Mundarija


Yangiusul maktablarning tashkil etilishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə34/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

Yangiusul maktablarning tashkil etilishi


Turkiston bosib olinganidan keyin Rossiya imperiyasi ma'murlari oldida kelib chiqishi rus bo`lgan bolalarga ta'lim berish, shuningdek, mahalliy aholi orasida rus madaniyatini yoyishga asos yaratishga imkon beruvchi mahalliy xalq ta'limi tizimini shakllantirishdek muhim vazifa turar edi. Bundan tashqari, chor ma'murlari mustamlaka ma'muriyatida va Rossiya tijorat korxonalarida xizmatda foydalanish uchun mahalliy amaldorlar tabaqasini yaratishga intilar edi. Mahalliy aholi farzandlari uchun dunyoviy ta'lim dasturiga ega qator ta'lim muassasalarini tashkil qilish mo`ljallangandi.

1886-yildan boshlab Turkistonda "Rus-tuzem maktablari" deb nomlangan maktablar vujudga kela boshladi. Bu yerda rus korxonalari bilan bog`liq bo`lgan tijorat tuzilmalarida xizmat qilish uchun mutaxassislar tayyorlanar edi. Umuman olganda, rus-tuzem maktablari uncha ommalashmagandi. 1906-yilda bunday maktablar bor yo`g`i 82 taga yetdi va ularda 3 mingga yaqin o`quvchi ta'lim olar edi.

1896-yilda Toshkentda birinchi gimnaziya ochildi va bu yerda qadimiy tillar emas, balki zamonaviy tillar o`qitilar va kundalik turmushda zarur bo`ladigan bilimlar o`rgatilar edi.

Jadidlar, xalq ta'limida yangi usullar markaziga aylana oladigan, milliy madaniyat, islom, an'analar va odatlarni himoya qilishda ishonchli vosita bo`ladigan o`z milliy maktablarini tashkil qila boshladilar. Bu maktablar "yangiusur jadid maktablari deb atala boshlandi.

Unda xalq tarixi o`qitilar, matematika, tabiiyot, geografiya va ona tili bo`yicha yangi dunyoviy mazmundagi darsliklar asosida ta'lim olib borilar edi. Jadidlar o`quvchilar tarixni o`rganishi uchun alohida ahamiyat berdilar. Maktablar va madrasalarda odatda islomga asos solingan muqaddas diniy tarix o`qitilar edi. Jadidlar esa turkiy xalqlar va Turkiston o`lkasi tarixi bilan bog`liq bo`lgan dunyoviy tarixni o`qita boshladilar. Ular yagona millat va yagona vatanning yagona tarixini o`qitishardi. Birinchi jadid maktablari Buxoro, Toshkent, Qo`qon, Andijon va Xivada ochildi.

"Rus-tuzem maktablari" Turkiston general-gubernatorligi hududida faqat Farg`ona, Toshkent va Samarqandda faoliyat ko`rsatardi. Jadidlarning g`oyalari o`zbek xalqining umum-milliy g`oyalariga aylandi va o`zbek xalqining ma'naviy birligi shakllanishiga imkoniyat yaratib berdi.

Jadidlar tomonidan ularning maktablari uchun tayyorlangan darsliklar sharhi vatan va xalq birligiga da'vat hamda o`z o`quvchilarida ona Vatani oldida mas'uliyat hissini, uning ravnaqi yo`lida mehnat qilish majburiyati hissini tarbiyalash ularning markaziy g`oyasi ekanligidan dalolat beradi. o`zbek milliy madaniyati, adabiyoti va san'ati shakllanishida yetakchi rol o`ynagan qator taniqli olimlar, yozuvchilar, rassomlar, artistlaf o`z tahsili va faoliyatini jadid maktablarida boshlashgan. Ular orasida shoir va dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929), shoirlar g`afiir g`ulom (1903-1966), Uyg`un (1905-1990), yozuvchi Muso Toshmuhammad o'g`li Oybek (1905— 1968) va boshqalar bor.

Yangiusul maktablarida yangi maorif ziyolilari shakllandi. Jadidlar maktabida ta'lim olgan Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy(1878-1934), Mo`minjon Muhammadjon o`g`li, Fayzulla Xo`jayev, Botu va boshqalar xalq maorifi sohasida halol mehnat qildilar.



Munavvar Qorining “Odob” darsligi

Mustamlaka ma`muriyatining yangi-usus maktablariga qarshi qurash


Jadid maktablari ommaviyligi va mashhurligi mustamlakachi ma'muriyatni tashvishga soldi. Podsho hokimiyati ularda mustamlaka tartibotlari uchun ulkan xavfxatarni ko`rdi va hokimiyat jadidlarni oshkora ta'qib eta boshladi, xalq ta'limi ishlarida ularning faoliyati taraqqiy topishiga to`sqinlik qildi.

1908-yilda Turkiston general-gubernatorligini tekshirgan graf va senator Konstantin Palen o`z hisobotida shunday yozadi. "Yangiusul maktablari nihoyatda jiddiy e'tiborga sazovordir. Musulmon hayoti islohchilari hatto maktablarni ham o`z qo`liga olishga intilayotir. Tegishli ma'muriyat va dasturlar bilan ular islohotchilik ideallari uchun kuchli, ma'rifatli harakatni vujudga keltirishni rejalashtirishgan. Yangiusul maktabi muallimi bir yozishmasida shunday yozadi: "Maktab kelajakda yagona davlatni barpo etish negizidir".

Matbuotda yangiusul maktablari tanqid qilindi va kamsitildi. Mustamlakachi hokimiyat maktablarda xorijiy turk va fors adabiyotidan foydalanishni taqiqlab qo`ydi, mahalliy o`quv adabiyoti nashrlariga nisbatan senzura joriy etildi. Podsho hukumati ma'murlari boshida yangiusul maktablari faoliyatini cheklab qo`yishni, keyin esa butunlay yopib tashlashni ko`zladi. Xiva hamda Buxoro musulmon ruhoniylari va davlat hokimiyati ham jadid maktablariga qarshi chiqdi.

1911-yilda mustamlakachi ma'murlar 50 ta yangiusul maktablarini yopib qo`yishdi, qolganlarida esa rus tili majburiy fan sifatida o`qitila boshlandi. 1913-yilga kelib, Buxoro amirligidagi barcha yangiusul maktablari yopib tashlandi va yangi maktablar ochish uchun ruxsat berilmay qo`yildi.



Yakunlarni chiqaramiz

-islom dini — Turkiston ma'naviy hayotining asosi edi;

-Buxoro — islom markazi edi;

-maorif — maktablar, madrasalar, yangiusul maktablaridan iborat edi;

-yangiusul maktablarida yangi ma'rifatparvar ziyolilar shakllandi;

-1911-yil — podsho hukumati tomonidan 50 ta yangiusul maktablari yopib qo`yildi;

-1913-yil — Buxorodagi yangiusul maktablari yopib tashlandi.

37-38-§. XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA ILMIY TADQIQOTIAR VATARIXIY FANLARJNING RIVO.JLANISHI

Ilmiy tadqiqotlar


XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya hukumati tomonidan Turkiston o`lkasini o`zlashtirishga kirishildi. Eng avvalo, 1867yilda mintaqaning bosh xaritasi tuzib chiqildi va iqlimini o`rganish uchun Toshkentda meteorologiya stansiyasi tashkil etildi. Ammo uzoq vaqt davomida keng ko`lamli ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish deyarli amalga oshirilmadi.

Faqat XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida o`rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan tadqiqot ishlarida, garchi ana shu davrda tadqiqotlar asosan tashabbuskorlar kuchlari bilan davlatning ko`magisiz amalga oshirilgan bo`lsa-da, birmuncha jonlanish ko`zga tashlandi. Rossiya davlati noharbiy maqsadlarga mablag` sarflashni

istamasdan, faqat harbiy-siyosiy nuqtayi nazardan mintaqa ahamiyatini ko`rib chiqqan edi. 1871-yili tashkil etilgan o`rta Osiyo Olimlar jamiyati mablag` yo`qligi tufayli 1893-yilda o`z faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan edi.

1876-yilda Toshkentda Turkiston muzeyi, hozirgi o`zbekiston tarixi muzeyi tashkil qilindi. Muzeyda nodir qo`lyozma kitoblar, vaqf hujjatlari, buyumlar, turli davrlarga oid jangchilar qurollari saqlanadi. Etnografik material o`zbeklarning turmushiga oid buyumlar va liboslaridan iborat edi. Eng yangi tarix davri buyuk olimlar va davlat arboblarining hujjatlari, fotosuratlari va shaxsiy buyumlari vositasida tasvirlangan. Muzey fondida 155 mingdan ziyod eksponat mavjud edi.

Bu davrda, ayniqsa, Turkiston Qishloq xo`jaligi jamiyati faol ishladi. Jamiyat nashr ettirgan "Turkestanskoe selskoye xozyaystvo" jurnali qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi, yerlarni sug`orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilg`or usullarni targ`ib qildi. Qishloq xo`jaligi jamiyati paxtachilikni rivojlantirish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar bilan shug`ullandi va 1897-yilda dastlabki yutuqqa erishdi, ya'ni mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan o`ziga xos o`rta Osiyo paxtasining dastlabki tonnalari yetishtirildi.

Toshkentdagi birinchi yangiusul maktabi binosi.1896yil.

O`rta Osiyo tabiati tadqiqotchilaridan biri Prjevalskiyga yodgorlik.

Seversev Nikolay Alekseyevich (1827—1885) —1857-yilda Orolbo`yi va Sirdaryo pasttekisliklariga uyushtirilgan ekspeditsiya bilan Turkiston o`lkasiga kelgan o`rta Osiyoni tadqiq etishda faol ishtirok etgan olimlardan biri. Shundan keyin u o`rta Osiyoga yana to`qqiz marta ekspeditsiya uyushtirdi va so`nggi marta 1879-yilda Yettisuvga keldi. Uning "Turkiston o`lkasiga sayohat" asariga o`rta Osiyo tabiati, iqtisodiyoti va xalq turmushiga xos bo`lgan ma'lumotlar kiritilgan edi. Ushbu kitob birinchi marta 1873-yilda nashr etilgan.

Semyonov-Tyanshanskiy Pyotr Petrovich (1827—1914) — taniqli olim, geograf, sayohatchi, Rus geografiya jamiyatining ko`pyillik rahbari, o`rta Osiyo tadqiqotchisi 1856— 1857-yillarda Tyan Shanga bir necha bor sayohat qilgan. Ushbu jamiyat tomonidan Shimoliy Tyan Shan tizma to`glari xaritasi yaratilgan bo`lib, unda tog`ning geologik tuzilishi, hayvonot va o`simlik olami bayon qilingan. U 1888-yilda yana Turkiston o`lkasiga sayohat qildi va taassurotlari "Rus geografiyasi jamiyati xabarlari"ning 1888-yil 5-sonida e'lon qilingan "Turkiston va Kaspiyorti o`lkasi 1888-yilda" deb nomlangan ocherkida bosilib chiqdi.

Fedchenko Aleksey Pavlovich (1841-1873) sayohatchi va tadqiqotchi sifatida Zarafshon vodiysiga sayohat qilgan, Sharqiy Qizilqum, Turkiston, Hisor, Oloy. tizma tog`larini, Oloy vodiysini va birinchi marta Pomir-Oloy vodiysini o`rgangan olim. Uning "Turkistonga sayohat" nomli kitobi vafotidan so`ng 1875-yilda nashr etildi. U 1873-yil sentabrida Monblan alp muzligiga ko`tarilayotganida halok bo`lgan.

1874-yilda olim, geograf, geolog va sayohatchi Mushketov Ivan Vasilyevich (1850—1902) g`arbiy Tyan Shan tizmasi, Sirdaryo vodiysiga sayohat qilgan. 1877—1880-yillarda u rus olimlarining o`rta Osiyodagi tadqiqotlarini davom ettirdi va to`plagan ma'lumotlarini "Turkiston"deb nomlangan ikki tomlik asarida e'lon qildi, 1881-yilda G.Romanovskiy bilan birgalikda Turkiston o`lkasining geologik xaritasini tuzdi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə