deyilganda, ushbu kategoriyaning hayotda ko‘p martalab qaytarilib
turiladigan va takrorlanib turiladigan xatti-harakatlari tushuniladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida soliqlarning h a m faqat o 'ziga xos
funksiyalari mavjud. Shuni t a ’kidlash lozim -ki, birinchi navbatda
soliqlarning qiymat dastagi sifatida darom adlarni taqsimlash va qayta
taqsimlashi amalga oshiriladi. Iqtisodiy adabiyotda iqtisodchi olim lar
o ‘rtasida soliqlarning funksiyalari t o ‘g‘risida yagona fíkr mavjud emas.
Lekin ularning b a rc h a sin i soliqlarning fiskal (xazina) funksiyasi
t o ‘g ‘risida yagona fikr mavjud. Soliqlarning boshqa funksiyalari esa
hozirgi davrda davlat bajaradigan funksiyalarni ko‘payganligi bilan
bevosita bog‘liqdir. Bunga yorqin misol qilib, hozirda davlat o'zining
a n ’anaviy fu nksiyalarid an tashqari ja m iy a td a , b irinchi n a v b a td a
iqtisodiyotda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solib
turish funksiyasini ko'rsatish mumkin.
Hozirda k o ‘p iqtisodchi olimlar soliqlarning quyidagi funksiyalarini
ajratib k o ‘rsatadilar: fiskal, tartibga solib turu v ch i, taqsim lovchi,
rag‘batlanturuvchi (so‘ndiruvchi) va nazorat funksiyalari. Bu sohada
0 ‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar esa soliqlarning ikki funksiyasini ajratib
k o‘rsatadilar: taqsimlash va nazorat funksiyalari. Iqtisodiy adabiyotda
soliqlar bajaradigan funksiyalar t o ‘g ‘risida iqtisodchi o lim larn in g
fikrlarini o'rganish va hozirgi vaqtdagi soliqlarni iqtisodiyotdagi o ‘rnini
yangicha tahlil etgan holda soliqlar bajaradigan funksiyalar t o ‘g ‘risida
o ‘z fikrimizni bildiramiz. Bizning fikrimizcha soliqlar quyidagi funksiya
larni bajaradi:
1. Fiskal (xazina) funksiyasi;
2. Taqsimlash funksiyasi;
3. Rag'batlantirish (so'ndirish) funksiyasi;
4. N azorat funksiyasi.
Soliqlarning fiskal (xazina) funksiyasi orqali davlat o'ziga yuklatilgan
vazifalar: iqtisodiy, ijtimoiy, m udofaa va boshqalarni bajarish u ch u n
zarur boMgan moliyaviy resurslarni davlat budjeti daromadlari qismida
jam lanishi amalga oshiriladi. Soliqlarning fiskal funksiyasining asosiy
maqsadi bu — davlat moliyaviy resurslarini o ‘z m uddatida va to 'liq
shakllantirish hisoblanadi.
Bu funksiyani y uqori darajada am alga oshirilishi, y a ’ni soliq
tushum larini k o ‘payishi davlat faoliyati u c h u n q o ‘shim cha moliyaviy
im k o n iy at y a ra ta d i. B uning natijasid a so liqlar o 'z la rin in g fiskal
funksiyasi y o rd a m id a davlatning iqtisodiy qudrati ortishi am alg a
oshadi.
Soliqlam ing taqsimlash funksiyasi yordam ida davlat iqtisodiyotni
boshqarish va tartibga solib turishni amalga oshiradi. Bu funksiyani
amalga oshirishda soliqlar darom adlar, baholar, foizlar, aksiyalar kursi
dinamikasi va tariflar bilan o ‘zaro bog'liq holda faoliyat k o ‘rsatadi.
U shbu ja r a y o n d a soliqlar m a m la k a t m illiy d a r o m a d in i, x o ‘jalik
yurituvchi subyektlar h am d a aholi darom adlarini taqsim lash va qayta
taqsimlashda asosiy dastak b o ‘lib hisoblanadi. Soliqlarning taqsim lash
funksiyasi n a fa q a t daro m ad larn i taqsim lashda, balki k a p ita lla r va
investitsiya resurslarini taqsimlashda ham ishtirok etadi. Shuni t a ’kidlash
lozim-ki, soliqlar taqsimlash funksiyasida b a ’zi soliqlar stavkasini yuqori
darajada o'rnatilishi orqali amalga oshiradi. Soliqlarning taqsim lash
funksiyasi yordam ida davlat m am lakat iqtisodiyotidagi h a m d a jam iyat
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga bevosita t a ’sir k o 'rsa ta d i. M asalan,
davlat soliqlar yordam ida yuqori rentabellik faoliyat tu rla rid an m a ’lum
darom adlarni undirib, ularni iqtisodiyotni past rentabellik yoki zarar
ko'rib faoliyat k o ‘rsatuvchi lekin o ‘z faoliyat bilan ja m iy a t hayoti
uchun zarur b o ‘lgan sohalarga sarflashi m um kin. M a m la k at aholisi
u c h u n d a ro m a d la ri b o ‘yicha progressiv shkala y o r d a m id a yuqori
darom ad topadigan toifadan yuqori stavka yordam ida u larn in g d aro
madlarini qayta taqsimlash imkoniyatiga ega b o ‘ladi.
Soliqlarning rag‘batlantirish (so‘ndirish) funksiyasi o ‘z m ohiyatiga
asosan yuqorida qayd etilgan fiskal va taqsimlash funksiyasining hosilasi
hisoblanadi. Soliqlarning bu funksiyasini k o ‘p iq tis o d c h i o lim lar
m akroekonom ik darajada tartibga solish deb hisoblashadi, ch u n k i bu
funksiya barcha x o ‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning ham da
davlatning iqtisodiy manfaati bilan bevosita bog'liqdir.
Amaliyotga kiritiladigan h ar bir soliq o ‘z kiritilishi m aqsadidan
q a t ’i n a z a r o ‘z m o h iy a tig a a s o sa n b ir v a q tn in g o ‘z id a so liq q a
tortilmaydigan faoliyat turlari u c h u n rag‘batlantiruvchi va aksincha
soliqqa tortiladigan faoliyat turlari u c h u n so ‘ndiruvchi sifatida t a ’sir
ko‘rsatishi m um kin. Iqtisodiyotga yangi soliq turini kiritilishi x o ‘jalik
yurituvchi subyektlar hisobida b a ’zi qonunbuzarlikka sabab b o ‘lishi
h am mumkin.
Har bir rag‘batlantiruvchi (so‘ndiruvchi) funksiya sifatida u o ‘ziga
xos rag‘batlantiruvchi shakllar va elem entlar hisoblangan soliq b o ‘yicha
imtiyozlar tiz im i va rag‘b a tla n tirish , c h eklo vch i s ta v k a lar h a m d a
faoliyatni t o ‘xtatib q o ‘yish kabi dastaklardan foydalanadi.
Shuni t a ’kidlash lozim -ki, b a ’zi iq tiso d ch i o lilar so liq larn in g
rag‘batlantirish (so'ndirish) funksiyasini doim iy xarakterda e m a s degan
Dostları ilə paylaş: |