O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə49/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
Marketing 08972

Foyda olishdan ko’zlanadigan maqsadlar. Ishlab chiqarish va uni tashkil etish bilan bog’liq xarajatlarning muttasil oshib borishi kompaniyalarni har qanday vositalar bilan bo’lsa ham eng ko’p foydani qo’lga kiritish yo’lida narx siyosatidan foydalanishga majbur etadi. Ba’zan firmalar iste’molchilar talabiga bilvosita ta’sir ko’rsatish yo’li bilan foydani ko’paytirishga erishadi. Masalan, ayrim fotoapparatlar deyarli o’z tannarxida sotiladi, foyda esa iste’molchiga fotoplyonkani yuqori narxlarda sotish natijasida qo’lga kiritiladi. Bunday holatni soqol olgich va piska hamda boshqa o’zaro bir-biri bilan bog’liq tovarlar savdosida ham ko’p kuzatish mumkin.
Aksariyat hollarda narx maqsadi «investitsiyalangan kapitaldan kutilgan foyda» hisoblanadi, ya’ni firma o’zi sarf etgan sarmoyaning foiz qiymatini olishga intiladi. Bunday maqsad qo’yilganda firma operatsiyalarining to’la tsikli uchun zarur bo’lgan vositalarning o’rtacha hajmini hamda o’z kapitalini foydalanishda kiritiladigan kompensatsiya (qoplama)ga tenglashtiriladigan qismini xomaki aniqlaydi. Bunday narx belgilash maqsadlari sanoatda etakchi bo’lgan monopolistik firmalarga xosdir.
Raqobat sohasiga bog’liq maqsadlar. Firmalar o’z mahsulotiga narxni raqobatga bardosh berish maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi. Bir qator tarmoqlarda hamisha aniq ifodalangan «narxlar etakchisi» bor, boshqa kompaniyalar o’z mahsulotiga narx qo’yishda shunchaki shu etakchi izidan boradi. Ayrim hollarda kompaniya bozor hissasini oshirish uchun bozorga g’oyat past narxlar bilan kirib kelishi mumkin, yoki qimmat narxlarni saqlagan holda doimo modellarni yaxshilash bilan shug’ullanishi, yangi xossalar bilan boyitib, sifat ko’rsatkichlari bo’yicha bozorda peshqadamlikni qo’lga kiritishi mumkin. Narx maqsadlarini aniqlash dastlabki narxni hisoblash uslubining birinchi bosqichi hisoblanadi. Bundan keyin hujjatlarni baholash, talabni aniqlash, raqib narxlari va tovarlar tahlili, narx belgilash usullari va boshqa tarkibiy qismlar aniqlanadi, ularning majmui narxni va narx marketingi faoliyatini belgilaydi.
Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko’payishi yoki kamayishi bilan bog’liq holda o’zgarmasligiga qarab doimiy, o’zgaruvchan turlarga bo’linadi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmiga qarab o’zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar amoratizatsiyasi, mulk solig’i, qo’shimcha xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi. Agar mahsulot tannarxida doimiy xarajatlar hissasi yuqori bo’lsa, firma birinchi navbatda, doimiy xarajatlarni qoplashga qaratilgan narx marketingini amalga oshiradi, ishlab chiqarish quvvatlarini to’la ishga solishni ta’minlaydigan mahsulot sotish strategiyasini ro’yobga chiqaradi.
O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq holda o’zgarib boradi, unga xom ashyo, materiallar, ish haqi va shu kabi xarajatlar bandlari kiradi. Shartli doimiy xarajatlarga boshqarish bilan bog’liq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi. O’zgaruvchan xarajatlar hissasi yuqori bo’lganda ishlab chiqarish va savdoni kengaytirish emas, balki mehnat unumdorligini o’stirish va mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni kamaytirish foydaning hal qiluvchi omiliga aylanadi. Chet el amaliyotida xarajatlarni hisoblashda to’liq va o’rtacha solishtirma xarajatlar alohida-alohida hisobga olinadi. To’liq xarajatlar jami, doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisidan tashkil topadi. O’rtacha solishtirma xarajatlarning uch turi farqlanadi: o’rtacha solishtirma, doimiy xarajatlar to’liq xarajatlarni ishlab chiqarish hajmiga bo’lish yo’li bilan topiladi; o’rtacha solishtirma o’zgaruvchan xarajatlar tegishlicha o’zgaruvchan xarajatlarning ishlab chiqarish hajmiga nisbati bilan, o’rtacha solishtirma to’liq xarajatlar o’rtacha solishtirma doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni ko’paytirish yo’li bilan topiladi. Shuningdek, ishlab chiqarishni chegaralanagan (marjinal) xarajatlar ham hisoblanadi, bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko’paygan (kamaygan) hollarda bir mahsulot birligiga to’liq xarajatlarning ko’payishi (yoki kamayishi)ni ifoda etadi.
Shunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, miqdori narx uchun minimal darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlardan pastroq narx hech qanday foyda bermaydi. Ayrim firmalar ba’zi tovarlarni umumiy xarajatlardan arzonroq narxlarda ham sotadi. Ammo odatda narx mahsulotga sarflangan xarajatlarni qoplashi zarur. Korxona narxni belgilar ekan, bir qator imkoniyati bor narxlarga ro’para keladi. Bu narxlar xuddi shunday yaqin tovarlar uchun joizdek tuyuladi. Ular narxni belgilashda xarajatlarning jami manzarasi ko’rib chiqiladigan, zarar ko’rmaslikni ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. Bunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi, ammo tor ishlab chiqarishga ixtisoslashuv jarayonida, o’zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash mumkin bo’lgan paytlarda uni qo’llash yaxshi natija beradi. Zarar ko’rmaslikni tahlil etishda asosiy e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, to’liq daromad to’liq xarajatlarga teng bo’lgan, ya’ni na foyda, na zarar bo’lmagan nuqtaga qaratiladi. Zarar ko’rmaslik nuqtasida mahsulotning o’zgaruvchan xarajatlarini to’liq doimiy xarajatlar bilan birga qoplash uchun etarli darajadagi mahsulot miqdori sotilgan bo’lishi kerak. Uni topish uchun to’liq doimiy xarajatlarni mahsulot sotish narxini mahsulot tannarxidan ortiq qismiga bo’lish yoki to’liq domiy xarajatlarni sotish narxi bilan
mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar o’rtasidagi farqqa bo’lish talab qilinadi. Sotish hajmi zarar ko’rmaslik nuqtasidan ko’p bo’lganda o’zgaruvchan xarajatlardan ortiq mablag’ning jami foyda hisoblanadi. Bunday yondashuv shartli belgilangan narx va jami xarajatlar ma’lum bo’lishini nazarda tutadi. Faqat zarar ko’rmaslik hajmi aniqlanganidan keyingina ishlab chiqarishning zaruriy hajmini ta’minlash imkoniyatlari to’g’risidagi masala hal etiladi. Eng ko’p foyda miqdorini ta’minlaydigan narx uzil-kesil jamlanadi, ya’ni narx va hajm eng qulay va ehtimolga yaqin bo’lmog’i kerak.
Bozorda ikki narx segmenti ko’zga yaqqol tashlanadi: «narx» xaridori va «sifat» xaridori bor. Ko’pgina iste’molchilar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar go’yo ularga sifat kafolati bo’lib tuyuladi, bu ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan mahsulotlar xaridida ko’p kuzatiladi. Bolalar ovqatlari, parhez mahsulotlar, ro’zg’or himoyasi tovarlariga nisbatan bu fikrni dadil deyish mumkin.
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid kilinadigan tovarlar miqdori nuktai nazaridan narx o’zgarishlariga o’ta sezuvchanligini belgilaydi, Amalda talab ravonligi uch ko’rinishda bo’lish mumkin:

  1. Ravon talab - narxdagi qisman foiz o’zgarishlari talab miqdorida katta foiz o’zgarishlariga olib keladi.

  2. Noravon talab - narx o’zgarishlari talab hajmiga qisman ta’sir ko’rsatadi.

  3. Yakka (unitar) talab - onda-sonda uchraydigan talab bo’lib, narxlardagi foiz o’zgarishlari sotiladigan miqdorda ham teng foiz o’zgarishlariga olib keladi.

Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga o’ta sezgir bo’ladi. Masalan, avtomobillar, aviabiletlar, dam olishga borganda boshqa tovar va xizmatlar ko’pgina iste’mochilar uchun o’ta ravon talab hisoblanadi, narxlar yuqori bo’lganda iste’molchi ularni xarid qilishni ma’lum muddatga kechiktiradi, ya’ni orqaga suradi yoki shunday narsalarni arzonroq narxda xarid qiladi yoki aksincha narxlar arzonlashganda talab keskin ortib ketadi, bu esa mahsulot sotishdan keladigan umumiy daromadni ko’paytiradi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga etarli darajada sezgirlik ko’rsatmaydi. Shunday qilib, haqiqatda mahsulotdan to’liq daromad narxlarning qanday pasayishiga qarab qisqarib boradi. Noravon talab tuz, sut, hatto benzin kabi mahsulotlarga ko’proq xos, ularni iste’molchilar xarid qilishga katta ehtiyoj sezadilar, ya’ni shunisi ham borki, narxlarning pasayishi yoki ortishi muayyan oraliqda talabga ta’sir ko’rsatmaydi. Ammo ularning narxi g’oyat o’sib ketsa, talab holati tubdan o’zgaradi.
Bir tovar markasiga sodiq qolish ham noravon talabni tug’diradi. Yakka ravonlik vaziyati sotuvchilar ko’p bo’lgan, ularning bir mahsuloti o’rnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko’zga tashlanadi. Bunday vaziyatda sotuvchilardan birontasi ham narxlarga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata olmaydi. Ko’pgina qishloq ho’jaligi mahsulotlariga talab
yakka ravonlikni aks ettiradi. Shunday qilib, narxlar taklif va talabga muvofiq ko’tarilib-pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx belgilanmaydi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə