Sitologiya va


­ §. Prokariot va eukariot hujayralar



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   148
9-biologiya

15­ §. Prokariot va eukariot hujayralar
hayotning hujayraviy shakllari hujayrasining tuzilishiga ko‘ra 
ikkita katta guruh: 
prokariot
va 
eukariotlar
ga bo‘linadi. Proka-
riotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari 
(sianobakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa zamburug‘lar, o‘sim-
lik va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar 
tuzilishiga ko‘ra ikkita guruhga ajratilgan va tegishli ravishda ikki 
yirik guruh: 
prokariot
va 
eukariotlar 
deb ataladi.
http:eduportal.uz


48
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
Prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishida o‘xshash-
lik va farqli tomonlari mavjud. ularning o‘xshashlik tomonlari har 
ikkala hujayralarda hujayra qobig‘i, sitoplazma, ribosoma, nuk-
lein kislotalardan DNk va RNklar bo‘ladi. Prokariot va eukariot 
hujayralarda oqsil sintezi ribosomalarda kechadi. Irsiy axborot-
ni nasldan naslga berilishi ham nuklein kislotalar orqali berila-
di. Prokariot va eukariot hujayralarning ikkiga bo‘linib ko‘payishi, 
oziqlanishi, nafas olishida o‘xshashlik tomonlar mavjud.
Prokariot va eukariot hujayralarning asosiy farqlari quyida-
gi jihatlarda namoyon bo‘ladi: eukariot hujayralarda shakllangan 
yadro, asosiy organoidlar mitoxondriya, endoplazmatik to‘r kabi 
organoidlar bo‘ladi. Prokariot hujayralarda yadro, mitoxondriya, 
endoplazmatik to‘r kabi asosiy organoidlar bo‘lmaydi. Prokariot va 
eukariot hujayralarning bo‘linishida ham farq kuzatiladi. Prokariot 
organizmlar hujayrasi to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘linadi, ya’ni mitoz kuza-
tilmaydi, eukariot hujayra esa asosan mitoz usulida bo‘linadi. 
eukariotlar zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvon hujayralarining 
tuzilishida o‘zaro o‘xshashlik va farqli tomonlar mavjud. Zambu-
rug‘ bilan o‘simlik hujayrasining farqli tomonlari: zamburug‘ hu-
jayrasining qobig‘i xitinsimon moddadan, o‘simlikning hujayra qo-
big‘i esa sellyulozadan iborat. Zamburug‘larda plastidalar bo‘lmay-
di, o‘simlik hujayrasida plastidalar mavjud. Zamburug‘larning 
oziqlanish usuli saprofit, o‘simliklarning oziqlanish usuli avtotrof.
hayvon va o‘simlik hujayrasining ham farqli tomonlari mavjud. 
Misol uchun, o‘simlik hujayrasi qobig‘i sellyulozadan, hayvon hu-
jayrasi esa glikokaliksdan iborat. o‘simlik hujayrasida plastida va 
vakuolalar bo‘ladi, hayvon hujayrasida esa bo‘lmaydi. o‘simlik hu-
jayrasi bilan hayvon hujayrasining bo‘linishida farq mavjud. hay-
von hujayrasi bo‘linganda plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik 
paydo bo‘lib ikkiga bo‘linadi. o‘simlik hujayrasida esa hujayraning 
o‘rtasida to‘siq paydo bo‘lib, hujayrani teng ikkiga bo‘ladi.
http:eduportal.uz


49
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
1. Prokariot va eukariot hujayralarining o‘xshashlik va farqli 
tomonlari nimadan iborat?
2. Zamburug‘ hujayrasi bilan o‘simlik hujayrasining farqli 
tomonlarini ayting.
3. hayvon hujayrasi bilan o‘simlik hujayrasining farqli 
tomonlarini yoritib bering.

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə