O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə45/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Marketing 08972

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tovar
Tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini tahlil etish. Firma rahbariyati tovar loyihasi va marketing strategiyasini ko’rib chiqib, loyihaning qay darajada samaradorligini aniqlashi kerak. Buning uchun rejadagi sotish miqdori, ko’riladigan foyda va zararning ko’rsatkichlarini tahlil qilish kerak. Agar tahlilning natijalari qoniqarli bo’lsa, to’g’ridan-to’g’ri tovarni loyihadan real tovarga aylantirish jarayoni boshlanadi.
Tovar namunasini yaratish. Agar tovar loyihasi tahlil bosqichidan muvaffaqiyatli o’tsa, keyingi bosqichda loyiha real tovarga aylanadi. Shu vaqtgacha tovar qog’ozda, rasmlarda, maketlardagina edi. Bu bosqichda loyihadagi tovarni xaqiqatdan ham amalga oshirish mumkinmi, yo’qmi, uni ro’yobga chiqarish texnik, kommertsiya nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqmi, yo’qmi, degan savolga javob olinadi.
Tadqiqotlar va izlanishlar bo’limi tovar loyihasini bir yoki bir necha variantini yaratadilar. Bu variantlar ushbu talablarga javob berishi kerak:

  1. Iste’molchilar reklamada e’lon qilingan barcha hususiyatlarni o’zida mujassam etgan tovar sifatida qabul qilishlari kerak.

  2. U xavfsiz bo’lib, mo’ta’dil sharoitlarda ishonchli ishlashi kerak.

  3. Uning tannarxi rejalashtirilgan smetadan oshib ketmasligini ta’minlash

kerak.
Loyihaning muvaffaqiyatli namunasini yaratish uchun kunlar, haftalar,
oylar, hatto yillar o’tishi mumkin. Yaratilgan namuna barcha zarur xususiyatlarni
o’zida namoyon etishi kerak. Masalan, elektromobil iste’molchida o’ta pishiq ishlangan, puxta, xavfsiz mashina sifatida tassurot qoldirishi kerak.
Namunalar tayyor bo’lgandan keyin, ular sinaladi. Sinovlar laboratoriya, tabiiy sharoitlarda o’tkaziladi. Elektromobil engil yurishi, burilishlarda ko’tarilib ketmasligi, shinalari chidamli bo’lishi kerak. Sinov jarayonida iste’molchidan elektromobilni haydab ko’rish taklif etiladi, fikr-mulohazalari so’raladi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə