Sitologiya va


  Pichan tayoqcha bakteriyasini mikroskopda ko‘rish



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   148
9-biologiya

1. 
Pichan tayoqcha bakteriyasini mikroskopda ko‘rish
8­ §. 1­ laboratoriya mashg‘uloti
Ishning maqsadi. 
Pichan bakteriyasini mikroskopda o‘rganish.
Kerakli jihozlar.
Mikroskop va u bilan ishlash uchun zarur jihozlar
pichan ivitmasi, metilin ko‘k bo‘yog‘i, akvarium devori yoki ko‘lmak 
suvdan olingan suv o‘tlar.
Ishning borishi.
1. kolbaga suv bilan birga bir necha pichan 
bo‘laklardan so ling va kolbaning og‘zini paxta bilan berkiting.
2. kolbadagi aralashmani 15 daqiqa davomida qaynating.
3. Qaynatilgan aralashmani filtrlab, 20—25 °C haroratda bir necha 
kun saqlang.
4. hosil bo‘lgan aralashmani sirtidagi yupqa pardadan shisha nay-
cha yordamida bir bo‘lagini olib uni buyum oynasiga joylashti ring.
5. Qoplagich oyna ostiga suyultirilgan siyoh yoki metilen sinkasi 
(ko‘k bo‘yoq) tomizing.
6. havo rang ostida harakatchan bakteriyalar bilan birga yaltiroq 
ovalsimon tanachalar, ya’ni sporalar ham ko‘rinadi.
2. Ko‘k­yashil suvo‘tini mikroskopda ko‘rish 
Ishning maqsadi. 
ko‘k-yashil suvo‘tini mikroskopda o‘rganish.
Kerakli jihozlar.
Mikroskop va u bilan ishlash uchun zarur jihozlar, 
akvarium devori yoki ko‘lmak suvdan olingan suvo‘tlar. 
Ishning borishi.
1. Akvarium devori yoki boshqa ko‘lmak suv tu-
bidagi suvo‘tlari hosil qilgan yupqa pardani nina yordamida oling.
2. undan preparat tayyorlab mikroskopning avval kichik, so‘ngra 
katta obyektivida kuzating.
3. Yupqa parda ingichka ko‘p hujayrali iplardan tashkil topganiga 
e’tibor bering.
4. Ipchalar ko‘k-yashil rangda bo‘lib, ularning tebranayot ganligini 
kichik va katta obyektivlarda kuzating.
5. katta obyektivda har bir ipcha bir xildagi mayda yadrosiz va xlo-
roplastsiz hujayralardan tuzilganligiga e’tibor bering.
http:eduportal.uz



Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə