Sitologiya va


­ §. Hujayrani o‘rganish usullari



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   148
9-biologiya

10­ §. Hujayrani o‘rganish usullari
hozirgi zamon sitologiya fanining juda ko‘p zamonaviy tad-
qiqot usullari bo‘lib, ular turli-tuman hujayralarning nozik tuzilma-
larini va unda kechadigan jarayonlarni o‘rganish imkonini beradi.
Quyida hujayraning tuzilishini o‘rganishda keng qo‘llaniladigan 
usullarga to‘xtalib o‘tamiz.
Yorug‘lik mikroskopiya usuli. 
Yorug‘lik mikroskopining aso-
siy qismlari obyektiv va okulyardan iborat. Mikroskopning eng 
muhim qismi obyektiv bo‘lib, kuzatilayotgan predmetni katta-
lashtirib beradi. okulyarlar ham linzalar tizimidan iborat bo‘lib, ular 
o‘rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda ishtirok eta-
di. Dastlabki mikroskoplar obyekt tasvirini 10–40 martagacha kat-
talashtirib bergan. odatda yorug‘lik mikroskoplari tasvirni 10–2000 
martagacha kattalashtiradi.
Mikroskopning muhim tomoni, kattalashtirish emas, balki uni 
ko‘rish kuchi yoki ko‘rish xususiyati hisoblanadi. Mikroskopning 
ko‘rish kuchi ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo‘lgan minimum 
masofa bilan aniqlanadi. Bu nuqtalar bir-biriga juda yaqin bo‘lgan 
vaqtda ulardan chiqadigan yorug‘lik to‘lqinlari bir vaqtda qaytadi 
va odamning ko‘zi ikkita emas, balki bitta tasvirni ko‘radi.
Bir xil kattalashtiradigan mikroskopning ko‘rish kuchi qancha 
katta bo‘lsa, o‘rganilayotgan obyektning mayda bo‘laklarini shun-
cha aniq o‘rganish mumkin. Yorug‘lik mikroskoplari obyektni 2000 
martagacha kattalashtiradi (16- rasm).
http:eduportal.uz


32
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
16­ rasm

Yorug‘lik mikroskopi. 
17­ rasm

Elektron mikroskop.
Elektron mikroskopiya usuli
. hozirgi davrda ko‘rish qobi-
liyati eng yuqori hisoblangan asboblardan biri elektron mikroskop-
dir. ular tasvirni 200000 martagacha kattalashtirib beradi. Bunda 
o‘rganilayotgan obyektning tasviri yorug‘lik nurlarida emas, balki 
elektronlar oqimi yordamida hosil qilinadi.
elektron mikroskop yordamida hujayraning o‘ta nozik tuzil-
malarini aniqlash imkoni mavjud. uning yordamida ribosomalar, 
endoplazmatik to‘r, mikronaychalar kashf etilgan. keyingi yillarda 
elektron mikroskopning takomillashtirilishi natijasida uch o‘lchamli 
tasvirlar, ya’ni strukturalarning fazoviy tasvirlarini olishga muvaffaq 
bo‘lindi (17- rasm). 
hujayra tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalarni aniqlash 
uchun 

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə