qarash asosida uni mustaqil funksiya sifatida tan olishmaydi. Ularning
fikricha, m am lakatda davlat budjeti taqchilligi (defitsiti) sharoitida
soliqlarning bu funksiyasi amal qilmaydi. Biz iqtisodiyotni rivojlangan
m am lakatlarning iqtisodiy rivojlanish tajribasini tahlil etgan hamda
0 ‘z b e k isto n R espublikasi iqtisodiyotini rivojlanish bosqichlarini
o 'rg a n ib chiqib yuqoridagi fikrga o ‘z e ’tirozim n i bildirishga asos
mavjud deb hisoblaymiz. Bunga misol qilib, 0 ‘zbekiston Respublikasida
1994— 1997-yillarda bank tizim ini rivojlantirish m aqsadida tijorat
banklari bir necha soliq turi to'lashdan ozod etilib, hisoblangan soliq
sum m alari tijorat banklarini m oddiy-texnika bazasini takomillash-
tirishga y o ‘naltirildi. Xuddi shu yillari m am lakatim izda davlat budjeti
taqchilligi (defitsiti) mavjud edi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni,
ferm er x o ‘jaliklarni rivojlantirish u ch u n soliqlar bo 'y ich a berilgan
im tiyozlar fikrimizcha q o ‘shim cha asos hisoblanadi.
Soliqlarning n azo rat funksiyasi o ‘z m o h iy atig a k o ‘ra himoya
funksiyasini, ya’ni davlat va soliq to ‘lovchilar o'rtasidagi soliq muno-
sabatlarini olib borilishini t a ’m inlash hamda vakolatli davlat organ-
larin in g amaldagi q a t’iy faoliyatini bajarilishini am alga oshiradi.
Soliqlarning nazorat funksiyasiz uning boshqa funksiyalarini amalga
oshirilishi o ‘z m a ’nosini yo'qotadi.
Shuni t a ’kidlash lozim-ki, soliqlarning nazorat funksiyasi amaldagi
q o n u n lar va huquqlarga asoslangan holda soliq to'lovchilarni qonun-
chilikka b o ‘ysunishiga, unga rioya qilinishini q o n u n kuchi ostida
m ajburiy amalga oshiradi. M am lakatda davlat hokimiyatini kuchsiz-
lanishi soliqlarning nazorat funksiyasini kuchsizlanishiga olib keladi.
0 ‘z navbatida, soliqlarning nazorat funksiyasini kuchsizlanishi davlat
hokim iyatini kuchsizlanishiga omil b o ‘lishi m um kin.
Soliqlarning nazorat funksiyasi aniq ko'rinishida soliq to ‘lovchi
yu ridik va jism on iy shaxslarning soliq qo n un chiligiga q a t ’i amal
q ilin is h id a , so liq larn i o ‘z m u d d a tid a va t o ‘liq davlat budjetiga
t o ‘lanishida, moliyaviy jazo choralarini sam aradorligida n am oyon
b o ‘ladi.
Soliqlarning nazorat funksiyasi yordamida vakolatli davlat organlari
m am lakatdagi yaratilgan yalpi ijtimoiy m ahsulot va milliy daromad
qiymatini ham da undagi soliqlarning ulushining hisob-kitobi va nazorati
olib boriladi. Ushbu nazorat orqali davlat budjetiga soliq tushumlarini
kelib tushushini m iqdoriy o'lcho v i amalga oshadi, ularni davlatni
moliyaviy resurslarga b o 'lg an ehtiyojiga taqqoslanish bajariladi ham da
shu asosda amaldagi soliq qonunchiligiga, y a ’ni soliqlar kiritilishi,
soliq stavkalarini o'zgartirilishi va imtiyozlar tizimiga q o ‘shim chalar
kiritilishiga imkoniyat yaratiladi. Bulardan xulosa qilish m u m kin-ki,
so liq larnin g n a z o ra t funksiyasining q o n u n iy kuchliligi v a un ing
samaradorligi u ning boshqa funksiyalari amal qilishini aniqlab beradi.
Shuning u c h u n , agar soliqlarning n azo rat funksiyasi a m ald a kuch-
sizlansa, o ‘z navbatida uning boshqa funksiyalari samaradorligi pasayi-
shi mumkin.
3 .1 3 . Soliqlarning turlari va ularga tasn if
M a ’lumki, hozirda dunyo m am lak atlarida ju d a xilma-xil va k o ‘p
miqdordagi soliqlar amal qiladi. H a r bir alohida olingan m am lakatda
o'ziga xos soliqlar amal qiladi. B a ’zi m am lakatlarda amal qilayotgan
soliqlar boshqa mamlakatlar soliqlariga o ‘xshab ketadi, boshqalardan
u m u m a n farq qiladi. Soliqlarni a m al qilishi m am lakatnin g tarixiy,
geografik, iqtisodiy va ijtimoiy holatid an kelib chiqadi.
Xalqaro am aliyotda soliqlarni tasniflash u ch u n turli m ezonlardan
foydalaniladi. Hozirgi zamon soliqqa tortish am aliyotida soliqlarni
guruhlarga ajratishda quyidagi tam oyillardan keng foydalaniladilar.
Soliqlarning undirilishi darajasiga (budjet tizimi b o ‘g‘iniga o ‘tkazish)
asosan — um um davlat va mahalliy soliqlar. 2007-yil 25-dekabrda qabul
qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi t o ‘g ‘risida»gi
qonuniga asosan umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan d a ro m a d solig‘i;
2) jism oniy shaxslardan olinadigan d a ro m a d solig‘i;
3) qo'shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik u c h u n soliq;
6) ekologiya solig‘i;
7) suv resurslaridan foydalanganlik u c h u n soliq.
Mahalliy soliqlar va yig'imlarga quyidagilar kiradi:
1) m ol-m ulk solig‘i;
2) yer solig‘i;
3) reklama solig‘i;
4)
avtotransport vositalarini olib sotganlik u c h u n soliq;
5) savdo-sotiq qilish huquqi u c h u n yig‘im, shu ju m la d a n ayrim
turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari;
6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul-
lanuvchi jism oniy shaxslarni r o ‘yxatga olganlik u c h u n yig‘im ;
7) avtotransport to ‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im;
8) obodonchilik ishlari u c h u n yig‘im.
Yuqorida ta ’kidlab o ‘tilganidek, soliq tizimi do im o rivojlanib va
takomillashib boradi. Davlat o ‘z manfaatlaridan kelib chiqib b a ’zi
soliq turlarini bekor qiladi va o ‘z vaqtida maqsadli yangi turlarini
amaliyotga kiritadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish
darajasiga asosan va budjet daromadlarini ko'paytirish m aqsadida
amaliyotga quyidagi yangi soliq turlari kiradi:
1) ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun soliq;
2) jismoniy shaxslardan benzin, dizel yoqilg'isi va transport uch u n
gaz iste’moli uchun olinadigan soliq;
3) maktab ta ’limi fondi u c h u n majburiy ajratmalar.
Yuqorida kiritilgan soliqlar va yig‘imlar sababli quyidagi soliqlar
h a m d a yig‘imlar bekor qilindi:
1) reklama solig‘i;
2) avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq;
3) ekologiya solig'i;
4) savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im ( bu yig‘im faqatgina
alkogol m ahsulotlar bilan ulgurji savdo-sotiq va q im m atbaho tosh
h a m d a qim m atbaho metall mahsulotlari bilan savdo-sotiq huquqi
u c h u n saqlanib qolgan).
U m um davlat soliqlari 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
bilan joriy etiladi va R espublikaning butun h ud ud ida undiriladi.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tom onidan joriy etiladi.
Bu mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari
0 ‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi tom onidan belgilanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka asosan m a
halliy budjetlar d arom ad va xarajatlarini tenglashtirish m aqsadida
um um davlat soliqlari har yili qonuniy tartibga belgilanadigan normativ-
lar b o ‘yicha tegishli budjetlar o ‘rtasida taqsimlanadi.
Soliq solish obyekti b o ‘yicha — bevosita va bilvosita soliqlar. Bu
yerda m uallif soliqlarning bu atamasi bo‘yicha o ‘z fikrini bildiradi.
Iqtisodiy adabiyotda soliqlarni obyekti b o ‘yicha guruhlashda k o ‘p
iqtisodchi olim lar t o ‘g ‘ri va egri soliqlar degan atam a tarafdorlari
hisoblanadi. Bizni bunga o ‘z e ’tirozimiz mavjud. Buni isbotlashga
harakat qilamiz. Rossiya Federatsiyasida iqtisodchi olimlar soliqlarni
soliq solish obyekti b o ‘yicha guruhlaganlarida soliqlarni «прямые и
к о с в е н н ы е налоги» d eg an ata m ad a n foydalanadilar. A garda bu
Dostları ilə paylaş: |