foydalanadigan kimyoviy kurash
vositasidir.
Albatta qishloq xo’jaligida gerbitsndlar, defoliantlarni qo’llash natijasida oziq mahsulotlari ishlab
chiqarish ortadi. Ammo DDT (dixlordifeniltrixloretan) va boshqa xlor va fosfororganik birikmalar ko’pchilik
hayvonlar, hattoki inson sog’ligi uchun ham xavflidir. Bu zaharli moldalar biogeotsenozlarda uzoq vaqt
saqlanib qoladi va to’planadi.
Insonlar bugungi kunda qishloq xo’jalik soxasida zaharli kimyoviy moldalardan foydalanishdan
hali ham voz kecha olmayapti. Zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usullardan foydalanish endigina
amalda qo’llanilmoqda.
Yuqorida takidlaganlar faqat inson ozuqa bilan taminlanishi bilan bog’liq bo’lgan ravishda
biosferaga ko’rsatayotgan tasirining dalillaridir.
Atom energiyasi va sanoatning rivojlanishi bilan birga radioaktiv chiqindilarning to’planishi jiddiy
muammo hisoblanadi.
Yirik shaharlarning paydo bo’lishi, urbanizatsiya
jarayonining kuchayishi, turar joylar qurilishlari,
sanoat korxonalarining katta maydonlarni egallashi tabiiy biogeotsenozlarning qisqarishiga olib kelmoqda.
Umuman, inson biosfera resurslaridan maksimal foydalanish uchun harakat qilmoqda. Biz shuni doimo
yodda tutishimiz kerakki, tabiat qonunlarini oyoq osti qilolmaymiz, inson o’zini tabiatning tarkibiy qismi
sifatida xisoblashi zarur.
Mustaqil it topshiriqlari:
74
1. Biosfera haqida ilmiy adabiyotlarni topib o’qish. Biosferani asrash haqida fikr - muloxaza yuritish va
o’qish jarayoni boshida tutilgan daftarga yozish.
2. Insonning biosferani o’zgartirishi
uning imkoniyatlari, chidamliligi darajasidan oshib ketsa nimani
kuzatish mumkin? Bu haqida ham muloxaza yuritish va daftarga qayd etish lozim bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola», 1983. 270-294 b.
2. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M.«Prosveshenie», 1988. 239-249 b.
3. A.S.To’xtaev. Ekologiya. T.«O’qituvchi», 1998. 131-143 b. 153.
MA’RUZA – 15
Mavzu: Tabiat va atrof muhitni muhofaza qilish.
Reja:
1. Tabiatni muhofaza qilish. Insonning tabiatga tasir shakillari
2. Atrof muhit ifloslanishining sotsial – iqtisodiy oqibatlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Bevosita, bilvosita tasir, ijobiy, salbiy tasir, tabiiy resurs,
ruxsat etilagan miqdor (REM), mineral, organik, bakterial, biologik ifloslovchi birikmalar.
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi haqida,
insonning tabiatga tasir shakllari va uning turli tarixiy davrlarda tabiatga ko’rsatib kelgan tasirini bayon etish.
Tabiiy resurslar va uning klassifikatsiyasini tushuntirish, demografiya, urbanizatsiya.
Inson va atrof - muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar keskinlashgan, fan
- texnika jadal rivojlangan
davrda tabiatni muhofaza qilish eng asosiy muammolardan hisoblanadi.
Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi insonning atrof muhitga salbiy tasiri yuzaga kelgan uzoq
o’tmishdan yaxshi malum.
Agar ilgari tabiatni muhofaza qilish deganda malum amaliy tadbirlar majmuasi tushunilgan bo’lsa,
so’nggi yillarda alohida kompleks fan shakllanmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish deganda - xozirgi va kelgusi avlodlarning extiyojlarini hisobga olgan holda
tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof - muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda
amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish - jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida maqsad va mazmuniga ko’ra
farqlangan. Tabiatni muhofaza qilishning dastlabki bosqichida yo’qolib borayotgan alohida o’simlik va
hayvon turlarining muhofazasi amalga oshirilgan.
Insoniyatning extiyojlari o’sishi bilan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish
bosqichi vujudga kelgan.
Atrof - muhitning xozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi - insonning tabiatga tasiri
umumsayyoraviy miqyosga etgan XX asrning o’rtalarida boshlangan. Bu boskichning asosiy vazifasi -
ekologik tizimlarni
muhofaza qilish, ularning o’z - o’zini tiklash qobiliyatini taminlash va biosferadagi
muvozanatni saqlashdir.
Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari - tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish,
chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof - muhitni ifloslanigidan saqlash, salbiy o’zgarishlarni
bashorat qilish, ularning oldini olishdan va hokazolardan iboratdir.
Tabiatni muhofaza qilish haqidagi fan juda serqirra bo’lib, u faqatgina geografiya, biologiya,
fizika, kimyo, iqtisod va boshqa ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlar tutashgan joydagina muvaffaqiyatli
rivojlanadi.
Insonning tabiatga bevosita
va bilvosita, ijobiy va salbiy tasir shakllari ajratiladi.