Muhandislik texnologiyalari


Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə18/19
tarix28.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#135200
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1UVCh terapiya

Tabiiy muhitning sifatini belgilovchi standartlar
Xozirgi vaqtda texnika taraqqiyotining rivojlanish daradasiga qarab, inson, jonivorlar va o‘simliklarning salomatligiga beziyon bo‘lgan tabiiy muxit xolatini va sifatini belgilovchi me’yornomalar mavjud. Ular sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqarilgan bo‘lib, davlat standartlari (andozalari) – GOST sifatida xozirgacha mustaqil Respublikalarda ham foydalanib kelinadi. Suvning sifatini Davlat standarti bilan belgilashda ulardagi zararli moddalardan tashqari, kislorot konsentratsiyasining me’yoriy miqdori ham inobatga olinadi. Kislorodning konsentratsiyasi y 1 mg organik moddani 2,5,8,10,20 sutka davomida biokimyoviy oksidlanishga ketadigan kislorod miqdori biokimyoviy jarayonlarni to‘lik ta’minlaydigan kislorod miqdori va suvning kislorodga bo‘lgan umumiy kimyoviy zaruriyat miqdorlari bilan aniqlaniladi.


Ekologiya monitoringi
Monitoring tizimida litomonitoring gidromerologik monitoring biomonitoring bo‘limlari bo‘lib ular har xil mutaxassislikdagi tashkilot va vazirlar tamonidan o‘rganiladi . Monitoringni tashkil etishda eng muhim ishlardan biri nazorat maydonlarini tanlash va uni tegishli asboblar bilan jixozlashdir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Stokgolmda qabul qilingan Dekloratsiyasida (1981), atrof-muhit toksik va boshqa moddalarni chiqarmaslik, issiqlikni me’yoridan oshirmaslik, tabiat o‘zini tiklay olmaydigan holga kelib qolish holatlarini tugatish lozimligi ko‘rsatilgan buning uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, kam chiqindili va kelajakda chiqindisiz texnologiyalarga o‘tish zarur. Kam chiqindili texnologiyalarga o‘tish faqat sanoat korxonalarigagina tegishli bo‘lmay, balki chorvachilikka ham tegishlidir. Chiqindisiz ishlash texnologiyasi deganda, chiqindilarni yig‘ib olish, zararsizlantirish, ularni qayta ishlab, biror foydali maxsulotga aylantirish ishlari kiradi. Buning uchun korxonalarning har xil bo‘limidan chiqadigan turli tarkibli chiqindi gaz va oqova suvlarini tozalash inshoatlarida birdaniga tozalamay, aloxida-aloxida yig‘ib olib, ulardan kerakli moddalarni ajratib olish osonlashadi. Tozalangan gaz va suv esa qayta ishlatilishi mumkin. Xuddi shuningdek bir korxonadan chiqqan chiqindi, ikkinchi korxona uchun xom ashyo ishlatiladi.
Shunday qilib, insonlarning xo‘jalik, texnik faoliyatlari bilan tabiiy muxit orasidagi munosabat bir-birlariga bog‘liq tizim xisoblanib, ular boshqarilib turilishi lozim. Boshqarish ishlari sifatli bajarilsa, tabiiy komponentlarga yetkaziladigan zarar me’yoridan oshmasa, tabiat jarroxatlarining tiklanishi, xatto o‘z xoliga kelishi mumkin. Bunda bir tizimda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning, albatta, boshqasiga xam ta’sir etishini inobatga olish kerak. Tizimning qat’iy chegarasi bo‘lmaganligi sababli, ba’zan ifloslangan yerlarda ham katta o‘zgarishlar vujadga kelishi mumkin. Masalan, kislotali yomg‘irlar yuzlab kilometrlarga tarqalib, o‘simlik, tuproq va inshoatlarni shikastlashga olib keladi. Respublikamizda ham manitoring tizimi tashkil qilingan. Xozirga qadar bu borada ma’lum yutuqlarga erishilganliligiga qaramay, xali bu soxada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Mustaqillikka erishgan Respublikamiz AQSh va shu kabi taraqqiy etgan davlatlardagidek “Monitoring” tashkil etilishisha ishonamiz. Amerikada ekologik monitoring keng tarmoqli bo‘lib, xukumatdan ajralgan mablag‘ xisobiga faoliyat ko‘rsatadi. Uning ishlarini Verjiniyadagi Boston ilmiy markazi boshqarib turadi. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan hamma tabiiy elementlar nazorat qilinib turiladi. O‘lchov ishlari AQSh ning hamma yeridan bir vaqtda avtomatik o‘lchov asboblari yordamida olib boriladi. Bir yoki bir necha shtatlardan olingan ma’lumotlar bir axborot markaziga yig‘iladi. Ular soha yaqinligiga qarab guruhlanib, ekolog mutaxassislar tomonidan tekshirilib, umumlashtiririlib, tegishli chizma, kesma, haritalarni kompyuterda tuzib tabiiy muhitdagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Zararlanish me’yoridan oshgan yerga tezda axborot markazidan mutaxassislar jalb etilib, tekshirish o‘tkaziladi, natijalari asosida bildirishnomalar yozilib, unda tegishli tavsiyalar beriladi. Uning bir nusxasi aybdor tashkilot rahbariyatiga yuboriladi. Aybdor tabiatga keltirgan zararni tezda tuzatmasa, u katta jarima to‘lashga majbur etilishini biladi. Shuning uchun, aksariyat hollarda aybdor o‘z vaqtida xukumat rahbarlari aralashmasidan tabiiy muxitni tiklovchi tadbirlarni o‘ztkazadi. Tabiatdagi salbiy jarayonlarning, uning sababchisini vaqtida aniqlash, o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish, tabiiy muhitni shkastlanishdan saqlash imkoniyatini beradi. Tabiiy muhitdagi o‘zgarishlarni o‘rganish va bashoratlashda inson faoliyati ta’siridan tashqari iqlimning tabiiy o‘zgarib turishini ham inobatga olish zarur. Yerdagi harorat va u bilan bog‘liq bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari kunlik, fasliy takrorlanishdan tashqari, 11,22, 90, 170, 350 kabi ko‘p yillar, asrlar va hatto geologik davrlar davomida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini inobatga olish ham muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo kabi quruq va issiq iqlimli sharoitda yozgi haroratning past kelishi o‘simlik kasalliklarini ko‘paytirib, xosilning pishish muddatini kechiqtirsa, yog‘ingarchilik kamligi esa suv tanqisligiga sabab bo‘ladi.Ayniqsa lalmikor yerlarda dexqonchilik qilish va o‘rmonchilikka katta ta’sir ko‘rsatadi.
Butun dunyo mamlakatlarida tabiatni saqlab qolish, insonni qarab turgan tabiiy muhit “sifati” mavjud va potensial energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlab qolish masalalarini ko‘zda tutuvchi ekologik - iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun nazariy va amaliy qadamlar zarurligi tan olingan. G‘arb adabiyotlarida “Har qanday qurilishi mo‘ljallanayotgan ob’ektlarni tabiiy muhitga ta’sirini baholash”. Ekologiya ekspertizasi tushunchasi bilan ma’nodosh. Tushuncha sifatida teng targ‘ib qilinadi. Majburiy ekologik ekspertiza jarayonini amalda barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlkatlarda yo‘lga qo‘yilgan. 1969 yilda AQSh da xo‘jalik amaliyotida loyixalarning ekologiya ekspertizasi “Atrof-muhitni muxofaza qilish sohasida milliy siyosat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan, yo‘lgan qo‘yilgan. Mamlakatda ekologiya ekspertizasi ishi federal idoralarining asosiy faoliyati xisoblanadi. G‘arb mamlakatlarida “Ob’ektlarning tabiiy muhitga ta’sirini baholash”ga sarflanadigan mablag‘ loyixa smeta qiymatining o‘rtacha 1 foizini tashkil qiladi. Chet mamlakatlar tajribasi ekologiya ekspertizasining iqtisodiy samarasini yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida mavjud ekologik muammolarni yechish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning xuquqiy, iqtisodiy hamda tashkiliy asoslarini belgilab berish maqsadida qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish tug‘risida”gi Qonunida davlat ekologiya ekspertizasining maqsadlari va uning ob’ektlari aniqlab berilgan. Qurilishga yoki boshqa maqsadda ishlatishga mo‘ljallangan sanoat korxonasining, biror qurilma yoki asbobining tabiiy muhitga ta’sirini aniqlash uchun ular ekologiya ekspertizasidan o‘tkaziladi. Ekspertizaning asosiy vazifasi tabiiy muxitni insonning zararli faoliyatidan mahofazalashdir. Sanoat korxonalari, suv inshoatlarini qurish yoki ta’mirlash loyixalarini ekspertizadan o‘tkazish yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzitish imkoniyatini beradi. Ekspertizada qurilish va ta’mirlashdan tashqari, davlat standartlari kimyoviy moddalarning qo‘llanish texnik sharoitlari, tarsnport vositalari va ularni ishlatish vaqtida muhitga tarqatilgan zararli moddalari, shovqin, elektromagnit to‘lqin kabilar bilan ta’sirni kamaytirish maqsadida maxsus qurilmalar quriladi.
Ekspertizalarning davlat va tashkilot turlari bor. Davlat ekologiya ekspertizasini tabiatni muxofazalash Davlat qo‘mitasi o‘tkazadi. Ko‘p qirrali muhim qurilishlarni har tomonlama mukammal o‘rganish maqsadida har xil mutaxassislardan iborat ekspert komissiyalari tuziladi. Tashkilotlarning ekologiya ekspertizasini vazirlik va tashkilotlarning tabiatni muxofazalash bo‘limi va sanitar-epidemiologiya bo‘limi hodimlari o‘tkazadilar. Ekspertiza davlatning ekologiyaga oid qonun va qoidalariga asoslanib olib boriladi, chiqariladigan chiqindi va ularning salbiy ta’sirlari me’yornomada ko‘rsatiladi. Chiqindilar ruxsat etilgan chegaraviy me’yor REChM dan oshib ketmasligiga alohida ahamiyat beriladi. Sanoatni yoki unda ishlatiladigan asbob-uskunani ekologik jixatdan xaHavsizligi yoki sozligi ulardan chiqadigan chiqindilar miqdori va ularning toksikligi xususiyatlari bilan belgilanadi. Agar yangi texnologik jarayon oldingisiga nisbatan kamroq chiqindi chiqarsa, u ekologik xaVFsizkro xisoblanadi.
Ekologiya ekspertizasida tabiiy muhitga shikast yetkazish orqali xalq xo‘jaligiga yetkaziladigan zararlar ham xisoblanadi. Zararlarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin: a) bo‘lgan zararlar; b) bo‘ladigan zararlar va v) oldi olingan zararlar. Bo‘lishi mumkin zararlar tegishli choralar kqrilmaganligi oqibatida zararlardir. Choralar ko‘rilgandan so‘ng ham, xalq xo‘jaligiga yetkazilgan zararlar bo‘ladigan zarar xisoblanadi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan yana bo‘ladiganini ayirsa oldi olingan zarar miqdori kelib chiqadi. Zararlarni xisoblashda muxitning ifloslanish darajasi, muhitni ifloslanishi inosn salomatligiga, xalq xo‘jaligiga yetkazadigan zarari, jumladan, qishloq xo‘jaligigi yetkazadigan zarari, jumladan, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va sanoat korxonalari ko‘radigan zarar, havo tarkibining o‘zgarishi, kislatali yomg‘irlar ta’sirida inshoatlar, tarixiy obida va xaykallarning buzilishining tezlashishidan keladigan zararlar inobatga olinadi. Zararlarni birlamchi va ikkilamchi xillari bor. Birlamchisi, ishlab chiqarish jarayotnlari bilan bog‘liq. Tabiiy muhitga keltiriladigan zarar iqtisodiy va ekologik bo‘lishi ham mumkin. Masalan, muhitning ifloslanishi natijasida biror xo‘jalikning dexqonchiligi va chorvachiligiga kelitirilgan zarar iqtisodiy zarar bo‘lib, uning o‘rnini pul bilan qoplasa bo‘ladi. Ekologik zarar esa, biror shaxs yoki aniq tashkilotga tegishli bo‘lmaydi, u tabiiy muhitga zarar yetkazish orqali inson salomatligiga va faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ekologik zararni o‘z navbatida ikkiga bo‘lish muikin. Birinchisida kelitirlgan zararni yo‘qotish uchun qayta tiklash, ta’mirlash ishlar o‘tkazish mumkin, ikkinchi xil ekologik zararni esa tiklab bo‘lmaydi. Bunga asosan qazilma boyliklarini ishlatishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish va ularni butunlay yo‘qotib yuborish kiradi. Bunday ishlardan keladigan zararni hisoblab bo‘lmaydi. Xulosa sifatida umumlashtirib, tabiiy muhitga keltirladigan zararning quyidagi guruxlarini ko‘rsatishimiz mumkin:
Xavoni tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar bilan ifloslantirish; Xo‘jasiszlik bilan suvni isrof yetish va suv xavzalarini ifloslantirish;
Yerlarni sanoat, kurilish, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirib, ularni qayta tiklash (rikultivatsiya) choralarini ko‘rmaslik;
O‘rmon, to‘qay va cho‘l o‘simliklarini yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘ladigan ishlar;
Ovchilik qoidalarini buzish va jonivorlar yashaydigan muhitni ifloslantirish;
Dexqonchilikka zararli kimyoviy moddalardan foydalanish tartiblarini buzish;
Qayta tiklanmaydigan qazilma konlaridan xo‘jasizlarcha bir tomonlama foydalanib, kon va kon sanoati korxonalari atrofini zararli chiqindilar bilan shkastlab, qayta tiklash choralarini ko‘rmaslik.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə