O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə58/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Marketing 08972

Strategik rejalashtirish bosqichlari



Firmaning strategik o’sishi. Mavjud bo’lgan korxonalarga ishlab chiqarish kuchi strategik rejalashtirishda korxona qaysi yo’nalishda kelajakda o’z faoliyatini davom ettiradi va o’zining butun imkoniyatilarini qaysi sohalarda olib bora olishi mumkin? kabi savollarga javob berish uchun firmaning o’sishini quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin:
«Modern pablinishing kompaniyasi» matbuot nashr kompaniyasi bo’lib, har oy jurnal bosib chiqaradi. Uning har bir ishlab chiqilgan tiraji 300 ming nusxadan iboratdir. Xaridorning ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan qaraganda firmaning marketing strategiyasi juda ham o’zgaruvchandir. Bozorda yangi raqobatchi firmalarning paydo bo’lishi tabiiy holda bu kompaniyaning strategik marketingiga ta’sir etadi. Firma kompaniyadan rejasining o’zining strategik o’sishini yaqin 10 yillikda ifoda etishiga harakat qiladi. Strategik o’sishni 3 bosqichda tahlil asosida ishlab chiqish mumkin:
Birinchi bosqichda firma o’zining bor imkoniyatlarini amalda qo’llaydi-
«Intensiv o’sish imkoniyatlari».
Ikkinchi bosqichda firma integratsiya imkoniyatlarini boshqa marketing tizimidagi elementlar bilan bog’laydi-«Integratsion o’sish imkoniyatlari».
Uchinchi bosqichda esa firma o’z imkoniyatlarini tashqaridan yangi yo’nalishlarni va yangi sohalarni olib boradi-«Diversifikatsion o’sish imkoniyati».
Bu kabi aniq o’sish imkoniyatlarining firmaning faoliyati va rivojlanishining asosiy bosqichlaridir.
Bu kabi aniq o’sish imkoniyatlarining uch yo’nalishini quyidagi jadvalida ko’rsatish mumkin.

8.2-jadval


Asosiy imkoniyatlarning o’sish yo’nalishi



Intensiv o’sish

Integratsion o’sish

Diversifikatsion o’sish

Bozorda mustahkam o’rnashish

Regresiv integratsiya

Jarima diversifikatsiyasi

Bozorning chegaralarini kengaytirish

Progressiv integratsiya

Gorizontal diversifikatsiya

Tovarni
mukammallashtirish

Gorizontal integratsiya

Kengaytirilgan
diversifikatsiya




  1. Intensiv o’sish. Bu holat firmaning xaridori butun imkoniyatlarini ishlatmaganda vujudga keladi. Bu imkoniyatlarning intensiv o’sish uchun N.Ansofor quyidagi metodikani taklif etgan. Bu jarayon 3 xil yo’nalishda bo’ladi.

  2. Bozorga chuqur mustahkamlanib olish. Bu bozorda firmaning o’z mahsulot sotuvini hajmini oshirish va agressiv marketing yo’llarini qo’llash bilan olib boriladigan jarayonni quyidagi holatlarda ishlatish mumkin:

  1. Jurnal obunachilarining sonini oshirish, ya’ni sovg’a tariqasida bir obunachining o’rtog’ini bepul obuna qilish;

  2. Raqobatchi matbuot nashrlarning obunachilarini o’ziga jalb etish, buning uchun obuna narxining arzonligi va jurnalning sifatliligini taklif qilish;

v) Yangi potentsial obunachilarning jurnalni sog’liqqa foydalanish jihatidan taklif etish va shu tariqa jurnal obunachilarining sonini ko’paytirish;
g) Bozor chegarasini kengaytirish.
Bu jarayonda firmaning yangi bozorni egallash yo’li bilan ifoda etadi. Shuning uchun «Moderen pablishing» kompaniyasi quyidagi yo’nalishda o’z faoliyatini kengaytirishi va amalga oshirish mumkin:

  1. Firma o’zining jurnalini yangi ochilgan bozorlarga olib borishi va sotishi mumkin;

  2. Jurnalning sotuvini yangi segmentlarda, masalan sog’liq korporatsiyalarida, kasalxonalarda, sog’liq klublarida tarqatiladi.

  1. Tovarni mukamallashtirish.

Mavjud bo’lgan bozorda firma o’z tovarini mukammallashtirish jarayoni:

  1. Eski jurnallarga ko’ra yangi texnologiyalar bilan ishlab chiqarilgan chiroyli, rang-barang jurnallarni chop etish va ularni sotish.

  2. Regionlarda, viloyatlarda va shahar tumanlarida jurnalning turli xil bo’limlarini ochish.

v) Jurnalni boshqa xil variantlardan, masalan: kassetali variantini ham ishlab chiqarish va o’qishni xohlamagan, balki eshitishni xohlagan obunachilarga firma bu variantli ishlab chiqarishni taklif qilish.
Marketing rejalashtirish bo’limlari - oddiy marketing rejalashtirish quyidagi ko’rinishga ega bo’lib, bunda oddiy mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi ham e’tiborga loyiq, ular quyidagi bo’laklarga egadir:



  1. nazorat ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumot;

  2. marketing vaziyati haqidagi ma’lumot;

v) imkoniyati va xavfsizligi haqidagi ro’yxat;
g) vazifalar va muammolar ro’yxati;

  1. marketing strategiyasi;

  2. harakat dasturi; yo) byudjet;

j) nazorat tartibi.
Marketingni rejalashtirish tartibi.

  1. Nazorat ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumot. Rejalashti-rishning maqsad va vazifalar haqida qisqacha ma’lumot bo’lishi kerak, ya’ni bu ma’lumot, reja asosi bo’lib xizmat qiladi.

  2. Marketing vaziyati haqidagi ma’lumot. Marketing vaziyati haqidagi ma’lumotlarda firmaning bozordagi vaziyati va o’rnini belgilaydi. Reja tuzuvchining nuqtai nazaridan bozorning hajmi asosiy segmentlari iste’molchining ehtiyojlari va asosiy mahsulotlari haqidagi nazariyalarni raqobatchilarga tarqatish kanallari o’rnatiladi.

  3. Imkoniyatlar va xavflarni oldini olish ro’yxati. Xavflarning oldini olish va imkoniyatlar ro’yxatida boshqaruvchilarning ro’y beradigan imkoniyatlar va xavflarni oldini olish haqida fikr yuritiladi. Buning maqsadi firma

boshqaruvchilarining oldindan kelajakda ro’y beradigan har xil paydo bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni oldini olishdir.

  1. Vazifalar va muammolar. Firma bilan aloqani imkoniyat va xavfsizlikni oldini olishni o’rgangandan so’ng boshqaruvchi o’z oldiga vazifalar va ularning muammolarini bartaraf etish kuchiga ega bo’ladi. Vazifalar shunday shakllanishi, firmaning rejalashtiriladigan maqsadiga mos holda bo’lishi kerak.

  2. Marketing strategiyasi. Marketing strategiyasida boshqaruvchi har tomonlama marketing rejasini va vazifalarini echish yo’llarini izlaydi.

Marketing strategiyasi ratsional va mintaqaviy shaklda marketingning vazifalarini echishdir. U o’ziga qaratilgan bozor strategiyasi, marketing kompaniyasini ajratiladigan xarajatlarni kiritadi. Maqsad etilgan bozor strategiyasida marketing strategiyasini bozordagi aniq firmaning faoliyat yuritadigan segmentini aniqlash. Bu segmentlar bir-birlaridan daromadliligi bilan ajralib turadi.
Marketing kompleksi. Boshqaruvchi umumiy nuqtai nazaridan yangi mahsulot reklama narx va maxsulotlarning tarqatilishi natijasida qabul qilinadi. Har bir strategik imkoniyatlar va xavfsizlikni oldini olish va ularning muammolarini ham o’rganish kerak.
Marketingni rejalashtirish: firmaning strategik rivojlantirish qaysi sohada ishlab chiqarish bilan faoliyat yuritish kerakligini va qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarishni aniqlaydi. Firmani ishlab chiqarish bir necha xil mahsulotlarni, savdo belgilarini va bozorlarni aniqlaydi. Shuning uchun har bir vaziyat uchun alohida reja ishlab chiqarish kerak. Ko’pincha ishlar rejasi mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi, mahsulotning savdo belgisi rejasi kabi bir xil rejalarga duch kelish mumkin. Yuqoridagi barcha rejalarni bitta ibora bilan marketingni rejalashtirish deb ifoda etiladi.


    1. Yüklə 210,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə