O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə57/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Marketing 08972

8.1-jadval
Strategik rejalashtirish bosqichlari

Firma dasturi:


Har bir tashkilot, korxona biror-bir maqsadga erishish uchun faoliyat ko’rsatadi. Firmaning aniq maqsadi, rejasi va dasturi boshidan ravshan va aniq bo’ladi, lekin tashkilot o’sish davrida va bozorda yangi mollarning paydo bo’lishi dasturining aniqliligini yo’qotadi, vaholanki dastur boshqaruvchilarini bunday holat qiziqtirmay qo’yadi va bunga e’tibor ham berishmaydi. Firma boshqaruvchilari sharoitga mos ravishda yana maqsad sari o’z faoliyatlarini yo’naltiradilar. Shunda bir qancha savollar yuzaga keladi va bu savollarga ular javob topishga izlanishadi:

  • Bizning korxonamiz qanday o’ringa ega?

  • Biz mijozlarimizni qanday tanlashimiz kerak?

  • Mijozlar bilan qanday muomalada bo’lishimiz kerak?

  • Mijozlar nimalarni xohlaydilar?

  • Biz mijozlarga nimalar bera olamiz?

  • Korxonamiz kelajakda qanday bo’ladi yoki qanaqa bo’lishi kerak?

Bu kabi savollarga javob topish boshida oson tuyulishi mumkin, lekin haqiqatda bu juda qiyin bo’ladi.
Rivojlangan firmalar dastlab bu savollarni har doim o’z oldilariga maqsad qilib qo’yadilar va javob topishga harakat qiladilar.
Ko’pgina firmalar bu savollarga javob sifatida yozma ravishda rasmiy dasturlarni rejalashtirishadi va ishlab chiqarishadi. Yaxshi ishlab chiqarilgan dasturlar firma xodimlariga mas’uliyatni his ettiradi va ko’pgina imkoniyatlarning eshigini ochishga yordam beradi va ular natijasida maqsadga erisha oladilar. Dasturda aniq firmaning faoliyatini ifodalash shartdir. Faoliyat sohasiga quyidagi omillar kirishi mumkin:

  • Tovar mahsuloti;

  • Texnologiyalar;

  • Xaridorlar guruhi;

  • Xaridorlarning ehtiyojlari.

Bu omillar firma faoliyatini ishlab chiqarish nuqtai nazaridan ifoda etadi. Bir necha yil oldin Teodor Levett ta’kidlab o’tgan ediki: “Korxonaning bozor iqtisodi nazariyasi jihatidan xarakteristikasi aniq va ravshan, to’liqdir, tovar va texnologiya nazariy jihatiga korxonada xaridorning ehtiyoj va talablarini hisobga olish jihatidan qarashi kerak, tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi jihatidan emas.
Tovar va texnologiya vaqt o’tgan sayin baribir eskirib, talabga javob bermay qoladi. Vaholanki, bozor ehtiyoji va talab abadiy bo’lib qolaveradi. Shunday ekan, logorifmik lineykalar ishlab chiqaruvchi faqatgina o’z faoliyatini shu bilan chegaralab qolsa, bozorda yangi model, sifatli, turli-xil elektron mashinalarning
paydo bo’lishi natijasida bu firma bankrot bo’lishi mumkin. Lekin bu ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi inson ehtiyoj va talabga ko’ra ish olib borsa, o’zga faoliyatlarni yanada rivojlantirib boradi va korxonasiga anchagina daromad olib keltirishi mumkin.


    1. Yüklə 210,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə