O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta


«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə53/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
Marketing 08972

«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash. Bunday yondashuvni qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o’rtacha
solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi, investitsiyalangan kapital uchun kutiladigan qaytim foizi doimiy xarajatlarga qo’shiladi va xarajatlarning bir qismi hisobiga o’tkaziladi, so’ngra o’rtacha xarajatlar miqdori topiladi, endi orzudagi foydani ham o’z ichiga olgan narx belgilanadi. Agar kompaniya rejalashtirilgan hajmda o’z tovarini sota olsa, u ko’zlangan foyda normasini oladi. Agar savdo hajmi kam bo’lsa, unda mahsulot bosilib qoladi, kompaniya investitsiyalangan kapital uchun «salbiy foyda» bilan zarar ko’radi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash. Bunday yondashuvni qo’llash bilan firma mahsulotining qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qoplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narxni belgilashning bunday strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin. Bundan tashqari, «narxlar ulushiga» tortiladigan firmalar raqiblarini yo’ldan olib tashlashda ushbu usuldan foydalanadi.
Geografik narx belgilash. Xaridorlarni turar joyi yuklarni tashishda nisbatan muayyan muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sababli savdo kelishuvlarida «franke» atamasi qo’llaniladi. Bu so’z italyan tilidan tarjima qilinganda «erkin» ma’nosini bildirib, xaridor tovarni yuklash, tashish, ba’zan sug’urta qilish bilan bog’liq bevosita xarajatlardan ozodligi darajasini belgilaydi (bu xarajatlar tovar narxiga qo’shilgan bo’ladi). Masalan, yuk oluvchining franko-ombori yukni omborga etkazib berish bilan, franko- vagon-tovarni vagonga ortib berish bilan bog’liq jami xarajatlar tovar narxiga kiritilganligini ifoda etadi.
AQShda «franko» o’rniga «fob» atamasi qo’llaniladi (so’zma-so’z tarjimasi – kemada erkin). Bu atama dengiz orqali bog’liq bo’lgan tashqi iqtisodiy kelishuvlarni ifoda etadi. «Fob» shartlariga ko’ra, sotuvchi yukni kema bortiga etkazib beradi, shundan keyingi xarajatlar, shu jumladan, sug’urta xarajatlari ham xaridor zimmasiga yuklanadi. Bunday holat xaridorga mulk egasi bo’lish huquqi muayyan punktda berilishini ifoda etadi. Kema bortiga etkazib kelishga qadar yukning talofat yoki zarar ko’rishi xatari zimmasida turadi. Yuk etkazib berilgach, «Franko (fob) - etkazish manzili» narxning belgilashning qarama-qarshi srategiyasini tashkil etadi. Bu holda sotuvchi jami transport xarajatlarini to’laydi va mahsulot xaridor qo’liga etib borishiga qadar mahsulotga egalik huquqini saqlab qoladi.
Narx belgilashning yuqorida ko’rib o’tilgan usullari xarajatlarini hisoblash, to’liq, to’g’ri, o’rtacha, standart va chegaraviy xarajatlar haqidagi axborotlardan foydalanishga asoslanadi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, chet ellarda qabul qilingan narx o’sishning xarajatlar usullari bizning korxonalarimizda qo’llanadigan usuldan katta farq qiladi, chunki mamlakatimizda narxlar jahon tovar bozorlariga xos bo’lgan narxlardan g’oyat farq qiladi.
Shu sababli korxonalar mahsulot eksportida tashqi savdo narxlarini ma’muriy yo’l bilan, narx belgilashning odatdagi bozor tamoyillariga tayanib, joriy qiladi. Aksariyat shu turdagi tovarlarning o’rtacha bozor narxlariga, bozorda eng katta hissaga ega, narx etakchisi bo’lgan tovarlar narxlariga nisbat beriladi. Ehtiyojlarga qarab narx belgilashdan kamroq foydalaniladi, chunki bunda talab jadalligini doimiy kuzatish, qulay bozorlar yoki yangi bozor segmentlarini izlashga to’g’ri keladi.
Narxlarni turlariga qarab, quyidagicha tasniflash mumkin:

  • ishlab chiqaruvchi belgilagan narx: preyskurant, kontrakt, hisobiy narxlar;

  • bozor narxi: jahon, monopol, kartel, taklif, talab narxlari;

  • xaridor narxi: iste’mol, ulgurji, chakana, ma’lumotnoma narxlari;

  • statistik narx: o’rta statistik, eksport, joriy import, o’zgarmas narxlar.

Jahon narxlari - bu jahon bozoriga chiqqan tovarlar internatsional qiymatining puldagi ifodasidir. Milliy qiymat miqdori har bir mamlakat muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zarur abstrakt mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Xalqaro qiymat asosida esa jahon miqyosidagi o’rtacha mehnat jadalligi, ijtimoiy zarur ish vaqti turadi. Yirik eksport va import muammolari jahon bozori narxlarida tovar bozorlari uchun odatiy hol bo’lgan shartlar asosida, amalga oshiradi. Ular jahon bozorlaridagi muntazam bitishuvlardan foydalanadi, to’lovlvr esa erkin muomaladagi valyuta hisobida olib boriladi. Jahon bozoridagi narxlar haqida axborot manbalari:

  • oddiy tijorat bitishuvlarida chet el, firmalari o’rtasida erkin muomaladagi valyuta hisobida olib boriladigan hisob-kitob narxlari haqida ma’lumotlar;

  • xalqaro tovar birjalari tomonidan e’lon qilinadigan xom ashyo tovarlariga kotirovkalar;

  • axborotnomalar, narxlar to’g’risida ma’lumotlar e’lon qilinadigan tarmoq jurnallari, xalqaro uyushmalar, etakchi agentliklar va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlarning davriy narxlari;

  • mamlakatdagi importyorlar kontraktlari;

  • tashqi savdo tashkilotlari qo’llaydigan narxlar to’g’risida axborotlar;

  • bitim tuzishdan oldin tayorlanadigan va ko’zda tutilgan shartnoma narxlari aks etadigan takliflar, faktura varaqalari;

  • preyskurantlar, kataloglar, BMT va hukumat tashkilotlarining rasmiy xarajatlari, bojxona statistika ma’lumotlari va boshqa manbalar.

Narx begilash siyosati - korxonalar o’zlarining umumiy maqsadlariga muvofiq narxlar bo’yicha qaror qabul qilinganidan keyin kundalik faoliyatida rioya qiladigan umumiy qoidalardan iboratdir. Narx belgilashda firmalar yagona narx siyosati bilan o’zgaruvchan narxlar siyosatining birini tanlashi mumikn. Bir narx siyosatida marketolog mahsulotga yagona narx belgilaydi va uni hamma xaridorlarga har qanday sharoitlarda bir xil taklif etadi. O’zgaruvchan narxlar siyosatini o’tkazish bir xil tovarning o’zini turli
iste’molchilarga bozor vaziyatiga qarab, har xil narxlarda sotish imkonini beradi.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikki asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog’ini olish» siyosati va
«kirib olish» siyosatidir, shuningdek bu yondashuvlarning ayrim turlari ham uchraydi.
«Qaymog’ini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narxlar qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to’yinishidan keyin iste’molchilarni jalb etish maqsadida narx pasaytiriladi. Shunday yo’l bilan to’liq daromad eng ko’p miqdorga etkaziladi. “Qaymog’ini olish» siyosati samaradorligini bir qator sharoitlar belgilaydi:
Birinchidan, mahsulotga bo’lgan talab narxlarga qisman ta’sirchan, ikkinchidan, xaridorlar mahsulotning ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan kam xabardor va shu sababli belgilangan summani to’lashga tayyor. Uchinchidan, bozor doirasida narx segmentlari mavjud bo’lib, ular muayyan chegaralarda narxni o’zgartirib turishga imkon beradi. Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan «qaymog’ini olish» siyosati bozorda raqobat bo’lmaganda va shuningdek, u bozorda yaqin orada kutilmagan hollarda yaxshi natija beradi.
Dastlabki narx qanchalik yuqori bo’lsa, bozorda raqiblarning tez paydo bo’lish ehtimoli ham shu qadar ko’proq. Ikkinchidan, yuqori narxlarni joriy etishda muqobil mahsulotlar narxlarning o’rtaja darajasi nuqtai nazaridan qiyinchiliklar uchraydi. Mobodo, yangi mahsulot narxi o’ziga o’xshash mahsulotlarga nisbatan g’oyat yuqori bo’lsa, bunday mahsulot bozorlarda yaxshi o’tmasligi mumkin.
Uchinchidan, «Qaymog’ini olish» siyosati marketing strategiyasi va strukturasida o’zgarilar qilib turishni nazarda tutadi.
«Kirib olish» siyosati «qaymog’ini olish» siyosatiga zid o’laroq past narxlarni joriy qilish va katta hajmdagi tovar oborotini amalga oshirishga chorlaydi. Bu yondashuvga izdosh bo’lgan firmalar arzon narxlar jozibasi mahsulot sotish hajmini juda oshirib, tovarni yuqori narxlarda sotishga qaraganda ko’proq daromad keltiradi deb faraz qiladi.
«Kirib olish» siyosati ko’proq bozor narx segmentlariga bo’linmagan va yuqori narxli mahsulotlarni xarid qilishga tayyor bozor elitasi bo’lmagan sharoitlarda qo’llaniladi.
Nihoyat kirib olish siyosati raqobat bo’lgan yoki raqobatchilar bozorga engilgina kirib oladigan hollarda qo’llaniladi. Bunday sharoitlarda firmalar past narxlarni qo’llab, bozor «jozibasini» so’ndiradilar, ammo arzon narxlar strategiyasida zarar ko’rmaslik nuqtasiga etish uchun ko’p miqdorda tovar sotilishi kerak, aksariyat hollarda, ayniqsa mahsulotni joriy etish jarayonida esa arzon narxlar ziyon ko’rishga olib keladi. Shu sababli yagona yo’l - tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlash.
Shunday qilib, «qaymog’ini olish» va «kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favqulotda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Uning birinchi - qimmat narxlar, ikkinchisi arzon narxlar strategiyasidir. Ammo shu ikki strategiya bir-biriga zid, o’zaro muqobil emas. Ayrim kompaniyalar aynan shu siyosatdan biriga amal qiladi, boshqalari «qaymog’ini olish» siyosatini
«kirib olish» siyosati bilan birgalikda qo’llaydi. Bunda biznesning har bir turi narx belgilashda o’z bozoriga, xarajatlari strukturasiga va narx belgilashning boshqa o’zgaruvchan kategoriyalariga eng mos keladigan yondashuvlarni qabul qiladi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə