O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta


Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə43/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
Marketing 08972

Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish. Faraz qilaylik, avtomobilsoz soatiga 50 mil tezlik bilan 100 mil zaryadsiz harakatlana oladigan elektromobil yaratish yo’lini topdi. Ishlab chiqaruvchining hisobi bo’yicha elektromobilning ekspluatatsiya xarajatlari oddiy avtomobil xarajatlaridan ikki marotaba arzon tushadi. Bu farazimiz tovar haqidagi g’oyadir. Ammo xaridorlar tovar g’oyasini sotib olmaydilar. Ular hayotiy, real tovarni xarid qiladilar. Bozorda ish ko’ruvchining vazifasi g’oyani tovar loyihasiga, loyihadan tovarga, tovardan kapital yaratishi kerak.
Yuqoridagi farazimizga qaytsak. Elektromobil g’oyadan loyihaga aylantiruvchi omillar quyidagilar:

  1. - loyiha: O’ylangan elektromobil uy bekasining xarid uchun do’konlarga qatnashi uchun vosita bo’ladigan ikkinchi oilaviy mashina sifatida foydalaniladi. Shuning uchun ham mashina xarid qilingan tovarlarni o’zida sig’dira oladigan, bolalarni sayr qildirishga qulay, ayollar o’tirishga moslashtirilgan, mini mashina bo’lishi kerak.

  2. - loyiha: O’ylangan elektromobil o’rta hajmli bo’lib, o’rtacha narxda bo’lib, oilaning umumiy transport vositasi xizmatini o’tashi mumkin.

  3. - loyiha: O’ylangan elektromobil kichik hajmli, lekin yoshlarga mo’ljallanganli sababli sport rusumida bo’lishi kerak.

  4. - loyiha: O’ylangan elektromobil har tomonni o’ylab xarid qiladigan iste’molchiga mo’ljallangan. Mashina mini bo’lib, narxi o’rtacha, yonilg’ini juda oz sarflaydi va atrof muhitni ifloslantirish darajasi o’ta past.

Tovar loyihasini tekshirish natijasida firma iste’molchilarning ma’lum guruhi uchun ushbu tovar mos kelish kelmasligini aniqlaydi.
Birinchi loyihaning tekshirish natijalari:
- to’rt kishiga mo’ljallangan, iqtisodiy tejamkor mini elektromobil. Turli sayrlar, mehmondorchiliklarga borish, xarid uchun do’konlarga borish uchun o’ta qulay. Ekspulatatsiya qilish benzinda yuruvchi avtomobildan ikki marta arzonga tushadi. Soatiga 50 mil tezlikda va bir zaryadlanganda 100 mil yura oladi. Narxi 6000 dollar.
Istemolchidan ushbu loyihaga o’z fikr-mulohazalarini bildirish iltimos qilinadi va quyidagi savollar beriladi:

  1. Elektromobil haqidagi loyiha siz uchun tushunarlimi?

  2. Sizning fikringizcha boshqa transport vositalaridan nisbatan elektromobilning qanday ijobiy tomonlari bor?

  3. Sizning fikringizcha, elektromobil haqidagi ma’lumotlar ishonarlimi?

  4. Elektromobil sizning zaruriy ehtiyojingizni qondira oladimi?

  5. Sizningcha, elektromobilning qanday xususiyatlarini yanada takomillashtirish kerak?

  6. Harid qilish haqidagi qarorni kim qabul qiladi? Elektromobildan kim foydalaniladi?

  7. Sizningcha elektromobilning narxi qanday bo’lishi kerak?

  8. Elektromobilni avtomobildan afzal bilasizmi?

  9. Qaysi maqsadlarda afzalroq?

  10. Elektromobilni xarid qilarmidingiz?

  1. Ha, albatta.

  2. Balki, bo’lishi mumkin.

v) Balki, yo’q.
g) Yo’q.
Iste’molchilarning javobini tahlil etish firmaga qaysi loyiha ko’proq e’tibor qozonganini aniqlash imkonini beradi. Masalan, oxirgi xarid qilish to’g’risidagi savolga 10 foiz iste’molchi «ha, albatta» deb, yana 5 foiz esa «bo’lishi mumkin» deb javob berishgan. Firma bu raqamlarni tovar mo’ljallangan iste’molchilar guruhi soni bilan taqqoslab, savdoning umumiy hajmini hisoblaydi.
Lekin bu sharoitda hisob-kitoblar o’ta taxminiy bo’ladi, chunki kishilar har doim ham o’zlari bildirgan istakni amalga oshiravermaydilar.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə