Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size


 Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
3. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. 
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan 
chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi.
Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi 
ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli 
ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mo’jassamlashtiruvchi 
harakatlar jarayoni 
faoliyat
deb yuritiladi. Ya’ni,
fa
oliyat — 
inson ongi va 
tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib 
chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va 
takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir. Bu — yosh bolaning 
real predmetlar mohiyatini o’z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o’yin 
faoliyati, bu — moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu — 
yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, bu — 
rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o’xshash.
Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg’ul 
bo’lib turadi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha 
ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga 
— predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui 
sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar 
xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ro’zani 
konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u 
avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali,
bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi 
predmetli harakatlarning aynan 
nimalarga
yo’naltirilganiga qarab, avvalo tashqi 
va ichki faoliyat farqlanadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə