O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə52/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Marketing 08972

3. Narx belgilash

Narx belgilash usullari firma talab chizmasiga (grafigiga) asoslanib, xarajatlarning hisobiy miqdorini belgilab, raqiblar narxini o’rganib, o’z mahsulotiga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.


Narxni formulalarda belgilash. Ko’pgina korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Bunday formulalar yalpi olganda ishlab chiqarish xarajatlarining jami bandlariga yoki bu bandlarning ayrim qismlariga alohida ma’no beradi. Ular g’oyat oddiy bo’lishi mumkin.
Masalan, firma ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarida o’z xodimlariga to’lanadigan ish haqini belgilab, uni uchga ko’paytiradi. Shunday qilib, uning bir qismi maslahatchilar ish haqini qoplashga, yana bir qismi qo’shimcha xarajatlarga ketadi, uchinchi qismi foyda tarzida yonga qoladi. Ishlab chiqarish to’liq xarajatlarining barcha bandlari murakkab formulalarda yaxshiroq hisobga olinadi. Firmalar narx belgilashda formulalardan foydalanib, o’zlarining noyob yondashuvlarini ishlab chiqadi, ammo bu sohada ham o’ziga yarasha qiyinchiliklar bor. Formulalarga ko’ra narx belgilash, narx belgilashning boshqa usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi, ya’ni bozor shu mahsulotga belgilangan narxni to’laydimi? - buni inobatga olmaydi. Shuningdek narxni pasaytirishga qaratilgan raqiblik harakatlarini hisobga olmaydi.
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash. Tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Sotuvchilar xaridorlar oldida ular qo’ygan narx tannarx bilan sarflangan kapitaldan olinishi lozim bo’lgan adolatli foyda yig’indisiga teng ekanligini e’lon qiladilar. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. Shuningdek tovarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etib borishiga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi. Ustama narxlar negizida narxlarni hisoblash usuli ishlab chiqaruvchilar o’rtasida eng keng tarqalgan, sababi bunda narx belgilash muammosi soddalashadi, agar tarmoq bozorida sotuvchilarning ko’pchiligi shu yondashuvdan foydalanadigan bo’lsa, narx raqobati minimumga keltiriladi. Ammo standart ustamalarni qo’llash joriy talabning o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olmaydi va tabiati aniq bo’lgan hollarda, xavfli bo’lib qoladi. Shu sababli, eng maqbuli - talab darajasi va tabiati aniq bo’lgan hollarda, shuningdek, muayyan miqdorda va kelishilgan narxlarda tovar ishlab chiqarish va etkazib berish shartnomalari tuzilganda narx «o’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha belgilash hisoblanadi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə