O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə41/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Marketing 08972

Yangi turdagi tovar ishlab chiqarish strategiyasi

Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o’zgarishlar, iste’molchilar ehtiyojlari, o’zaro raqobat tufayli firma o’zi ishlab chiqarayotgan tovarlari bilan cheklanib qolmasligi kerak. Iste’molchi doimo yangi va takomillashgan tovarlarga talabgor bo’ladi va albatta, raqobatchi firma bu talabni qondirish maqsadida yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun bor kuchini safarbar etadi. Shuning uchun ham sharoit bilan hamqadam bo’lish, ya’ni har bir firmaning yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo’yicha o’z dasturiga ega bo’lishi kerak.


Kompaniya yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ikki usulda yo’lga qo’yishi mumkin:

  1. Yangi turdagi tovarlarni chetdan olib o’zlashtirish. Bunda firma boshqa biron firmaning mahsulotini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziya, patentini sotib oladi.

  2. Yangi turdagi tovarlar o’z imkoniyatlari ishga solgan holda, o’z kuchi bilan dunyoga keltiriladi. Bunda firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo’yicha tadqiqot va izlanishlar bo’limini tashkil etadi.

Biz o’z ishimizda birinchi usuldan ko’ra ko’proq ikkinchi, ya’ni o’z imkoniyatlari doirasida yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish usuliga ko’proq to’xtalamiz. Biz «yangi mahsulot» deganda original tovarlarni yoki mavjud tovarlarning takomillashtirilgan, modifikatsiyalashtirilgan variantlari, shuningdek, yangi markadagi tovarlarni nazarda tutamiz. Ushbu ishimizda shu bilan barobarida eng yangi taklif qilingan tovarni iste’molchi yangilik deb qabul qilish yoki qilmaslik masalasini ham ko’rib chiqamiz.
Yangilik yaratish juda tavakkal ishdir. «Ford» firmasi o’zining omadsiz
«Edzel» modeli tufayli mutaxassislarniig hisoblariga ko’ra 350 mln. dollarlik zarar ko’rgan. «Dyupon» firmasi esa «Korfam» sintetik terisini ishlab chiqarishi tufayli
100 mln. dollar zarar ko’rgan. «Kseroks» firmasining kompyuter ishlab chiqarishda tanazzulga uchradi. “Konkord» frantsuz avialaynerini ishlab chiqarish uchun qo’yilgan sarmoyalarni hech qachon qoplab bo’lmaydi. «Keshpbell»,
«Jilett», «Laver brazers», «Djeneral fudz» kabi tajribali firmalar ham yangi mahsulotni bozorga tatbiq etishda omadsizliklarga duch kelishgan.
O’tkazilgan tadqiqotlar ma’lumotiga qaraganda, keng iste’mol tovarlari bozorida yangi turdagi tovarlarning 40 foiz, ishlab chiqarish vositalarining yangi turlarining 30 foiz yangi, turdagi servis xizmatning 18 foizi muvaffaqiyatsizlikka uchrar ekan.
Xo’sh, yangi turdagi tovarlar iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilsada, nega muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Buning oqibatlari turlicha bo’lishi mumkin. Firma rahbari o’ziga yoqqan biron yangi turdagi tovar g’oyasini marketing tadqiqotlari natijalari salbiy bo’lsa ham ilgari suradi va natijada zarar ko’radi. g’ki yangi tovar haqidagi g’oyaning o’zi qiziqarli, lekin bu tovarga bo’lgan bozor talabi keragidan ortiqcha hajmda belgilanadi. Oqibatda yangi turdagi tovar talabdan ortiq ishlab chiqariladi va hech kimga kerak bo’lmaydi. Boshqa bir holatni olaylik: tovar g’oyasi ham a’lo, lekin uning
namunasini yaratish jarayonida tovar konstruktsiyasi talab darajasida bo’lmay qoladi. Bunday tovar ham bozorda kasod bo’ladi. Yana bir boshqa holatni faraz qilaylik, g’oya juda yaxshi o’ylangan, tovar namunasi sinovlardan yaxshi o’tgan, marketing hisoblari bo’yicha bu mahsulot foyda keltirishi kerak. Lekin natija firma o’ylagandek bo’lmaydi. Bunga sabab ushbu yangi tovar reklamasi yaxshi yo’lga qo’yilmagan, tovarning iste’molchi uchun qiziqarli bo’lgan hususiyatlari bo’rttirib ko’rsatilgan. Yangi tovarning reklamasi muvaffaqiyatsiz chiqishi, bozorda kerakli xususiyatlari ko’rsatila olinmagandan tashqari, tovar narxining balandligi ham ushbu tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin.
Bundan tashqari, yangi turdagi tovarni ishlab chiqarishda mo’ljallangandan ortiqroq sarf xarajat bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, agar tovar bozorda talab qilinmasa, ko’riladigan zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi tovar ishlab chiqarish bosqichlari juda silliq ketayotganida, raqobatchi firma undan ham sifatliroq tovar ishlab chiqarib, zarar keltirishi mumkin. Shunday qilib, firma oldida tanlash uchun ikki yo’l turadi, bir tomondan, yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish o’ta zarur, ikkinchi tomondan, yangi tovar imkoniyatining muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday murakkab va og’ir masalani hal etish usullaridan biri shuki, firma yangi turdagi tovarlarni o’ylab topish, amalga oshirish ishlarini doimo, izchillik bilan, batartib o’z maqsadiga yo’naltirilgan holda olib borishi kerak. Ya’ni firma bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarish bilan barobar yangi tovarlarni dunyoga keltirish borasida izlanishlar olib borishi kerak. Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchi mutaxassislar yangilikni joriy etishning har bir bosqichini puxta o’rganib chiqishlari shart. Bu jarayonning asosiy bosqichlarini quyidagicha:

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə