O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə50/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
Marketing 08972

Talab darajasini aniqlash. Azaldan talab darjasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko’rsatadi, ya’ni bu chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bo’lmaydi. Ammo iste’molchilar mahsulotni xayolidagi yagona qat’iy narxda izlaydi. Aksincha, ular qoida tariqasida zaruriyat va istakni bir xil qilib tenglashtiradilar, so’ngra narxlarning biron bir oralig’ida o’z talablarini qondirishga intiladilar. Kishilar narx ularga g’oyat yuqori yoki narx g’oyat past tuyuladigan sharoitlarda ham xarid qilmasliklari mumkin. Narxlarning bu quyi chegarasi «sifat - narx» o’zaro aloqadorligi bilan bog’liq bo’lib, iste’molchilar g’oyat yuqori bo’lgan narx sifatni ko’rsatadi, degan hayolga boradilar.
Shunday qilib, bir xil yakunga olib keladigan talabni tadqiq etish
«osmondagi» narxlarni va eng past narxlar g’oyasini aniqlashdan iborat. Marketologning vazifasi ham bozor begilaydigan narxlar doirasida maqbul narxni topish hisoblanadi. Ko’pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadqiq etish va tekshirish, o’rinbosar tovar narxi darajasini raqiblar narxini o’rganish yo’li bilan statistik tahlil usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab o’zgarishini o’lchashga intiladi. Har qanday holda ham muayyan mahsulotga haqiqatdan ham mavjud talab darajasini aniqlash va narx o’rtasidagi nisbatlikni o’lchashda katta qiyinchiliklarga duch kelinadi, chunki talabga narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobatning boshqa omillari ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, reklama, yangicha sotish usullari yoki qulay servis o’zgarmas narxlarda ham talab darajasini ko’taradi. Shu sababli bozor turi va raqobat usullariga qarab, talab o’zgarishlarini aniqlashda turlicha yondashuvlar mavjud.
Raqobat narx marketingi asosli ekanini ko’rsatuvchi muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodchilar korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadi va usullariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor turini ta’riflaydilar. Sof raqobat bozori o’xshash mahsulotni sotuvchilarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Bozorda o’rtacha bozor narxlari shakllangan bo’lib, tovar bundan past yoki yuqori sotilmaydi. Bunday bozorda sotuvchilar marketing strategiyasini ishlab chiqishga kam e’tibor beradilar, chunki marketing taddqiqotlari o’tkazish, narx reklama siyosatini ishlab chiqish va boshqa tadbirlar raqobot kurashida muhim emas.
Monopolistik raqobat bozorida ko’p sotuvchilar va tovarlarni yagona narxlarda emas, balki narxlar oralig’ida sotib oladigan xaridorlar faoliyat ko’rsatadi. Bu bozorda sifati, bezatilishi, o’rab-joylanishi, xizmat ko’satishi bilan farq qiladigan turli xil tovarlarning boy taklifi mavjud. Oligopolistik bozor bir-birining marketing strategiyasi va narx marketingiga sezgirlik bilan qaraydigan sotuvchilar sonining kamligi bilan ajralib turadi. Narxni pasaytirish yoki ko’tarish oligopolistga uzoq muddatli ravnaq bermaydi, chunki raqiblar javob harakatlarida yanada samarador modellarni ishlab chiqishi yoki sotish usulini takomillishtirishi mumkin. Yangi da’vogarlarga
bozorga kirib olish qiyinlashadi, negaki har bir oligapolist o’z mavqeini mustahkam saqlab qolishga intiladi.
Sof monopoliya sharoitlarida bozorda yagona sotuvchi faoliyat ko’rsatadi, raqobatning yo’qligi sotuvchiga narxda o’z amrini o’tkazishga sharoit yaratadi, o’z maqsad va niyatlarini ko’zlab, iste’molchi talabini inobatga olmaydi.
Shunday qilib, narx marketingi imkoniyatlari va muammolari bozor va raqobat turiga qarab o’zgarib boradi. Umuman, narxlarni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Mahsulotga narx qo’yishga raqobat taziyqi muhim ta’sir ko’rsatadi. Korxonalar o’z raqiblari tovarlarining narxi va sifatini o’rganadi, o’z mahsulotlariga o’xshash mahsulotlarning qiyosiy tahlilini o’tkazadi, har bir tovar haqida xaridor fikrini tadqiq etadi.
Olingan ma’lumotlar xususiy narx belgilashda o’z tovari uchun raqiblar taklifiga nisbatan andoza olinadigan tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, raqobatli narx belgilash istaklar qondirilishining muqobil vositasi tarzida narxlarni tenglashtiradi.


  1. Yüklə 210,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə